Anorganik moddalarning eng muhim sinflari


Download 363.71 Kb.
bet4/14
Sana03.02.2023
Hajmi363.71 Kb.
#1156641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari.

Kimyoviy xossalari. 7. Kislotali oksidlar suv bilan birikib, tegishli kislotalarni hosil qiladi:

3. Asosli oksidlar bilan reaksiyaga kirishganda tuz hosil
hirb^lotfir

Amfoter oksidlar.
Ayrim elementlarning oksidlari ham asosli, ham kislotali xossalarga ega bo'ladi. Bunday oksidlar amfoter oksidlar deyiladi. Ularga ZnO, Аl2О3, Cr2O3 kabi oksidlar misol bo'ladi. Ular kislotalar bilan ham, asoslar bilan ham reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi. Masalan:

  1. ZnO+2NaOH-Na2ZnO2+H2O

  2. ZnO+2HCl=ZnCl2+H2O

Eng muhini oksidlar va ularning ishlatilishi. Tabiatda eng keng tarqalgan kislotali oksidlardan karbonat angidrid CO2 va kremniy (IV)-oksidi (qum) — SiO2 hisoblanadi.
Karbonat angidrid havoning doimiy tarkibiy qismi bo'lib, uning 0,03 foizini tashkil etadi. U yashil o'simliklarning asosiy ozuqasi. O'simliklar ildizi orqali suvni bargi orqali karbonat angidridni olib quyosh energiyasi yordamida qand moddalarini sintez qiladi. Bu jarayon fotosintez deb ataladi.
Shuningdek, karbonat angidrid salqinlantiruvchi ichimliklarni tayyorlashda, ham ayrim kimyoviy moddalarni sintez qilishda asosiy xomashyo sifatida ishlatiladi.
Kremniy oksididan shisha, sement va boshqa qurilish materiallari tayyorlashda foydalaniladi.
Asosli oksidlardan turmushda kalsiy oksidi, ba'zan uni so 'ndirilmagan ohak deb ataladi. U tabiatda eng keng tarqalgan mineral ohak toshni kuydirib olinadi. Asosan u qurilish material tayyorlashda ishlatiladi.
Ayrim metallarning oksidlari turii xil shisha navlari tayyorlashda, buyumlami sirlashda va boshqalarda ishlatiladi. SO4 NO2 kabi oksidlar kislotalar olishda ishlatiladi.
Anorganik birikmalar nomenklaturasi – kimyoviy ele-mentlar va ularning birikmalariga nom berish tizimi. Nomenklatura modda tarkibini yozma ravishda va ogʻzaki nutqda aniq ifodalashi lozim. Anor-ganik birikmalarning koʻp va turli-tu-manligi ularni nomlashda maʼlum ti-zimga asoslanadi. Koʻpchilik kimyoviy elementlarning nomi lotin nomidagi "ium" qoʻshimchani "iy" qoʻshimchaga al-mashtirib hosil qilinadi. Masalan, litium – litiy, barium – bariy va hokazo Qadim zamonlardan beri ishlatib kelingan elementlarning nomlari shundayligicha saqlanib qoladi: oltingugurt, temir, mis, rux, qalay, qoʻrgʻoshin, simob, oltin, kumush va boshqa Elementlarning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari oksidlar va peroksidlar degan umumiy termin bilan ataladi. Oksidlar tuz hosil qiluvchi va tuz xrsil qilmaydigan oksidlarga boʻlinadi. Tuz hosil qiluvchi oksidlar oʻz navbatida asosli, nordon va amfo-ter oksidlarga ajratiladi. Oʻzgaruvchan valentli elementlarning oksidlarini nomlash uchun avval elementning nomi, soʻngra oksid soʻzi qoʻshib aytiladi. Masalan, FeO – temir (P)-oksid, Gʻe2O3–temir (Sh)-oksid va hokazo Elementlarning oltin-gugurt va galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari ham shunday nomlanadi. Masalan, CuS– mis (P)-sulfid, GʻeS13 – temir (III) – xlorid va hokazo Metall va gidroksil guruhdan tashkil topgan bi-rikmalar asoslar deb yuritiladi. NaOH – natriy gidroksidi yoki Si(ON)2 – mis gidroksidi bularga misol boʻladi. Asoslarning asosiy xususiyati, ularning kislotalar bilan tuz hosil kilishidir. Vodorod va kislota qoldigʻidan tashkil toptan moddalar kislotalar sifatida qaraladi. Vodorod atomi soni kislota qoddigʻi valentligiga teng boʻladi. Kis-lotadagi vodorod metallga almashina oladi. Kislotalarning asosiy xususi-yati asoslar bilan tuz hosil qilishidir. Kislorodsiz kislotaning nomi kislo-ta hosil qiluvchi elementning nomiga "id" qoʻshimachasi qoʻshish orqali hosil qilinadi. Masalan, H2S – sulfid kislota, HF – ftorid kislota, N2Te –tellurid kislota. Kislorodli kislotalar va tuzlar oʻzbekchada xalqaro nom bilan ataladi. Masalan, HNO2 – nitrit kislota, HNO,– nitrat kislota, H2SO4– sulfat kislo-ta; ularning tuzlari tegishlicha nitritlar, nitratlar, sulfatlar deyiladi va hokazo Agar kislota tarkibidagi vodorod atomlarining hammasi metall atomiga almashgan boʻlsa, normal tuz, aks holda nordon tuz deb ataladi. Agar tuzlar tarkibida gidroksil guruhi boʻlsa, asos tuzlar deb ataladi. Normal tuzlarni nomlashda metall nomiga kislota nomi koʻshiladi. Mas, NaF – natriy ftorid, Fe2(SO4)3 – temir (III) – sulfat va boshqa Koʻp asosli kislotalarning tarkibida-gi metallga almashgan vodorod atomlari soniga karab tuzga nom beriladi. Mas, Na3PO4 – natriy fosfat, Na2HPO4 – natriy gidrofosfat, NaH2PO4 – na-triy digidrofosfat; ba’zan bular uch almashgan, ikki almashgan, bir almashgan deb ham ataladi. Kislotalardagi vodo-rodni metallga yoki asoslardagi gidrok-sil guruhni kislota qoldigʻiga almash-tirish yoʻli bilan tuzlar hosil kilinadi. Bular oʻrta (normal), nordon va ishqoriy tuzlarga boʻlinadi. Ikki metall va bir kislota qoldigʻidan tashkil topganlari qoʻsh tuzlar deyiladi. Bir metall va ikki kislota qoddigʻidan tashkil topgani esa aralash tuzlar deb ataladi.

Download 363.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling