Anri Fayolning boshqarish tamoyillari


Download 85.5 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi85.5 Kb.
#254045
Bog'liq
2-vazifamenejment


Anri Fayolning boshqarish tamoyillari:

1. Mehnat taqsimoti. Ihtisoslashuv ya'ni ishchilarning o'z ish yo'nalishiga ega bo'lishligi va vazifalarni teng taqsimlanishi tushuniladi.

2. Vakolat va mas'uliyat. Vakolat - bu buyruq berish uchun berilgan huquq hisoblanadi. Mas'uliyat esa buning aksi. Qayerda vakolat berilgan bo’lsa, o'sha yerda mas'uliyat vujudga keladi. Ya'ni inson o'ziga berilgan vakolatini ishga solgan holda ma'sulyatni his qiladi va ado etadi.

3. Intizom. Intizom rahbar bilan hodim o’rtasida o’zaro hurmatni, jamoat qoidalariga rioya qilishlikn,bir birlarini fikr mulhaza larini eshitishliklarini talab qiladi. O'rtalarida tuzilgan shartnomalarining qoidalariga amal qilishlikka undaydi.

4. Yakkaboshchilik. Ishchi to'g'ridan to'g'ri boshliqidan buyruq olishligini ta'minlaydi.

5. Yo'nalishni bir xilligi. Bir maqsad uchun birlashgan har bir guruhning o'zlarining yagona rejalari doirasida ishlashlari va bunga bitta rahbar ega bo'lishligi tushuniladi.

6. Shahsiy manfaatlarni umumiy manfaatlarga bo’ysundirish. Alohida hodim yoki guruhning manfaatlari bir-biriga zid kelmasligi o'zaro guruh bo'lib manfaatli ish tutishlik nazarda tutiladi.

7. Hodimlarni taqdirlash . Hodimlarning ishonchini qozonish va ularning hamdardligini oshirish uchun ularga adolatli ravishda mehnatiga haq to'lash tushuniladi

8. Markazlashish. Barcha ishlarni va ishchilarni markazdan turib boshqarish.

9. Boshqarishdagi ierarxiya. Bunda quyi daraja yuqoridan nazorat qilinadi va yuqoriga boysunadi.Har bir ishchining ish o'rniga qarab shajara tuziladi.

10. Tartib. Hamma o’z o’rnida bolishi va o’z burchini ado etishi lozim. Yani hamma o'zining bo'yniga yuklatilgan ish vazifasidan chetga chiqmagan holda faoliyatini to'g'ri tartibga solishi tushuniladi.

11. Adolat. Tashkilotda adolatning hukm surishi - bu qonunning ustuvorligi bilan rahmdillikning uyg’unlashuvi yani insonning mehnatini adolatli ravishda tartiblash va unga xaq to'lash tushuniladi.

12. Hodim uchun ish joyining doimiyligi. Agar ish joyi aniq muqim bo'lmasa tashkilot faoliyati samaradorligi keskin pasayib ketadi. O’z ish joyini doimiy egasi bo'lish harakatida bo’lgan oddiy rahbar bir joyda muqim ishlashni istamaydigan iste'dodli rahbardan ming chandon yaxshi.

13. Tashabbus. Tashabbus - bu yangi inavatsion rejalarni ishlab chiqish va uning o’z vaqtida bajarilishini ta'minlashdir.

14. Korparativ ruh. Bu tashkilot a'zolari ya'ni ishchilar o'rtasidagi o'zaro ishonch va ittifoqdir. Ittifoq natijasida ularda yengilmaslik hissi vujudga kelib tashkilotning yanada uzoq manfaatli

umr ko'rishiga o'z hissasini qo'shadi. Ittifoq - bu yengilmas kuchdir.


Download 85.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling