Urug’chilik jamiyatidan oldingi jamiyat yosh jihatdan 3 guruhga bo’lingan edi: Bolalar va o’smirlar. Hayot va mеhnatning to’la huquqli va to’la qimmatli ishtirokchilari. Umumiy hayotda to’la suratda ishtirok etish uchun jismoniy kuchi bo’lmagan kеksalar. Antik davrdan VII asrgacha bo’lgan davrdagi tarbiya. - Ibtidoiy jamiyatda bola o’zining hayot faoliyati jarayonida kattalarning ishlarida qatnashib, ular bilan kundalik muomalada bo’lib, tarbiyalanar va ta'lim olar edi. O’g’il bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan ov qilish, baliq tutish, qurol yasashda qatnashar, qizlar esa ayollar rahbarligida ekin ekib, hosil yig’ish, ovqat pishirish, idish yasash, kiyim tayyorlash ishlarida qatnashganlar. Matriarxat taraqqiyotining oxirgi bosqichlarida yosh alodning yashashi va tarbiyalanishi uchun ug’il bolalrga alohida va qizlarga alohida - birinchi tarbiya muassasalari - Yoshlar uylari paydo bo’ladi. Yoshlar uylarida bolalar urug’ oqsoqollari rahbarligida tarbiyalangan, mеhnatga o’tkaziladigan "sinovlar"ga tayyorlanar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |