Antik davrda psixologik bilimlarni yuzaga kelishi


Download 54.52 Kb.
Sana13.03.2023
Hajmi54.52 Kb.
#1266106
TuriReferat
Bog'liq
ANTIK DAVRDA PSIXOLOGIK BILIMLARNI YUZAGA KELISHI




Referat

Mavzu:
ANTIK DAVRDA PSIXOLOGIK BILIMLARNI YUZAGA KELISHI




Bajardi:____________________________________________
Tekshirdi:__________________________________________
Toshkent 2023
ANTIK DAVRDA PSIXOLOGIK BILIMLARNI YUZAGA KELISHI
Reja:
1. Antik psixologiya haqida tushuncha
2. Buyuk allomalarni antik psixologiyaga qoʻshgan hissalari
3. Antik dunyoda jon haqidagi tasavvurlar
4. Aflotun psixologiya haqida
5. Arastu taʼlimotida jon tushunchasi

Qadimdan madaniy fikr va ruhiyatlar bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan va rivojlangan. Shuning uchun qadimiy grek-rimliklar rivojlanishini Sharq xalqlaridan ajratib alohida oʻrganib boʻlmaydi. Inson ongi rivojlana borgan sari turli oʻzgarishlar sodir boʻladi. Sekin- asta ishlab chiqarish revolyutsiyasi boʻladi. Sekin-asta shahar qishloqdan, hunarmandlar qishloq xoʻjaligidan ajray boshlaydilar. Insonning hayot tarzi oʻzgarishi, qullarning koʻpayishi, daryo yoʻllarining ochilishi qadimiy greklar ongini bir necha barobar oʻstiradi. Qadimiy afsonalarga ishonish, bir necha tabiiy fanlar (matematika, geografiya, astranomiya, tibbiyot) bilan tanishishi ular ongining oʻsishiga, fikr yuritishiga turtki boʻladi.


Materialistik fikrlaydigan bir necha faylasuf va olimlar yetishib chiqqan. Bularga Demokrit, Gippokrat, Anaksimanlarni misol keltirish mumkin. Ularning izlanishlari katta ahamiyatga egadir.
Eramizdan avvalgi V asrda falsafiy fikrlar markazidan biri Afina edi. Shu vaqtlarda donishmandlikka oʻrgatuvchi oʻqituvchilar, sofistlar yoʻnalishi rivojlangan. Turli muassasalarda sofistlar odamlarni donolikka, bilimdonlikka, oʻz soʻzlarini oʻtkazishga oʻrgatishar edi. Ular oʻz darslarida insonning psixologik syujetlarini, insonni boshqa insonlarga munosabatlarini muhokama qilar edi. Ularning fikriga qarshi Suqrot oʻz fikri bilan chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Platon va Aristotellar ilmiy asarlarida falsafiy psixologik fikrlar sistemasi inson fikrini oʻsishiga katta taʼsir qilishi haqida yozganlar.
Platon Yevropa idealizmini boshlovchisi ham hisoblanadi.
Aristotel falsafasidagi psixologik fikrlarda biologik yoʻnalishlar bor edi. Aristotel dunyoni aqliy fikrlari alohida insonlarda yer yuzida boʻladigan hodisalarda yuzaga keladi deb tasdiqlaydi.
Ellinistik yoʻnalishi grek madaniyati bilan Sharq halqlari madaniyatini yaqinlashtiradi. Ellinistik yoʻnalishi falsafasiga koʻra jamiyat turmush tarzini oʻzgartirib yuboradi. Inson oʻzini shaxsiy oʻrnini jamiyatda topib oladi. Bir necha madaniyat markazlari yuzaga keladi. Fanlar, texnika, tibbiyotning rivojlanishi psixologiyani fan sifatida rivojiga katta taʼsir koʻrsatadi. Lukretsiy va Galen kabi buyuk allomalarni taʼsiri katta boʻlgan. Tarixda paydo boʻlgan xrestian dini insonlarni ilmiy qarashlariga qarshi chiqishda ekspluatator sinfga katta qurol vazifasini bajargan.
Psixik tabiatga oid qarashlar.
Ruh haqida afsonaviy tushunchalar hukmronlik qilgan. Har bir konkret narsalarni 2 ta yoki undan ortiq ruhi bor deb tushunilgan. Insonni atrofidagi olam shu ruhlar bilan bogʻliq. Ruh haqidagi fikrlar psixologik tarixga emas, balki butun tabiatga qarashlar bilan bogʻliqdir. Sekin-asta tabiatga ilmiy qarashlar orqali psixologik fikrlar ham oʻzgardi va rivojlandi. Insonlar dunyoni tushunishda afsonalardan voz kecha boshladi.
Eramizdan avvalgi VI asrga kelib tabiat va insonni tushunish psixologik faoliyatda katta burilish yasadi. Qalb haqidagi greklar taʼlimoti, psixologik qarashlar va ular haqidagi bilimlar juda qiziqarli edi. Qadimgi faylasuflar ruh haqidagi afsonalarga boshqacha yoʻl bilan tayanishar edi.
Geraklit qalbni taʼriflashi boʻyicha: havodagi namlikni xuddi sharob ichgan odamni qalbiga oʻxshatadi. Qanchalik qalbi quruq boʻlsa u kuchlidir va aqllidir. Geraklit birinchi boʻlib psixologiya tarixida organizmdagi ruhiy holatning oʻzgarishini aniqlab beradi. Ruhiy holat oʻzida ichki tushunishi va oʻylash, shu bilan birgalikda tushunish chegarasini, haqiqiy hayotni tushunishini belgilab beradi.
Geraklit izlanishlari nafaqat yangi hayot mazmunini, balki insonni rivojini tushuntirib beradi. Anaksagor (er.av. 500-428) olamni bir necha sifatli har xil qismlardan tartibga solinadi deb hisoblar edi va bular ong tomonidan tartibga solinadi deb taʼkidlar edi. U inson va tabiatni oʻz- oʻzini boshqarishiga eʼtibor beradi.
Anaksagor ongni, aqlni narsalardan tashqari yoki fazodan tashqari harakat qiladi deb taʼkidlagan. Lekin bunga Platon qarshi chiqqan. U -
“Anaksagor ong haqida gapirganda boshqa yoʻlga kirib qolyapti” deb aytgan. Lekin Anaksagorning ilmiy asarlarida bunday chekinishlar yoʻq. Anaksagor shunday hisoblar edi: qanchalik inson tanasi rivojlangan, toʻliq boʻlsa shu organizmda aql - ong mukammal boʻladi.
U “Inson jonzotlar ichida eng aqlli hisoblanishiga sabab uni 2 ta qoʻli borligidadir” deb aytib oʻtgan. Lekin bu taʼlimotga Aristotel qarshi chiqqan. Anaksagor fikricha, “aql”, “ong” oʻzida tanani koʻrsatadi. Shuninguchun qalb materialistik tomondan ikkinchidir. Anaksagor determenizm prinsipini toʻliqroq tushuntirib bergan.
Demokrit (er.av.460-370) Levkippdan keyin olamning atomistik modelini yaratdi. Butun koinotda, kenglikda, butun olamda oʻzgarmas qonunlarga binoan sharsimon boʻlinmas oʻt atomlari harakatdadir, qaysiki ular qalbni yaratadi. Shunday qilib qalb moddalar ichida uning bir turidir.
Tarqalish, yoʻqolish haqidagi fizik qonun tanaga tegishlidir, shunga koʻra Demokrit qalbning barhayotligini tan olmaydi.
Bu yoʻnalishlarga qarshi qalbni barhayotligini yoki boshqa qalbga aylanishini afsonaviylikka yaqinligini yoqlab bir necha maktablar chiqdi. Qadimgi Rimda ikki maktab Pifagor va Platon maktablari. Bu maktablar qalbni doim barhayotligini, doimo aylanib yurishini, yaʼni diniy tomondan ham taʼkidlashar edi. Bularni fikricha qalb tanaga bir jazo sifatida mahkamlab qoʻyilgan. Olamni yaratilishi Pifagor tomonidan shunday taʼriflanadi: olam narsalardan emas, balki arifmetik-geometrik strukturaga ega. Yer yuzida barcha narsalar - harakatdagi narsalarni hammasi raqamli holatlarni, qiyofani koʻrsatadi. Qalb ham-garmoniya-tanacha qarama- qarshilik garmoniyasidir. Pifagor maktabi 200-yil yashadi. Bu maktab fikrlovchilari son yoki raqamni narsalardan ajralmas deb hisoblar edilar. Lekin sonlar narsalardan alohida ajraldi.
Suqrot (er.av. 470-399 ) u koʻchadami, bozordami qanaqa vaqt boʻlishiga qaramay, insonlarni qiziqtirgan savollariga javob berardi. Suqrot boshqa faylasuflardan farq qilib, bergan maslahatiga pul olmas edi. Uning muxlislari turli kasb egalari boy yoki kambagʻal sinfidan edi. Suqrot faoliyatida suhbatdoshiga oʻzi tanlagan bir necha savollar bilan murojaat qilar va savollarga aniq toʻgʻri javob berishga yordam berar edi.
Suqrotni shiori “Oʻzingni oʻzing oʻrgan, bil” boʻlgan, lekin bu fikri bilan Suqrot psixologiyada birinchi boʻlib tan olish metodikasiga tayangan emas. Oʻz taʼlimotiga koʻra Suqrot oʻz ichki his-tuygʻularni bilishga emas, balki inson oʻz qilmishlarini oʻz yurish-turishini analiz qilishni tushuntirib berishni tushungan edi. Suqrot fikriga koʻra, insonni oʻz-oʻziga munosabati intellektual axloqiy sifatlarni namoyon qiladi.
Platon (er.av. 428-348) qalbni yangicha talqinini yaratdi. Platon materializmga qarshi qarashlari falsafiy qarashlarida siyosiy tus olgan. Yoshlar materializmdan xudosizlikka yoʻliqdi va jamiyat darz ketadi deb taʼkidlar edi. Platon haqidagi bir necha asarlar toʻligʻicha yetib kelmagan. Platon asos solgan falsafiy gʻoya boshqa zaminda rivojlandi.
Platon akademiyasiga kirishda shunday soʻzlar yozilgan edi. “Geometriyani bilmaydigan bu yerga kirmaydi”. Geometrik figuralar bir tomonda seziladi, his qilinadi va koʻriladi. Platon oʻz ustozi Suqrot oʻlimidan keyin Suqrot yurtiga Janubiy Italiyaga sayohat qildi. Suqrot maktablarida boʻlib dialektik metod suhbat qilishni oʻrgandi.
Gʻoyalar birinchidan qaysiki inson yashayotgan voqealikda, ikkinchidan real emas. Gʻoya-inson aql - zakovati mevasi emas, balki aql - zakovati gʻoyaga taqlid qiladi. Platon fikricha: gʻoyalar, fikrlar fazoviy ongga qarashlidir, qalb olami esa bularni hammasini - gʻoyalar va materiyalarni birlashtiradi.
Aristotel (er.av. 384-322) Platonning shogirdi bulgan. U Kichik Osiyo shaharlarida ilmiy ishlar va oʻqitish bilan shugʻullangan. Aristotel biologiya bilan shugʻullanar edi. U organizmga biologik, genetik yondashdi va tabiatni psixik tomonidan tushundi. Aristotel “qalb” haqida shunday fikrga keldi: qalb tirik jonzotlarning boshlanishi, tanani hayotga tayyorligini belgilaydi. Uni talqini boʻyicha “qalbni tanadan ajratib boʻlmaydi”. “Qalb-bu toʻliq ishlovchi organizmdir”. Aristotel “Qalb haqida”, “Hayvonlar qismi haqida” asarlarida va kichik psixologik insholarda “xotira haqida”, “tush koʻrish haqida” oʻzini psixologik tushunchalarini yozib koʻrsatdi.
Uni fikricha, ruh hayot prinsipi sifatida birinchi oʻrinda turadi. Ruh orqali boshqariladigan organik hodisalar, noorganik dunyoga qarama-qarshi qoʻyilardi. Boshqa qutbda esa qaysiki hodisalar ulkan qobiliyat, yaʼni idrok aqlga qarama-qarshi qoʻyilgan edi. Bu ikki yoʻnalishni birligini tiklamoq uchun Aristotel izdoshlari kurashishdi. Bu izlanishlar qadimgi Rimda falsafiy-psixologik taʼlimotlarda katta ishlar qilinishiga sabab boʻldi. Eng katta yutuqlardan biri psixologik hodisalarni tushuntirishda Aristotel biopsixologiyasi katta yutuqqa egadir, qaysiki u oʻzida uchta yoʻnalishni birlashtirdi: Geraklit, Demokrit, Anaksagor. Aristotel jonli tabiatni organizmni turli darajada rivojlanishiga oʻxshatdi. Demokritni shogirdi, izdoshi Epikur Demokritga tushuncha, qalbni, umumbiologik hodisadan psixologik hodisalarni bir-biridan ajratib berdi. Qalb 4 elementdan tashkil topgan. Ularni har birini oʻz vazifasi bor.
Olov-issiqlik manbai Bugʻlanish-harakat
Shamol-sovuqqonlik Nomsiz element-qalb
Bular hammasi psixologik faoliyatni namoyon qiladi. Epikur shogirdi Lukretsiy nomsiz materiyani nomlash uchun termin topdi. Bu-ruh qalbdan farq qiladi. Bu tushunchani Lukretsiy “Ayollar tabiati haqida” asarida harakat turini, farqini bir butun “atomli” dunyoda tushuntirib berdi. “Qalb” Lukretsiy taʼrifi boʻyicha: aktiv faoliyatli tanani oʻziga boʻysundira oladi uning bundan idrok kelib chiqadi.
Keyingi qadamlardan biri bu “ong” tushunchasining kelib chiqishi. Rimlik vrach Galen ong tushunchasini har tomonlama tushuntirib berishga harakat qildi. Nerv-psixologik faoliyatni analizida bizga tanish “pnevma” boʻladi. Stoiklar (taʼsirida tarbiyalangan Galen) pnevmani 2ga ajratishar edi. “Psixik” va “oʻsuvchi” sezgi organlariga taʼsir organidagi “psixologik pnevmani” holatini oʻzgartiradi, lekin bu shaxsni oʻz-oʻziga hisob berishiga kamlik qiladi. Qalb yuqoriga xudoga yoki pastga material dunyoga yoʻnalmaydi, balki oʻziga-oʻzi, oʻz qobiliyat faoliyatini qabul qiladi deb taʼkidlagan edi Platon.
Avgustin fikri ham Platon fikriga yaqin turadi. Uning fikricha, qalbni mustaqil harakati badandan tashqari, lekin uni quroli sifatida qoʻllanilishi psixik tana boʻlishidir. Qadimgi vaqtda qalb haqida bir necha katta izlanishlar boʻldi. Qalb-bu olov, havo raqam harakatlanuvchi. Qalb deganda inson yashash uchun kerakli narsalar emas, balki butun tirikchilik, hayot tushuntirilgan. Hozirgi zamon tili bilan gapirganda psixologiya fizikani bir qismi deb tushunilgan. Insonni fazo bilan uzluksiz bogʻliqligi quyidagi tushunchani aniqlar edi.
Psixika-ong-idrok.Xotira zehn emas, bu estaliklar xolos, balki qalbni oldingi oʻzini harakatlarini eslashdir. Lekin qalb bajargan harakatlarni eslashga ega emas. Qalbga hozir bajariladigan vazifalar, sezish va intellektual harakatlar ham xosdir. Shu bilan birga Platonning fikricha, afsonalar biz uchun qimmatlidir.
Bizga psixologiya tarixi kursidan maʼlum boʻlishicha, qadimgi grek- rimliklar hayot tarzi sekin-asta ishlab chiqarish revolyutsiyasi munosabati bilan ularni ongi rivojlana borgan sari turli oʻzgarishlar sodir boʻla boshladi. Afsonalarga ishonish esa bir qator tabiiy fanlar bilan tanishish ularni ongini yanada oʻstirishdir. Har bir davrning oʻziga xos faylasuf va olimlari boʻlgani tufayli, mana shu davrda Demokrit, Gippokrat, Anaksimanlar izlanishlari katta ahamiyatga ega boʻldi. Bundan tashqari Platon va Aristotel ilmiy asarlarida falsafiy psixologik fikrlar sistemasi inson fikrini oʻsishiga fikrlari alohida, aniq insonlarda yer yuzida boʻladigan hodisalarda yuzaga keladi degan fikrlar mavjud edi.
Har bir olimni “qalb” haqida bergan tushuntirishlari har birimiz uchun qimmatlidir. Chunki psixologiya tarixida faqat “ruh”, “qalb”, “ong” talqinlarigina oʻrganilmagan, balki oʻsha qadimgi davrdan to biz yashab kelayotgan davrimizgacha insonlar hayotida qanday psixik (ruhiy) holatlar sodir boʻlganligi bayon etilgan. Bizning vazifamiz esa mana shu psixologiya tarixiga asoslangan holda bundan ham koʻproq izlanishlar olib borish deb oʻylaymiz.
“Psixologiya fan sifatida ruh haqidagi taʼlimotdan boshlanishi kerak edi. Ruh haqidagi taʼlimot odamzot tomonidan ilgari surilgan birinchi ilmiy gepoteza”dir deb yozadi L.S. Vыgotskiy. Anita - ruh haqidagi qarashlar ibtidoiy jamoa davridayoq mavjud boʻlgan boʻlsada er. av. asrda tabiat va inson haqidagi tasavvurlar tub burilishga uchrab, antik olamda dastlabki ruh haqidagi ilmiy farazlar paydo boʻla boshlaydi. Ilmiy psixologiya va undagi barcha muammolarning boshi shu yerdadir.
“Qaysi yoʻllar bilan bormagin, baribir ruhning chegarasiga borolmaysan” degan aforizm bilan efeslik Geraklit (er. av. 530-470) individual ruh va koinot birligi gʻoyasini ilgari surdi. Unga koʻra barcha narsa asosida olov yotarkan. Organizmdagi olov uchquni psixologiyadagi - ruhdir. U “olovli va nam” holatda boʻladi va mast odam qayerga ketayotganini bilmaydi, chunki uning psixikasi namdir» - deb yozadi Geraklit. Uning taʼkidlashicha ruh namini umumiy logos qonunlari bilan belgilanadi. Bu
fikr bilan Geraklit barcha psixik hodisalar moddiy dunyo qonunlariga buysunishini taʼkidlamoqchi boʻladi. Determinizm prinsipini juda sodda koʻrinishda taʼriflamoqchi boʻladi. Lekin uning gʻoyalari psixik hayotni hamma eshiklarni ochishga kalit boʻla olmas edi. Geraklit oʻzidan oldin oʻtgan milet maktabi faylasuflari Fales, Anaksimandr, Anasimenlarning ruh boʻlinmasligi toʻgʻrisidagi fikrlarini izdoshi xisoblanadi.
Geraklitdagi ruh uchqunlari keyinchalik Demokrit (er.av.400-370)ning taʼlimotida “olovli atomlarga” aylandi. Demokrit va uning ustozi Levkipp (er. av. 500-440) atomik materializm nazariyasini ilgari surdilar. Unga koʻra barcha narsalar 2 ta asosdan - boʻlinmas harakatchan, sharsimon va yengil atomlardan va boʻshliqlardan paydo boʻladi. Bu atomning eng harakatchanlari, yaʼni olov atomlari ruhni hosil qiladi. Yana bir grek mutafakkiri Anaksagor (er. av. 500-428)ning barcha narsalar gameomeriy nomli mayda moddalardan tashkil topganligi va ularning aql bilan va yaʼni ruh bilan boshqarilishi toʻgʻrisidagi fikri ham Demokritning atomik qarashlariga oʻxshaydi. Sochilib ketishidan iborat fizik qonunni tana uchun ham taalluqli deb hisoblab, Demokrit ruhning abadiyligini inkor etadi. Demokrit ruhning tana harakatining sababi deb biladi. Uning yozishicha, ruh ogʻir tanaga kirib harakatga keltiradi. Tana oʻlgandan keyin esa u fazoda tarqalib ketadi. Biz nafas olganimizda ruhni tashkil etuvchi atomlarni yutib nafas chiqarganda ruhimizni bir qismini tashqariga chiqarib yuboramiz. Shu tariqa ruhimiz doimo yengillashib turadi, deb hisoblaydi Demokrit. Uning fikricha hamma narsaning hatto oʻlikning ham ruhi bor, faqat juda kam. Demokritning bunday fikri panpsixizmga yaqinlashib qoladi. Tanadan tashqari ruh boʻlishi mumkin emas, degan umumiy hukm chiqardi. U nafaqat tana va ruh birligi balki ruhning oʻzi tana ekanligini taʼkidlaydi. “Agar ruh tanani harakatlantirsa, demak uning oʻzi tana qismi” deb yozadi. Demokrit, Epikur, Lukretsiy, kabilar Demokrit ruh haqidagi tasavvurlarni rivojlanishini davom ettirdilar. Lekin Epikurga koʻra ruh atomlardan emas, oʻzgarmas 4 elementlardan: olov - issiqlik asosi, bugʻ - harakat asosi, shamol - sovish, nomsiz 4-element - ruhdan iborat. Epikurning nomsiz elementini Lukretsiy “A”, deb atadi. Shuningdek, Epikurning fikricha faqat sezish xususiyatiga ega narsalardagina ruh boʻladi.
Ruhni qanotli arava izvoshchiga oʻxshatish mumkin. Izvoshchi va otlar oʻrtasidagi munosabat, tana va ruh oʻrtasidagi munosabat kabidir. Platonga koʻra inson ruhining 3 ta asosi bor: 1. Hayvonlar va oʻsimliklarga xos aqlsiz asos. U tufayli tirik mavjudot oʻzining tana ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Ruhning mana shu qismi bilan odam sezadi, ochlik va tashnalikni sezadi. Bu asos inson ruhining katta qismini tashkil etadi. 2. Asosning intilishlariga qarshi chiqadi. 3. Asos azob va qiyinchiliklar asosidir. Bu qism bilan “odamning jahli chiqadi, gʻolib chiqish uchun qiyinchiliklarga tayyor boʻladi”. Platon fikriga koʻra, doim mana shu asoslar oʻrtasida kurash kechib, uning oqibatlari tushlarda namoyon boʻladi. Platonning tushlarni tushuntirishi koʻp jihatdan zamonaviy fikrlardan biri freydizmga oʻxshab ketadi. Chunki Platon ham ularning asosida mayllar shu jumladan haqiqiy mayllar yotishini taʼkidlagan. Platon ruh tana oʻlgandan keyin ham hayot boʻladi deb fikr yuritadi. Uning yozishicha: "Agar ruh abadiy boʻlsa, unda ruh haqida nafaqat bu dunyoda balki keyingi uning hayoti haqida ham qaygʻurish kerak. Platonning ruh haqidagi gʻoyasining yetakchi qismi hissiyotlardir. Unda Platon birinchi oʻrinda odamlar uchun rohatlanish hissi turmasligini aytadi. Qoramol, ot va boshqa hayvonlar uchun shundaydir, lekin odam uchun 1-oʻrin u yoqda tursin, 2-oʻrinda ham turmaydi, xatto 3-oʻrinda ham emas. Platon oʻzining “Filef” dialogida rohatlanish, azoblanish va har ikkisining boʻlmasligi ruhning 3 xil holatidir deb aytib oʻtadi.
Antik psixologiyaning eng yuqori choʻqqisi Aristotelning ruh haqidagi mashhur taʼlimoti hisoblanadi. Mashhur faylasuf Gegel aytganidek, “biz psixologiyada ega boʻlgan yaxshi narsalar - bu Aristoteldan olgan narsalarimizdir. Aristotel «O dushe” yaʼni “Jon haqida”» nomli traktida ruh muammosini sistemali oʻrganishga bagʻishlangan oʻz gʻoyalarini yoritib beradi. Shimoliy Gretsiyaning Stariga shahrida tabib oilasida tavallud topgan Aristotel 17 yoshda Platonga shogird boʻlib tushgan. Ammo Platonning qarashlari yoʻlidan bormagan. Aristotelga koʻra, ruh organik tananing shakli. Bu tanani Aristotel quyidagi metafora bilan tushuntiradi: “Agar koʻz alohida tirik mavjudot boʻlsa, koʻrish qobiliyati uning ruhi boʻlar edi. Koʻrish qobiliyatini yoʻqotgan koʻz aslida koʻz boʻlmaydi, u faqatgina koʻz degan nomni saqlab qoladi, xolos. Bunday nomni chizilgan yoki biror narsadan yasalgan koʻzga ham berish mumkin. Tiriklik ruhsiz boʻlmaydi. Ruh tanani tirik qiladi. Tananing barcha xususiyatlari oʻsish, nafas olish, fikrlash asosida ruh turadi. Boshqacha aytganda tana va boshqa organlar ruh xizmatidagi quroldir. «Tana ruh uchun mavjuddir”, deb yozadi. Aristotel ruhni tanadan ajratib boʻlmaydi» degan qatʼiy xulosaga keldi. Aristotel barcha ruhning xarakter va xususiyatlarni “entelexiya” degan maxsus tushunchaga birlashtiradi. Ruh harakat qilmaydi, tana harakat qiladi, lekin bunday tana ruhlidir. Shu tariqa Aristotel Platonning tana va ruh ajralishi, ruhning qismlarga boʻlinishi haqidagi gʻoyasini oʻtkir tanqid qiladi.
Materializm gʻoyalari antik psixologiyada anatomiya va meditsinadagi yutuqlari bilan mustahkamlab qoʻyiladi. Er.av. 6-asrda yashagan tabib va faylasuf Olkmson Krotonskiy fan tarixida birinchi boʻlib, fikrlarning bosh miyada tugʻilishi toʻgʻrisidagi taxminni ilgari surdi». “Meditsinaning otasi” Gippokrat (er. av. 460-377) Likseon kabi tafakkur va sezgi organi miya ekanini taʼkidlaydi. Uning yozishicha mana shu qism bilan biz fikrlaymiz, yaxshi va yomonni ajratamiz, tanamizning mana shu qismi bilan koʻramiz. Miya sogʻ holatda boʻlgandagina biz sogʻ fikrlaymiz». Gippokratning ishlari orasida eng katta shuhrat keltirgani temperament haqidagi taʼlimotdir. Unga koʻra, inson temperamentini organizmdagi 4 xil suyuqlik: miyadagi shilimshik modda, jigardagi safro, qora taloqdagi qora safroning nisbatini belgilab beradi. Qonning ustunligi - sangvinik temperamentiga (lot. - qon), shilimshiq modda ustunligi - flegmatik temperamentiga (grek - shilimshiq modda), safro ustunligi - xolerik temperamentiga (grek - safro,oʻt), qora safro ustunligi melanxolik temperamentiga (grek - qora safro, oʻt) toʻgʻri keladi. I. P. Pavlovning aytishicha, Gippokrat son-sanoqsiz variantlar ichida inson xulqini tushuntiruvchi kapital nazariyaga asos soldi. Aleksandriyada maʼlum vaqtgacha oʻliklarni yorib oʻrganishga ruxsat berilishi Aleksandriyadagi 2 ta yirik tabib olim Gerofil va Erazistrantning yangi kashfiyotlariga sabab boʻldi. Ptolemeyning shaxsiy tabibi Gerofil birinchi boʻlib, nervlar, paylar va bogʻlamlar oʻrtasidagi farqni aniqladi, koʻzning tuzilishini batafsil tariflab berdi. Erazistrat bosh miyaning tuzilishini taʼriflab, katta yarim sharlardagi egri va bugriliklarning koʻpligidan odam aqliy jihatdan hayvonlardan ustun turadi degan fikrga keldi.
Bu barcha anatomo-fiziologik maʼlumotlarni rimlik tabib Klavdiy Galen (er. av. II asr) umumlashtirdi va yangilari bilan boyitdi. Uning asarlaridan 17 asrgacha keng foydalanildi. Har xil muskullarga boruvchi nervlarni kesish bilan Galen xulosaga keldiki, tananing nervsiz birorta qismi yoʻq, birorta harakat, birorta hissiyot ularning ishtirokisiz kechmaydi.
Eksperimentlar orqali Galen orqa miyaning funksiyalarini ham aniqladi. Agar orqa miyani koʻndalang kessa, kesilgan joydan pastda joylashgan barcha tana qismlari harakatchanligi va sezuvchanligini yoʻqotadi, degan xulosani olim asoslab berdi. Galen Gippokratning temperament taʼlimotini yanada rivojlantirdi. U barcha narsalarning 4 xil holati – iliq, sovuq, quruq, va nam va 4 xil suyuqlik 13 ta temperamentni keltirib chiqaradi, degan fikrda edi. Shu temperamentlarning bittasi normal boʻlib, 12 tasida normadan chetga chiqish mavjudligini Galen tushuntirmoqchi boʻldi.
Koʻrish idrokini oʻrganishga afinalik tabib Aleksandr Vfrodiyskiy (139-211) katta hissa qoʻshdi.
Antik mutafakkirlar tomonidan toʻplangan ruh haqidagi taʼlimot keyinchalik fanning shakllanishi uchun zamin yaratdi.
Download 54.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling