Mehrobdan chayon
Download 9.91 Kb.
|
Mehrobdan chayon-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA: 1.Kirish I.BOB.Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani
- V.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Mehrobdan chayon AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TURKIY TILLAR FAKULTETI O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI YO’NALISHINING 2”B”GURUH TALABASI QADAMBOYEVA LATOFATNING O’ZBEK ADABIYOTI FANIDAN KURS ISHI HIMOYASI UCHUN ISHLAGAN TAQDIMOTIMAVZU:”MEHROBDAN CHAYON”ROMANIDA DAVR VA SHAXS TALQINIREJA: 1.Kirish I.BOB.Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani II.BOB.Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida shaxslarning o’zaro muomala-munosabatlaridagi yuksak madaniyat talqini IV.XULOSA V.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Аbdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkentda bogʼbon oilasida tugʼildi. Uning otasi Qodirmuhammad (1821-1924) uzoq vaqt savdogarchilik bilan, 1870 yillardan umrining oxirigacha Samarqand darvozada anchagina katta bogʼda bogʼdorchilik bilan oila tebratar edi. Uning onasi Josiyat bibi uy bekasi boʼlgan. Аbdulla yoshligidan oʼtkir zehni, serfikrligi bilan ajralib turgan. Dastlab u «usuli qadim» maktabida, Аbulqosim madrasasida, keyin rus-tuzem maktabida oʼqishni ancha muvaffaqiyat bilan davom ettirdi. 1912 yilda u kattagina savdogar Rasulmuhammadboy qoʼlida prikazchik (ish yurituvchi) boʼlib xizmat qila boshlaydi. Rasulmuhammad ancha eʼtiborli, ochiqkoʼngil, diyonatli boylardan boʼlib, oʼz davri ziyolilari bilan yaqin aloqada boʼlgan. Shuning uchun ham Аbdullaning yoshligi asosan boylar, ziyolilar davrasida kechdi, bu hol uning jadid mutafakkirlari, ularning «Sadoyi Turkiston», «Oyna», «Samarqand», «Turon» kabi gazeta va jurnallari bilan aloqani mustahkamlashiga olib keldi. Abdulla Qodiriy “Oʻtkan kunlar” romanidan soʻng yangi mavzuga qoʻl urib, 1926-yilda “Mehrobdan chayon” romanini yozib tugatadi. Mehrobdan chayon» romanining qahramonlari avvalgi roman qahramonlaridan ancha farq qiladi. Ikkinchi romanda yozuvchi xalq hayotining quyi va oʼrta tabaqa vakillarining turmush tarzini, umid va orzularini tasvirlaydi Yozuvchi feodal “Mehrobdan chayon” asarida xonlik istibdodi va uning xotin-qizlarga munosabatini ochishga katta eʼtiborni qaratadi. Shu munosabat bilan Gulshanbonu timsoli vositasida kitobxonni xon saroyi va harami bilan tanishtiradi. . Bu timsolning ham oʼziga yarasha tarjimai holi bor. Gulshanbonu orqali xonning eng ishongan, eʼtiborli ayoli Ogʼocha oyim bilan, erkak zotining koʼz qiri tushishi mumkin boʼlmagan haramning ichki xonalariyu sir-asrorlari bilan tanishtiradi. Mohiyat eʼtiboriga koʼra, asar «Mehrobdan chayon» deb bejiz nomlanmagan. Musulmon odami uchun mehrob muqaddas joy, yaʼni masjidda yarim oy shaklida Kaʼba tomonga qarata ishlangan, imom namoz oʼqiydigan joy. Badiiy adabiyotda diniy-tasavvufiy sheʼrlarni mehrobga qarab yoqimli ovoz bilan kuyga solib oʼqiydigan hofizlarni «mehrobxon» deyishgan. Romanning bosh salbiy obrazi Аbdurahmon domla- muqaddas joydan chiqqan odam shaklidagi chayon. U oʼta hasadgoʼy, oʼz manfaati yoʼlida har qanday goʼzal insoniy fazilatlarni yanchib oʼtadi. Madrasa koʼrmagan Аnvarning xon saroyida mirzo, keyin bosh mirzo boʼlishiga, hatto unga yaxshilik qilib saroyga ishga olganda ham aslo chiday olmaydi. Yozuvchi Oybek «Аbdulla Qodiriyning ijodiy yoʼli» asarida Аbdulla Qodiriyning din peshvolariga bunday qarashini romanning kamchiligi sifatida tanqid qilgan edi. Аslida bunday qarash Qodiriyning musulmon diniga boʼlgan munosabatining negizini tashkil qilar edi. Zohiran, Аnvar va Raʼno sevgi-muhabbatda oʼzbek dostonlaridagi qahramonlarga hamohang. Ular oʼrtasidagi muhabbat mushoirasini eslang: Аnvar: Аgar Farhodning Shirin, boʼlsa Majnunlarning Laylosi, Nasib oʼlmish menga gulshan aro gullarning Raʼnosi. Raʼno: Аgar or etsa Layli haqlidir Qaysning jununidin, Ne baxt, Raʼno xaridoring talab ahlining «Mirzo»si… Ular ishqiy muloqotda, sadoqatda, aqlzakovatda afsonaviy qahramonlarga oʼxshab ketadilar. Chunki ular nafaqat Sharq mumtoz sheʼriyatidan, buyuk «Xamsa» dostonlaridan ham xabardorlar. Аmmo ular shu zamin va zamon kishilari. Bu hol ularning har bir xatti-harakatlarida namoyon boʼladi. Ular bir xonadon farzandlari kabi oʼsib-ulgʼayadilar, shunday ekan, ular bir-birlari bilan hatto sevgi munozarasida ham erkin. Аyniqsa, Raʼno xarakteri kitobxonni oʼziga rom etadi. Uning jasurligi, irodali qiyofasi romandagi «Ochiq xat», «Maʼshuqa mahbasi», «Jasur qiz» boblarida chuqur ochib berilgan. Oʼrni kelganda, shuni ham qayd etish kerakki, erkak libosini kiyib, oʼz haq-huquqi uchun kurashgan, hatto Vatan va xalq manfaati yoʼlida ot minib, qilich chopgan va qahramonlik koʼrsatgan ayollar Oʼzbekiston tarixida koʼp uchraydi. “Mehrobdan chayon“ romanida xonliklar davri zug’umi muayyan darajada sezilsa ham, adibda goho tarafkashlik mayllari ko’rinadi. Adib amalda realizm mavqeida turgan tarixiy haqiqatni mumkin qadar haqqoniy ifodalashga intilgan. Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali Solih maxdum tabiatiga xos „maqtab bo’lmaydigan“ xususiyatlarni batafsil ko’rsatadi. Bunday xususiyatlarning ichki va tashqi ijtimoiy ildizlarini ham ochadi. Ayni paytda maxdumning „hamma nuqsonlarini yuvib ketarlik“ fazilatini ham taʼkidlaydi: „nima bo’lganda ham maxdum oʻz zamonasining eng oldingi domlalaridan, Qo’qon aksariyatining savodxon bo’lishlariga sababchi ustozlardan“. Romandagi Anvar bilan Raʼno obrazlari, bir qarashda, romantik qahramonlarday taassurot beradi. Barkamollik — aql-zakovat, do’stga, sevgiga sadoqat, erk, adolat yo’lidagi shijoat bobida ular afsona, doston qahramonlarini eslatadilar. Ishqiy mulohazalar bobida bu ikki yosh juda erkin, oralaridagi gap-so’zlar bir qadar kitobiy, shoirona. Masalaga sinchiklab qaralsa, Anvar va Raʼnodagi favqulodda, kitobiy tuyulgan hislatlar, ularning „g’ayritabiiy“ xatti-harakatlari mantiqan va ruhiy jihatdan asoslangan. Ular maktab ko’rgan, yaxshi tarbiya, chuqur bilim olgan, Sharqning yuksak madaniyati, gumanistik g’oyalarini o’zlari uchun chin eʼtiqod, bosh maqsad qilib olgan odamlardir. Adib asar personajlari qismati bilan bogʻliq holda muhim tarixiy hodisalar, shaxslar, sarguzashtlar haqida ham maʼlumot beradi Qodiriy ijodi kuzatilsa, unda din ulamolari tasviri ayricha ahamiyatga ega. Buning sabablari, avvalo, o’sha davrda xalqaro siyosatda iqtisodiy jihatdan kuchli davlatlar musulmon mamlakatlarini o’ziga bo’ysundirib, tobe qilib olish yo’liga o’tgan edi. Qodiriy siyosiy masalalarga ham befarq bo’lmay, vaqtli matbuotda o’z munosabatini bildirib bir qancha jiddiy maqolalar eʼlon qilgan. Uning “Luzonda ko’ngil ozishlar va isiriq solishlar” (“Turkiston” gazetasi, 1923), “Siyosat maydonlarida”, “Eshonlarimiz” (“Mushtum” jurnali, 1923) kabi maqolalari aynan shu masalaga bag’ishlangan.Yozuvchi baʼzan qahramonlari tabiatini, xususan haramdagi qizlar fojiasini hazil-mutoyiba, o’yin-kulgi orqali ochib beradi. Ammo bu kulgili bo’lib tuyulgan hodisalar zamirida jiddiy insoniy drama va shafqatsiz haqiqat yotadi. Xullas „Mehrobdan chayon“ hayot haqiqatini „orttirmay va kamitmay“ o’z holicha jamiki qirralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini, ruhiyatini oʻziga xos ohanglar, bo’yoqlar vositasida kashf etib bergan o’xshashi yoʻq badiiy obidadir. Xulosa Gap Qodiriy haqida borar ekan, uning O’zbek romanchiligining asoschisi ekanligini va shu janrning noyob durdonalari bo’lmish “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlarining muallifi ekanligini yoddan chiqarmasligimiz kerak. Roman yozilgan yillarda milliy adabiyot uchun begona sanalgan roman janrining o’zi izoh talab etardi. Muallif “Mehrobdan chayon” romanini siyosiy tazyiqlar kuchaygan yillarda yozib tugatdi. Muallif niyatini niqoblashga majbur bo’lib, turli yo’l qidirgan va buni uddalagan. Qodiriy so’zboshida mavzuni siyosiy jihatdan bo’rttirib, fikrini tagmatnga singdirib, siyosiy g’oya qidiruvchilarni chalg’itishga erishgan. Qodiriy asarida asosan, o’ziga dinni niqob qilib olgan kimsalarni keskin tazyiq ostiga olgan, chunki o’sha davrda ham dindan o’z yo’lida foydalanuvchi, din buyurgan yo’lga emas, aksincha, o’zlarining qora ishlarini bekitish uchun din yo’liga nomigagina kirgan domla va mullalar xalq hayotining og’ir kechishini sababchisi bo’lishgan. Yozuvchi shunday razil insonlarga qarshi hayotda barcha narsalarga o’z mashaqqati, mehnati bilan erishgan, qat’iyatli va qo’rqmas Anvar obrazini qo’yadi. Asarda Anvar va Ra’noning muhabbat tafsilotlari ham g’oyat go’zal chizgilar bilan chizilgan. Yozuvchi bu asari orqali kitobxonga Qo’qon xonligining Xudoyorxon davridagi mash’um hayoti, xalqning og’ir ahvoli va necha-nechalab qizlarning xarob bo’lgan umri haqida ham hikoya qiladi.Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Karimov.I.A.Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.-Toshkent:Ma’naviyat,2008. 2.Rahimov.A.Solih maxdumda nima gunoh.O’zbekiston adabiyoti va san’ati.1990-yil. 3.Normatov.U.Qodiriy bog’i.-Toshkent:Yozuvchi,1995. 4.To’laganova S. Romanda so’zboshi va so’ngso’z.”Sharq yulduzi”jurnali.2016-8. 5.B.Nazarov,A.Rasulov,Q.Qahramonov,Sh.Axmedova.O’zbek adabiy tanqidchiligi tarixi.-Toshkent:Cho’lpon,2007.-B.195. 6.Karimov.B.Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur.-Toshkent:Akademnashr,2014. 7.Karimov.N.Abdulla Qodiriy-tarjmon.Jahon adabiyoti.2014-4. 8.Karimov.N.Abdulla Qodiriy qomusi.o’zbekiston adabiyoti va san’ati.2013-21. 9.www.ziyouz.com. 10.www.kutubxonahttp://fayllar.org Download 9.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling