Anorganik moddalarning eng muhim sinflari
Download 334.36 Kb.
|
Mavzu Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Tuzlami ishqorlar bilan ozaro tasiri
Fizik xossalari. O'rta tuzlarning hammasi qattiq, kristall tuzilishidagi moddalar. Ayrim tuzlar suvda yaxshi eriydi. Masalan, Ba(NO3) 2 CuSO4 va hokazo.
Ayrim tuzlar suvda yomon eriydi. Masalan, BaSO4, SrCO3 va hokazo. Kimyoviy xossalari. 1. Tuzlami metallar bilan o'zaro ta'siri. Suvda yaxshi eriydigan tuzlar eritmasi metallar bilan reaksiyaga kirishib yangi tuz va erkin holdagi metalini hosil qiladi. Bunday reaksiyalarda kimyoviy aktiv metall aktivligi pastroq metalini birikmasidan siqib chiqaradi: CuS04+Fe=FeS04+Cu; Pb(N03) 2+Zn=Zn(NO3) 2+Pb 2. Tuzlami ishqorlar bilan o'zaro ta'siri: CuS04+2NaOH=Cu(OH) 2+Na2SO4 FeCl2+2KOH= ↓Fe(OH) 2+2KCl 3. Tuzlami kislotalar bilan o'zaro ta'siri: NaCl+H2S04=Na2S04+2HCl↑ 4. Tuzlar o'zaro almashinish reaksiyasiga kirishadi: Agar ularga e'tibor berilsa reaksiya mahsulotlaridan biri gaz yoki qattiq modda (cho'kma)dan iborat. Agar reaksiya natijasida suvda yaxshi eriydigan tuzlar hosil bo'lsa reaksiya oxirigacha bormaydi. Masalan, 2NaCl+MgS04=MgCl2+Na2S04 Hamma tuzlar eritmada teng miqdorlarda bir-biri bilan aralash-magan holda bo'ladi. Eng muhim o'rta tuzlar va ularning ishlatilishiEng muhim nitratlardan KNO3, NaNO3, NH4NO3, Ca(CNO3) 2 selitralar deb ataladi. Bular suvda yaxshi eriydigan oq kristall moddalar bo'lib, hammasi qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o'g'it sifatida ishlatiladi. Ayrim nitratlar portlovchi moddalar tayyorlashda ham ishlatiladi. AgNO3 — kumush nitrat oyna tayyorlashda, tibbiyotda zararii mikroblarni o'ldiradigan modda sifatida (tabobatda lyapis deb ataladi) ishlatiladi. Fosfat kislota tuzlari — (NH4) 3PO4, Ca3(PO4) 2 lar ham qishloq xo'Jalik ekinlari hosildorligini oshirishda o'g'it sifatida ishlatiladi. Mis va temirning sulfatlari (CuSO4,SHO va FeSOHO) qishloq xo'jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. Osh tuzi — oziq-ovqatda ishlatilishidan tashqari xlor, ishqor va sodalar olishda asosiy xomashyo bo'lib xizmat qiladi. Karbonatlardan eng muhimi — CaCO3. Buning eng keng tarqalgan shakli ohaktosh deb ataladi. U qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Shuningdek, uning million yillar burun yuqori bosimda hosil bo'lgan kristall tuzilishidagi shakli — marmar binolarni bezashda, arxitektura yodgorliklari tayyorlashda va boshqa ko'p sohalarda ishlatiladi. Qimmatbaho taqinchoqlardan biri marvarid ham tarkibi jihatidan kalsiy karbonatdan iborat. Download 334.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling