Anorganik moddalarning eng muhim sinflari


Download 334.36 Kb.
bet13/14
Sana25.01.2023
Hajmi334.36 Kb.
#1120408
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mavzu Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari. Reja

Kompleks birikmalar
Dissotsilanganda mustaqil mavjud bo'luvchi kompleks ioni saqlagan moddalar kompleks birikmalar deyiladi.
Kompleks birikmalar hosil bo‘ladigan jarayonning mohiyatini tushunib olish uchun 1893-yilda Shveytsariya kimyogari A.Vemer 55 taklif qilgan va L.Chugayev, I.Chernyayev, A.Grinberg va boshqalar tomonidan to'ldirilgan kordinatsion nazariya bilan qisqacha tanishib o‘tamiz. Bu nazariyaning asosiy bandlari quyidagilardan iborat:
1 . Kompleks birikmalardagi ion yoki atomlardan biri markaziy ion (yoki markaziy atom) hisoblanadi va uni kompleks hosil qiluvchi deb ataiadi.
2. Kompleks hosil qiluvchi markaziy ion (yoki atom) atrofiga ma’lum son qarama-qarshi zaryadi i ionlar yoki qutblangan molekulalar (ligandlar) joylashadi (boshqacha aytganda ular koordinalsiyalanadi).
3. Markaziy ion yoki atomning qo‘shimcha valentliklari fazoda ma’lum yo‘nalishlarga ega bo‘ladi.
4. Markaziy ion yoki atom ligandlar bilan birga kompleksning ichki sferasini hosil qiladi.
5. Markaziy ion yoki atom bilan bevosita birikkan ligandlar soni 2 ,4,6 , 8 ga teng bo‘ladi.
6 . Markaziy ion yoki atomdan uzoqroq joylashgan ionlar kompleksning tashqi sferasini tashkil qiladi.
Kompleks birikmalarmng turlari.
l.Amikatlar va ammiakatlar.
2.Gidratlar va akvokomplekslar.
3. Atsidokomplekslar
4.Poligalogenidlar.
5. Polikislotalar. Bulami izopolikislotalar deb ataiadi.
6 . Siklik kompleks birikmalar.
7.Kompleks gidridiar.
8 . Metall organik komplekslar.
9.Metall karbonillar.
10 . Ko‘p o‘zakli komplekslar. Kompiekslarda izomeriva hodisasi.
Kompleks birikmalami tekshirish natijasida kompleks birikmalarda uchraydigan izomeriyani asosan ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1. Tuzilish-izomeriyasi.
2. Sterio-izomeriyasi.
Birinchi guruh izomeriyasiga a) koordinatsion izomeriya b) ionizatsion izomeriya v) gidrat izomeriya g) tuz izomeriya d) koordinatsion polimeriyalar kiradi. Ikkinchi guruh izomeriyasiga a) sis- va trans- izomeriya b) optik izomeriya kiradi. Komplekslarni nomlash. 1963-yildan boshlab taklif qilingan nomenklatura Harqaro nazariy va amaliy kimyo ittifoqi termin komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qarorlarga asoslanadi. 1. Ionlarni nomlashda birinchi navbatda kation, undan keyin anion ataladi. [Ag(NH3)2] Br - diaminargento (I) bromid K2 [CuCl3] - kaliytrixlorkuprat (I). 2. Ligandlarni nomlashda aw al «anion», so‘ngra «neytral ionlar» va undan keyin «kation» nomi ataladi. Anionlami atashda datslab «oddiy anion», undan keyin «ko‘p atomli anionlar» nomi aytiladi. Ulaming nomiga «at» qo‘shib o‘qiladi. K2 [Pt(N0 2)2Cl2] — kaliy dixlorodinitritoplatinat. 3. Ligandlar sonini ifodalovchi qo‘shimchalar. Oddiy ligandlar sonini ifodalashda di, tri, tetra, penta,geksa va xokazo qo‘shimchalar ishlatiladi: K4 [Fe(CN)6]- kaliy geksatsian ferrat (II) K4 [Fe(CN)6]- kaliy geksatsian ferrat (III) [A1(H20 ) 6]C13- geksaakvoalyiiminiy xlorid. 4. Markaziy ionning oksidlanish darajasini nomlashda markaziy ionning oksidlanish darajasi qavs ichida lotincha raqamlar bilan ifodalanadi: 57 [Cu(NH3 )2 ]OH -diamin mis (I) gidroksid


Xulosa
Bizga ma’lum bo'lgan elementlar 200 mingdan ortiq anorganik birikma hosil qiladi. Bu birikmalar quyidagi to‘rt sinfga bolinadi; 1. Oksidlar; 2.Asoslar; 3. Kislotalar; 4.Tuzlar.
Oksidlarda kislorod bilan birikkan element doimo musbat valenlli, kislorod esa manfiy ikki valentli bo‘ladi (F2O dan boshqa birikmalarda). Oksidlar kimyoviy xossalariga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi: 1. Asosli oksidlar; 2. Kislotali oksidlar; 3. amfoter oksidlar; 4. Tuz hosil qilmaydigan (indeferent, befarq) oksidlar (masalan, NO, N20, CO tuz hosil qilmaydi). Шаг ham kimyoviy reaksiyaga kirishadi va birikma hosil qiladi. Masalan: 2NO + Cl2 = 2NOC1
O‘zgarmas valentli elementlar oksidining nomi shu element nomiga oksid so‘zini qo'shish yo‘li bilan hosil qilinadi. Masalan, K2O kaliy oksid, Na2O natriy oksid, CaO kalsiy oksid, Аl2O3 alyuminiy oksid va hokazo. O‘zgaruvchan valentli element oksidini nomlashda element nomidan so‘ng rim raqamida valentligi va oksid so‘zini qo'shish yo‘li bilan hosil qilinadi. Masalan, FeO - temir (II) oksid; Fe2O3 - temir (III) oksid.
Kislotalar yoki kislotali oksidlar bilan o‘zaro ta’sirlashib, tuz hosil qiladigan oksidlar asosli oksidlar deyiladi. ishqoriy va ishqoriy-er metallarining oksidlari (Li20 , K20 , CaO, MgO, BaO va hokazo) suvda yaxshi eriydi. Ayrim metallar kislotali, asosli va amfoter oksid hosil qilishi mumukin. Masalan, CrO asosli, Cr2O3 amfoter, CrO3 kislotali, MnO asosli, M nO2 amfoter, M nO3 va Mn2O7 kislotali oksid hisoblanadi. Oksid tarkibida ion bog'lanish kuchsizlanib, kovalent bog'lanish kuchaygan sari oksidning Harakteri o'zgarib, aw al amfoter, keyin kislotali xossalami namoyon qiladi; boshqacha aytganda, elementning oksidlovchilik xossasi ortishi bilan uning Harakteri amfoter yoki kislotali oksid xossasiga o'tib boradi. Masalan, K2O , CaO, Al2O3, CuO, P2O5 , SO3, Cl2O7 qatorda oksidlaming kislotalik xossasi kuchayadi
Kislotalar tarkibida vodorod atomi bo'lgan va uning о ‘mini metall atomi olishi natijasida tuz hosil qiladigan murakkab moddalardir. Masalan: Fe + 2HC1 = FeC b+ H2 M g + H2SO4= M gSO4+ H2 Metallga о ‘mini beradigan vodorodning soniga qarab kislotalar har xil negizli bo'ladi. Kislotalar asosan ikki turga: kislorodli va kislorodsiz kislotalarga bo'linadi. Agar kislota molekulasida kislorod atomlari bo‘lsa, bunday kislotalar kislorodli kislotalar deyiladi. Agar kislota molekulasida kislorod atomlari bo‘lmasa, bunday kislotalar kislorodsiz kislotalar (masalan HC1, HF, HJ, H2S va hokazo) deyiladi.
Oddiy sharoitda kislotalar gaz, suyuq, va qattiq moddalar holida bo‘lishi mumkin. Kislotalaming deyarli hammasi suvda eriydi. Kislotalaming ko‘pchiligi terini kuydiradi va nordon mazaga ega.
Asoslar molekulasi metall atomi va gidroksid guruhdan tarkib topgan murakkab moddalardir. Gidroksidlarda metall atomi doimo musbat zaryad (kation), gidroksid guruh esa manfiy zaryad (anion) namoyon qiladi. Gidroksid guruhning soni metallning valentligiga teng bo‘ladi. Masalan: NaOH, Mg(OH)2, Al(OH)3. Asoslar suvda yaxshi eriydigan va yomon eriydigan asoslarga bo'linadi. Ishqoriy metallar va ishqoriy-er metallarining gidroksidlari suvda yaxshi eriydi va yaxshi dissotsilanadi. Suvda juda yaxshi criydigan asoslar ishqorlar deyiladi. Masalan: LiOII, NaOH, KOH, RbOH, CsOH ishqorlar hisoblanadi. Isnqor terini o ‘yadi, shisha, yog'och va kiyimni emiradi. Shuning uchun ham ularni o ‘yuvchi ishqorlar deyiladi.Davriy sistemadagi I va II guruhsining yonaki jjiiruhcha va III, IV, V, VI, VII, VIII guruh metallarining gidroksidlari suvda yomon eriydi, ular asoslar jum lasiga kiradi
Molekulasi metall atomi va kislota qoldig‘idan tarkib topgan murakkab moddalar tuzlar deyladi. Tuzlar molekulalarining tarkibiga qarab normal, nordon, gidrokso tuzlarga, qo‘sh va kompleks tuzlarga boiinadi. 0 ‘rta tuzlar. Kislota molekulasidagi vodorod atomlari metallga to‘liq o‘rin almashinishi yoki asoslar tarkibidagi gidroksid (OH) guruh kislota qoldig‘iga to‘liq aimashinishi natijasida normal tuzlar hosil bo'ladi: Na2SO4, M gS O4, FeS SO4, NaCl, NaN SO2, Ca SO4, CaCl2, CaCO3, MgCO3 va hokazo.
Nordon tuzlar. Nordon tuzlar suvdagi eritmalarida ikki bosqichda dissotsiatsiyalanadi
Nordon tuzlardagi vodorod metall atomlariga o‘rin bera oladi, natijada, normal
tuzlar hosil bo'ladi.
Dissotsilanganda mustaqil mavjud bo'luvchi kompleks ioni saqlagan moddalar kompleks birikmalar deyiladi.
Kompleks birikmalar hosil bo‘ladigan jarayonning mohiyatini tushunib olish uchun 1893-yilda Shveytsariya kimyogari A.Vemer 55 taklif qilgan va L.Chugayev, I.Chernyayev, A.Grinberg va boshqalar tomonidan to'ldirilgan kordinatsion nazariya bilan qisqacha tanishib o‘tdik



Download 334.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling