Antigen va antitanalar va ularning ta'sirlanish spetsifikligi


Download 179.06 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi179.06 Kb.
#1413256
Bog'liq
antigen va antitanalar va ularning ta\'sirlanish spetsifikligi

antigen va antitanalar va ularning ta'sirlanish spetsifikligi


Reja:
Antigenlar
Immunologiya
Antitanalar
Antigenlar — maʼlum sharoitda immun javob berish va maxsus antitelolar ishlanib chiqishi, yot hujayralarni yemirib limfotsitlar hosil boʻlishi, immunologik holat yoki tolerantlik shak-llanishiga sabab boʻladigan turli moddalar.
Antigenlarning eng muhim xususiyati antigenlik va oʻziga xoslikdir. Xususiyatiga koʻra Antigenning toʻla va qisman, shuningdek eriydigan (oqsillar yoki ular komplekslarining boshqa moddalar bilan suvdagi eritmasi), korpuskulyar (bakteriyalar, hayvon hujayralari), kuchli va kuchsiz, tabiiy va sunʼiy hamda getero-, izo-, autoantigenlar farq qilinadi.
Antigenni oʻrganish (ayniqsa toʻqimalar mutanosibligini) aʼzo va toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish, infeksion jarayonlarning rivojlanishi, shuningdek oʻsmalarni aniqlash va davolashda juda muhim ahamiyatga ega.
Immunologiya (immunitet va ... logiya) — tibbiy-biologik fan; organizmning genetik jihatdan unga yot boʻlgan belgilar (antigenlik xususiyati) ga ega tirik tanalar va moddalar taʼsiriga nisbatan oʻziga xos antigenlik birligini saqlashga qaratilgan reaksiyalari.
Immunitetning umumbi-ologik asoslarini, uning vujudga kelishi va evolyusiyasini, toʻqimalar antigenlarining nasldannaslga oʻti-shini, antitelolar va antigenlarning kimyoviy tuzilishi hamda xossalarini, ularning oʻzaro taʼsiri g oldini olish va davolash usullarini oʻrganadi.
Hujayra va molekula doirasida antitelolar hosil boʻlish mexanizmini, antigenlarning patogenetik rolini, immun sistemaning filoge-nezi va ontogenezini oʻrganish — I. ning nazariy yoʻnalishlaridir.
Olimlar Covid-19 bilan kasallangan bemorlar qonida organizm tomonidan infeksiyani to‘xtatish ilinjida ishlab chiqarilgan umumiy hisobda 250 xildan ortiq antitanalarni aniqlashdi.
Ulardan 28tasi kasallik bilan nisbatan samarali kurashgan (yaʼni virusni yenggan). Xo‘sh antitana o‘zi nima va u qanday ishlaydi?
Organizm har qanday infeksiyaga kalitni namuna va xato usuli orqali yig‘adi. Tasavvur qiling, har bir virus parchasi - jimjimador tig‘li xanjar, sizning tanangiz esa qin ishlab chiqaruvchi zavod.
Ushbu zavoddagi har bir konveyer aynan bir xil shakldagi g‘ilof ishlab chiqaradi, ammo birgalikda ular o‘lcham va konfiguratsiya turfa xilligi cheksizligini taʼminlaydi.
Download 179.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling