Anov madaniyati
Download 61.61 Kb. Pdf ko'rish
|
Anov madaniyati - Vikipediya 90948
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻnggi tahrir 2 yillar avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi
Anov madaniyati Anov madaniyati – Ashxo-bod yaqinidagi Anov qishlog‘i atrofida joylashgan ilk eneolit va so‘nggi jez davrlariga oid qadimgi dehqonchilik manzilgohlari va shahar harobalari. Eneolit va jez davri manzilgohlari saqlanib qolgan shimoliy va jan. Anov te-paliklari ayniqsa dunyoga mashhur. Anov madaniyati ni dastlab amerikalik geolog R. Pompel-li va angliyalik arxeolog Shmidt tekshir-gan. Anov madaniyati qatlamlaridan xom g‘ishtdan qurilgan binolar qoldiqlari, turli mis buyum va zeb-ziynatlar, tosh yorg‘uchoqlar, sirtiga rang-barang naqshlar ishlangan sopol idishlar hamda jamiki borliqni vujudga keltiruvchi qudrat timsoli hisoblangan ayol haykalchalari topil-gan. Arxeologik qazishlar va aerofoto-suratlar eneolit davridayoq O‘rta Osiyo hududida eng ilk sug‘orish inshootlari barpo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Eneo-litdan jez davriga o‘tish bosqichida so-pol buyumlarga naqsh ishlash bilan birga inson va hayvonlar shaklini ham chizish keng tus olgan. Anov madaniyati yodgorliklarini boshqa mintaqa topilmalari bilan qiyosiy o‘rganilishi natijasida jez davrida, mil. av. 3–2 ming yillik oxirida O‘rta Osiyo janubida ilk
shahar madaniyati, qadimgi Sharq tipidagi mahalliy madaniyat vu-judga kelgan deb hisoblanadi. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Adabiyotlar Soʻnggi tahrir 2 yillar avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Anov_madaniyati&oldid=2015 216 " dan olindi Download 61.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling