Antibiotiklarning ta'siri bir necha usul bilan aniklanadi. 1.Antibiotikni turli darajada suyultirib test-mikrobda sinab kurish mumkin. Masalan, penitsillin stafilokokkda, streptomitsin Vast. subtilis da sinab kuriladi. Bu mikroblarga ta'sir etgan antibiotiklarning eng kam mikdori topiladi va usha mikdor shu antibiotikning ta'sir birligi deb xisoblanadi. 2. Anti¬biotiklarning kuchini nefolometrlar bilan xam aniklash mumkin. Buning uchun bir necha probirkadagi suyuk ozik muxitiga sinaladigan antibiotik solinib, turli daraja¬da suyultiriladi, sung shu probirkalarga test-mikrob ekiladi. Mikrob kanchalik kupaysa, probirkadagi suyuklik shuncha loykalanadi. Sinash uchun test-mikrob ekilgan bu probirkalar kontrol uchun avvaldan tayyorlab kuyilgan probirkalar bilan solishtiriladi. Kontrol probirkalardagi antibiotikning mikdori avvaldan ma'lum bulgani uchun ular sinov uchun ekilgan probirkalar bilan solishtirib, xar bir probirkadagi antibiotiklar mikdorini bilib olish mumkin. 3. Antibiotiklarning kuchi diffuzion usul bilan aniklanadi. Buning uchun test-mikrobi Petri kosachasidagi zich muxitga ekiladi. Sinalishi lozim bulgan antibiotik metall yoki shishadan yasalgan xar xil xajmda silindrchalarga solinadi, sung ular ozik betiga botirib urnatiladi. Sungra Petri kosachalari termostatga kuyiladi. Antibiotik silindrchalar atrofidagi ozik muxitga diffuziyalanib mikrobni ustirmay kuyadi va u kancha kuchli bulsa, silindrchalar tevaragida mikrob usmagan doira shuncha keng buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |