Antigen va antitelalar. Serologik reaksiyalar haqidatushuncha. Agglyutinatsiya reaksiyasi, qo'yilishi, ahamiyati
Download 1.38 Mb.
|
ANTIGEN VA ANTITELALAR
Antigenlik xususiyati bor moddalarga oqsillar, mikroorganizmlar, ularning mahsulotlari (zaharlari), ilon, chayon zaharlari, o'simliklarda uchraydigan moddalar (ritsin, abriya), hujayra va to'qima elementlariga yot zarralar va h.k. kiradi.
Antigen maxsusligi antigen tarkibidagi oqsillarning birlamchi tuzilishiga, ya'ni aminokislotalarning xilma-xilligiga, ketma-ket kelishiga, aminokislotalarni yon zanjirga va ustki qismida joylashgan determinant guruhlarning soniga bog'liqdir. Oqsil aminokislotalarining ustki qismida joylashgan bu determinant gruppalar oqsilga ma'lum bir shakl (konfiguratsiya), fazoviy qovushqoqlik va qutblilik xususiyatlarini beradi. Bitta elektron zaryadini o'zida tashib yuradi.
Determinantlar soni shu oqsilning valentligini, sifatini (antigenligini), kuchini (immunogenligini) bildiradi. Masalan, odam qon zardobidagi albumin oqsili o'z tarkibida 6 ta determinant gruppasini tutadi. Globulin oqsilining tarkibida esa 8 ta determinant gruppasi bor. Shuning uchun ham globulin oqsili albumin oqsiliga nisbatan kuchli antigenlik va immunogenlik xususiyatiga egadir.
Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling