Antigen va antitelalar. Serologik reaksiyalar haqidatushuncha. Agglyutinatsiya reaksiyasi, qo'yilishi, ahamiyati


Download 1.38 Mb.
bet3/4
Sana13.11.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1771152
1   2   3   4
Bog'liq
ANTIGEN VA ANTITELALAR

Antigenlik xususiyati bor moddalarga oqsillar, mikroorganizmlar, ularning mahsulotlari (zaharlari), ilon, chayon zaharlari, o'simliklarda uchraydigan moddalar (ritsin, abriya), hujayra va to'qima elementlariga yot zarralar va h.k. kiradi.

  • Antigenlar to'la qimmatli va to'la qimmatsizlarga bo'linadi. To'la qimmatli antigenlar (oqsillar, polisaxaridlar, lipoproteinlar, kompleks moddalar) organizmga yuborilganda maxsus antitelalarni hosil qilib, immunkompetent limfoid hujayralarning aktivligini oshiradi, ya'ni shular bilan muayyan tarzda o'ziga xos birika oladi.

  • To'la qimmatsiz antigenlar gaptenlar bo'lib, organizmga yuborilganda organizmda maxsus antitelalar va sezgirligi oshgan limfotsitlar hosil qila olmaydi. Gaptenlarga yog'lar, kichik molekulali organik moddalar kiradi, lekin shu gaptenlarning tarkibiga oqsil biriktirilsa yoki organizmdagi oqsillar, fermentlar bilan biriksa, gaptenlar to'la qimmatli antigenlarga aylanadi.

Antigen maxsusligi antigen tarkibidagi oqsillarning birlamchi tuzilishiga, ya'ni aminokislotalarning xilma-xilligiga, ketma-ket kelishiga, aminokislotalarni yon zanjirga va ustki qismida joylashgan determinant guruhlarning soniga bog'liqdir. Oqsil aminokislotalarining ustki qismida joylashgan bu determinant gruppalar oqsilga ma'lum bir shakl (konfiguratsiya), fazoviy qovushqoqlik va qutblilik xususiyatlarini beradi. Bitta elektron zaryadini o'zida tashib yuradi.

  • Antigen maxsusligi antigen tarkibidagi oqsillarning birlamchi tuzilishiga, ya'ni aminokislotalarning xilma-xilligiga, ketma-ket kelishiga, aminokislotalarni yon zanjirga va ustki qismida joylashgan determinant guruhlarning soniga bog'liqdir. Oqsil aminokislotalarining ustki qismida joylashgan bu determinant gruppalar oqsilga ma'lum bir shakl (konfiguratsiya), fazoviy qovushqoqlik va qutblilik xususiyatlarini beradi. Bitta elektron zaryadini o'zida tashib yuradi.

Determinantlar soni shu oqsilning valentligini, sifatini (antigenligini), kuchini (immunogenligini) bildiradi. Masalan, odam qon zardobidagi albumin oqsili o'z tarkibida 6 ta determinant gruppasini tutadi. Globulin oqsilining tarkibida esa 8 ta determinant gruppasi bor. Shuning uchun ham globulin oqsili albumin oqsiliga nisbatan kuchli antigenlik va immunogenlik xususiyatiga egadir.

  • Determinantlar soni shu oqsilning valentligini, sifatini (antigenligini), kuchini (immunogenligini) bildiradi. Masalan, odam qon zardobidagi albumin oqsili o'z tarkibida 6 ta determinant gruppasini tutadi. Globulin oqsilining tarkibida esa 8 ta determinant gruppasi bor. Shuning uchun ham globulin oqsili albumin oqsiliga nisbatan kuchli antigenlik va immunogenlik xususiyatiga egadir.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling