Bakteriyalarning antigenlari. Mikroorganizmlarning antigenlari ularning kimyoviy va strukturial tuzilishiga qarab turlicha bo'ladi. Bakteriyalarda xivchin antigeni (H-antigen), tana (somatik) O-antigeni, kapsulali bakteriyalarda kapsula (K-antigen) antigeni tafovut qilinadi. Bundan tashqari, ba'zi bir patogen bakteriyalarga xos bo'lgan Vi, M, W - antigenlar ham uchraydi. Mikrob antigenlaridan yana bir antigenni aytib o'tish zarur, masalan, kuydirgi qo'zg'atuvchisidan birinchi marotaba ajratib olingan «protektiv» (himoya) antigeni, bu antigen eng yuqori immunogenlik xususiyatiga egadir. - Bakteriyalarning antigenlari. Mikroorganizmlarning antigenlari ularning kimyoviy va strukturial tuzilishiga qarab turlicha bo'ladi. Bakteriyalarda xivchin antigeni (H-antigen), tana (somatik) O-antigeni, kapsulali bakteriyalarda kapsula (K-antigen) antigeni tafovut qilinadi. Bundan tashqari, ba'zi bir patogen bakteriyalarga xos bo'lgan Vi, M, W - antigenlar ham uchraydi. Mikrob antigenlaridan yana bir antigenni aytib o'tish zarur, masalan, kuydirgi qo'zg'atuvchisidan birinchi marotaba ajratib olingan «protektiv» (himoya) antigeni, bu antigen eng yuqori immunogenlik xususiyatiga egadir.
Viruslarning antigenlari ham ularning strukturasiga va kimyoviy tarkibiga bog'liq. Ko'pchilik viruslarda kapsid, nukleokapsid va superkapsid antigenlari tafovut qilinadi. - Viruslarning antigenlari ham ularning strukturasiga va kimyoviy tarkibiga bog'liq. Ko'pchilik viruslarda kapsid, nukleokapsid va superkapsid antigenlari tafovut qilinadi.
- Mikroorganizmlarda umumiy avlodga, oilaga va maxsus turga va tipga xos antigenlar tafovut qilinadi.
- Bakteriyalarning ekzotoksinlari va endotoksinlari ham kuchli antigenlik xususiyatiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |