Anorganik moddalarning eng muhim sinflari


Download 363.71 Kb.
bet5/14
Sana03.02.2023
Hajmi363.71 Kb.
#1156641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari.

savollar
1. Qanday moddalar oksidlar deb ataladi? Misollar keltiring.
2. Oksidlami gruppalarga ajratish ulaming qaysi xossalariga asoslangani
3. Quyidagi oksidlarning qaysi biri suv bilan reaksiyaga kirishadi: Na2O, CaO, CuO, Fe2O3, SiO2, NO2? Tegishli reaksiyalarninj tenglamalarini yozing.
4. Quyidagi oksidlarning qaysi biri asoslar (ishqorlar) bilan reaksiyaga kirishadi:
C02 SO3, A1203 FeO, Cr203 Tegishli reaksiyalarning tenglamalarini yozing.

Asoslar


Asosli oksidlarning gidratlari asoslar deb ataladi. Ular tarkibidaJ OH gruppa tutgani uchun ko'pincha gidroksidlar deb ataladi.
Asoslarning umumiy formulasi:
Me(OH) n, Me — metall (yoki metall xarakteriga ega bo'lgan radikal, masalan, NH+4), n — gidroksidlar soni.
Agar metallning valentligi o'zgarmas bo'lsa bir necha asos hosil qilishi mumkin. Shunga muvofiq ular nomlanadi. Ayrim asoslarning tuzilishi va nomlanishi quyidagicha:


Yuqoridagi umumiy formulaga muvofiq kelmaydigan yagona asos NH2OH — ammoniy gidroksid ma'lum. Uning tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin:

Ayrim gidroksidlar xossalariga va ishlatilishiga qarab ham alohida nomlanadi:
NH4OH — novshadil spirti
KOH — o'yuvchi kaliy, kaliy ishqori
Ca(OH)2 — so'ndirilgan ohak
Fizik xossalari. Barcha asoslami suvda eriydigan va suvda erimaydigan asoslarga bo'lish mumkin.
Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari (Na, K, Ca, Ba va boshqalar)ning gidroksidlari suvda yaxshi eriydi. Ular ishqorlar deb atalib, eritmasi o'ziga xos mazaga ega bo'ladi.
Boshqa metallarning gidroksidlari suvda erimaydigan asoslarga kiradi.
Asoslarning hammasi qattiq moddalar, faqat ammoniy-gidroksidi suvdagi eritmasidagina mavjud bo'ladi. U ammiakni suvda erishidan hosil bo'ladi.
Ishqorlaming suvdagi eritmalari indikatorlar rangini o'zgar-tiradi (masalan, lakmusni ko'kartiradi). Ulaming konsentrlangan eritmalari tirik organizm to'qimalarini, ayrim buyumlami yemi-radi. Shuning uchun ham ulami о 'yuvchi ishqorlar deb ataladi.
Olinishi. 1. Suvda eriydigan asoslar ayrim metallar suv bilan reaksiyaga kirishganda hosil bo'ladi.
2Na+2H2O=2NaOH+H2; CaO+H2O=Ca(OH) 2
Sanoatda ishqoriar metall tuzlarining suvdagi eritmasini elektroliz qilib olinadi. Masalan, osh tuzining eritmasi elektroliz qilinganda eritmada o'yuvchi natriy hosil bo'ladi. 2. Tegishli metallaming suvda yaxshi eriydigan tuzlariga ishqoriar ta'sir ettirib, suvda erimaydigan asoslar olinadi:
CuCl2+2NaOH=Cu(OH) 2+2NaCl
eritma havorang cho'kma
FeSO4+2KOH=Fe(OH) 2+K2SO4
eritma och yashil
cho'kma

Download 363.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling