Anorganik kimyo


Download 20.92 Kb.
bet1/2
Sana22.11.2021
Hajmi20.92 Kb.
#176368
  1   2
Bog'liq
Anorganik kimyo


Anorganik kimyo (yun. an – inkor qo‘shimchasi va organik kimyo) – kimyoviy elementlar va ulardan hosil bo‘lgan bi-rikmalar haqidagi fan (faqat uglerod birikmalarini organik kimyo, uglerod-536ning bir necha oddiy birikmalarinigi-na Anorganik kimyo o‘rganadi). Anorganik moddalar, xususan ogir metallar – oltin, kumush, mis, temir, qo‘rg‘oshin, simob va qalay, metallmaslardan uglerod va oltingugurt qadim zamonlardan ma’lum. Milodning boshlarida kimyo Misrda taraqqiy etib, xlorid, sulfat, nitrat kislotalar, er-kin holda margimush, surma, fosfor, shuningdek bir qancha ishqor va tuzlar hosil qilingan. Turkistonda ham kimyoning qadimdan mavjudligini arxeolo-gik qazishlar natijasida topilgan mod-diy-madaniy yodgorliklar tasdiklaydi. Turkistonda ko‘pgina kimyogar olimlar yetishib chiqqan. Ulardan eng mashxurlari Abu Bakr ar-Roziy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Kotib al-Xo-razmiy, Abdulhakim ibn Abdulmalik al-Kosiy, Abu Ali ibn Sino va boshqa (qarang A-kimyo). Anorganik moddalar haqidagi ma’lumotlarni alohida o‘rganish g‘oyasini fransuz kimyogari N. Lemeri ilgari surgan. U 1675 yilda kimyo fani o‘rganadigan mod-dalarni kelib chiqishiga ko‘ra mineral moddalarga, o‘simliklar va xayvonlardan hosil bo‘ladigan moddalarga bo‘lgan edi. 19-asr oxirida fizika va boshqa fan so-xalaridagi katta kashfiyotlar (1869 yilda D. I. Mendeleyev davriy qonunni kashf etishi va hokazo) Anorganik kimyo taraqkiyotida muhim rol o‘ynadi. Bu davrda davriy sistemada o‘rin qoldirilgan elementlarning barchasi topilib, davriy sistema to‘ldirildi va transuran elementlar kashf etildi. Anorganik kimyoda kimyoviy tekshirishning ik-kinchi usuli: analiz va sintez keng qo‘llaniladi. 18-asr oxirida kimyoning vazifasi moddalar tarkibini aniqlash, ya’ni ularni analiz qilish deb hisoblan-gan bo‘lsa, 19-asrning boshida kimyogarlar yangi moddalarni sintez qilishga ham tobora ko‘proq ahamiyat berdilar. 20-asrda anorganik sintez taraqqiyotiga eksperi-mental texnikaning erishgan yutuklari juda katta yordam berdi. 20-asr boshigacha Ak.ning asosiy vazifasi ko‘proq bi-rikmalar hosil qilish deb hisoblangan bo‘lsa, hozir bu fan, asosan, birikmalarning hosil bo‘lishi va parchalanishi sha-roitini, ularning fizik va kimyoviy xos-salari va tuzilishini urganadi. Bu hol Anorganik kimyo sohasidagi tadkiqotlarning ilmiy va amaliy ahamiyatini g‘oyatda oshirib yubordi. 20-asrning 30-yillarida adabiyotda bayon etilgan anorganik birikmalar soni 50-60 ming edi. Elementlarning kislo-rod bilan hosil qilgan birikmalari – gi-dridlar; galogen bilan hosil qilgan birik-malari – galogenidlar; oltingugurt bilan hosil qilgan birikmalari – sulfidlar; azot bilan hosil qilgan birikmalari – nitridlar; uglerod bilan hosil qilgan birikmalari – karbidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar, kompleks birikmalar Anorganik kimyoda o‘rganiladi. Anorganik kimyoning hozirgi bosh va-zifasi yuqori harorat va bosim, mexanik va kimyoviy ta’sirlarga chidamli bo‘lgan, boshqa ko‘pgina talablarga javob bera-digan yangi sun’iy anorganik moddalar tayyorlash va boshqadir. Bu borada ko‘pgina tadqiqot ishlari o‘tkazildi. Mas, texnikaning yangi materiallar sofligiga talabi juda yuqori (yarim o‘tkazgichlar va yadro energetikasi materiallarida qo‘shimchalar miqdori 10-6% dan oshmas-ligi kerak), shuningdek mustahkamlik, olovbardoshlik, agressiv muhitlarga chi-damlilik (yadro energetikasi, raketa texnikasi, kimyo va qurilish ma-teriallari sanoatida) kabi xossalarga talab oshdi va yaqin vaqtlargacha metallar tarkibida turli masofalarda tartibsiz joylashgan oksidlar bo‘lishi nuqson deb hisoblan-gan bo‘lsa, hozir angestremdan kichik iplardan to‘rlar yasab, hosil bo‘lgan ka-takchalar ichiga metallni joylashtirib qizdirib yangi tipdagi metallar olish texnologiyasi keng joriy kilindi. Bu maqsadlar uchun faqat yuqori temperaturalarga chidamli oksidlar (karbidlar, boridlar va silitsidlar) ishlatiladi. Anorganik texnologiyaning qadimgi sohasi shisha ishlab chiqarishda ham katta yutuqlarga erishildi. Odatda shisha tarkibida kristallar paydo bul-sa, shisha mahsulotlari chiqitga chiqarib yuborilardi. Ke-yinchalik shishaning butunlay mayda tarkibli kristallar-537dan iborat yangi turlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Yuqori ekspluatatsion xossalarga ega bulgan sun’iy olmosni ham sintez qilishga erishildi. Yuqoridagi tadqiqotlarda Anorganik kimyoning roli katta. U kimyo sanoatining ilmiy asosi sifa-tida og‘ir sanoatni rivojlantirishda va qishloq xoʻjaligini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Organik kimyo




Download 20.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling