Antik gimnastika qadimgi olimpiya o`yinlari haqida


Download 50.56 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi50.56 Kb.
#1009428
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ANTIK GIMNASTIKA QADIMGI OLIMPIYA O`YINLARI HAQIDA


ANTIK GIMNASTIKA QADIMGI OLIMPIYA O`YINLARI HAQIDA

Mundarija


Kirish
1. Olimpiya bayramlari va boshqa gimnastika o'yinlari.
2.Qadimgi Yunonistonda Olimpiya bayramlari.
3.Qadimgi Rimda jismoniy mashqlarning rivojlanish.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Olimpiya bayramlari va boshqa gimnastika o'yinlari (argonlar). Qadimgi Gretsiyaning shon-shuhratini ko'tarishda Olimpiya va gimnastika o'yinlari (agonlar) o'rni alohida ajralib turadi-


Qadimgi Olimpiya o'yinlari Alfey daryosi vodiysining Peloponiyes yarim orolida joylashgan Elida shahrining Olimpiya qishlog(ida o'tkazib kelingan. Odatga ko'ra, hozirgi davrda Olimpiya mash'alasi Kronos tog'i etagidagi (Olimp tog'ida emas) Olimpiyadan olinadi va Olimpiya o'yinlari o’tkaziladigan shaharlarga yetkaziladi.
Olimpiya - olimpizmning yaratilishi markazidir. Eradan awalgi uch minginchi yillar davrida odamlar bu joylarga ko*chib kelib o'rnashgan va zich joylashgan,
Gomerning «Iliada* poemasida tasvirlanishicha, Troya urushida halok bo'lgan Patrokl xotirasiga bag'ishlanvb, uning do'sti Ахill aravalar qo'shilgan otlar poygasi, mushtlashish, kurash, yugurish, kamondan o'q otish, nayza va disk uloqtirish bo'yicha tadbir (musobaqa) o'tkazgan. Shu tariqa Olimpiya qishlog'i asta-sekin muhim madaniy tadbirlar o'tkazish markaziga aylangan. Awalo, bu yerda Gera xudosiga ba-g'ishiangan bir koshona keyinchalik esa, ya'ni eramizdan av-valgi VII asrning ikkinchi yarmigacha Yer onasiga bag'ishlab katta ibodatxona qurildi. 200 yildan keyin, ya'ni greklarning Olimpiya qishlog'idan eronlar ustidan g'alaba qi-lishiga bag'ishlab Zevs xudosi sharafiga katta namoyish markazi qurilgan. Bu joyda Elida davlati oliy kengashi binosi joylash-gan bo'ladi. Olimpiyada juda ko'p ibodatxonalar, ularda son-sanoqsiz haykallar mavjud bo'lib, ular turli xudolar, afsonaviy qahramonlar, Olimpiya o'yinlari chempionlari, podsholar, sarkardalar sha'niga bag'ishlangan.
Bu joyda boshqa turli xil madaniy, qurilish maskanlari qatorida sport inshootlari majmuasi (kompleks) ham joy-lashtirilgan. Bunda stadion, ot chopar (ippodrom), gimnas-tika va palestra (kurash) joylari mavjud edi. Ba'zi man-balarning guvohlik berishicha, dlimpiya o'ymlarinmg ilk bor tashkil etilishi greklarining bosh xudosi 'Zevsning o'z otasi Kronos sha'niga bag'ishlab katta an'anaviy bayramlar o'tkazishi bilan bog'liq bo'lib, ular Olimpiya (joy) o'yinlari deb atalgan. Boshqa rivoyatlarga ko'ra esa tashkil etilgan o'yinlar af­sonaviy qahramon Gerakl sha'niga, ya'ni kuch, mardlik, jasorat, harbiy shuhrat ramziga bag'ishlangan. Aniqrog'i, Elida podshosi Avdiy ustidan qozongan g'alabasi sharafiga Gerakl o'yinlari tashkil etilgan. U o'yinlarni o'tkazish uchun masofalarni (distansiya-stadiya) o'z oyoq izlari bilan o'lchab bergan. Olti yuz oyoq izi bir masofa (stadiya), ya'ni 192 m. 27 sm.ni tashkil etgan. Awallar o'yindagi g'oliblarni ana shu tur bilan belgilagan. Gerakl pankration (kurash va musht-lashishning aralashmasi) musobaqasida qatnashib g'olib chiqadi. Keyinchalik o'tkazilgan o'yinlardagi g'oliblarga «Ik­kinchi Gerakl» unvonini berish odatga aylantirilgan.
Xullas, o'yinlar urish qahramonlari, podshohlarni yengan jasur va botir sarkardalar sha'niga bag'ishlab o'tkazilgan.
Olimpiya o'yinining ilk boshlanishi eradan awalgi 776-yilga to'g'ri keladi. Bu davrda faqat erkin holda tiig'ilgan
greklargina Olimpiya o'yinlarida qatnashgan. Quilar, ayollar va chet elliklar o'yinlarda qatnashish huquqiga ega bo'l-magan. O'yinlar har to'rt yilda bir marotaba tashkil etilgan. Dastlabki o'yinlarda faqat yugurishlar asosiy dastur hisoblan-gan. Keyingi o'yinlarning dasturlariga besh kurash (pentat-lon): yugurish, uzunlikka sakrash, nayza va lappak uloqtirish, kurash kiritilgan. Shuningdek, mushtlashish, pankration (mushtlashish va kurash), otda yurish, aravalarda poyga kabi turlari bo'yicha ham musobaqalar tashkil etilgan. 37-Olim-piya o'yinlaridan boshlab (eradan awalgi 632 y.) o'yinlarda bolalar ham ishtirok etishgan. O'yinlar awallari bir kun davomida, keiynchalik besh kunda o'tkazib borilgan. O'yinlar tantanali ravishda qiziqarli tarzda ochilgan.
Qadimgi greklarning Olimpiya o'yinlari uzluksiz 1160 yil davom etgan. Ellada aholisi o'zining Olimpiya o'yinlarida 290 marta yig'ilgan. Eng oxirgi o'yin Yangi craning 393 y.ga to'g'ri keladi. Bir yildan keyin esa Rim Imperatori Feodosey-1 xristianlikning keng yoyihshi tufayh Olimpiya o'yinlarini o'tkazishni taqiqlab qo'ydi. 32 yil o'tgach esa Feodosey-II barcha turga kiruvchi yodgorliklar, Olimpiyadagi muqaddas joylarni buzishga farmon berdi va ularni yakson qildi. Qol-ganlari esa katta suv toshqinlari (sel) va yer qimirlashlari natijasida vayron bo'ldi. Natijada, marosimlar va Olimpiya o'yinlar nomi butunlay unitildi.
Qadimgi Yunonistonda Olimpiya bayramlari (o'yinlari) kabi turli xil boshqa bayramlar ham o'tkazish odat bo'lgan. Ulardan diqqatga sazovor bo'lganlari — Pif o'yinlari — Ap-polonga bag'ishlanib, Delfi shahrinmg atroflarida o'tkazilgan. Bunda musiqa, raqslar bilan birgalikda gimnastika o'yinlari ham o'tkazilgan. G'olibiar lavr shohiaridan yasalgan chambar ЬЙап taqdirlangan. Shuningdek, Nemey, Panafina o'yinlari ham muntazam ravishda o'tkazilgan. Bularda ham musiqa gimnastika va boshqa o'yinlar dasturning asosiy mazmunini tashkil etgan.
Eradan awalgi IV asrdan boshlab yunonistondagi quldor-lik tuzumi barham topa boshladi. Bu, o'z navbatida, umum-madaniyat va xususan jismoniy madaniyatning o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsata boshladi. Awal Makedoniya, keyinchalik esa rimliklarning hukmronligi ostida Yunoniston mustam-lakachilik zulmini boshidan kechirdi. O'tkazilayotgan o'yinlarda yunonlarga mansub bo'lmagan fuqarolar, profes­sional sportchilar (mushtlashish, kurash, besh kurash va h.k.) qatnashishi odatga aylanadi. Lekin xristian dinining kengayi-shi va rivojlanishi boshqa xudolar sha'niga bag'ishlab o'tkazib kelinayotgan bayramlarga barham berdi. Shular qatorida Olimpiya bayramlarini o'tkazish ham to'xtab qoldi. Eradan avvalgi II asrda vujudga kelgan yangi o’yinlardan diqqatga sazovori gladiatorlar jangi bo’lib, keyinchalik u Rim tomoshalarining asosiy qismiga aylandi. Bunda avvallari sirk o’yinlarida qilichbozlik san’atini yaxshi egallagan qullardan foydalanganlar. Eramizdan avvalgi I asrda Rimda gladiatorlar tayyorlovchi maxsus maktablar tashkil etilgan. Ular davlatga yoki shaxsiy kishilarga mansub bo’lgan. Maktablarga gunohkor bo’lgan va hukm qilingan qullar tanlab olingan. Eng katta maktab Kanuyeda bo’lib, o’z vaqtida bu yerda Spartak ham ta’lim olgan. Ularga asosan qilichbozlik san’ati o’rgatilgan va sirklarda namoyish etilgan. Qilichbozlik jangida (sirk o’yini) omon qolgan gladiatorlar yana o’z maktablari va instruktorlariga qaytarilgan.
QADIMGI STADION
Urug‘chiliq to‘zumi harabolalarida taraqqiy etgan yunon quldorlik davlatlari harbiy jahatdan uyushgan polislar (shaharlar) harakteriga ega edi. Davlatlarning bunday harakterga ega bo‘lishi qullarni qurolli kuch yordamida itjoat go‘yolikda saqlash ixtiyojidan kelib chiqqan edi. O‘sha vaqtlarda harbiy tayyorgarlik darajasi bilan belgilanar edi. Shuning uchun yunon harbiy-quldorlik poilslarida quldorlarni jismoniy jihatidan madaniyatlashga katta e’tibor berilar edi. Erkin bo‘lib tug‘ilgan har bir erkak quldor harbiy xizmatni o‘tash majbur edi. Armiya faqat quldorlardan tarkib topib, ular eng muhim qurollaridan biriga aylanar edi. Shuning uchun harbiy tayyorgarlik masalalari va u bilan bog‘liq bo‘lgan quldorlarni jismoniy jihatidan madaniyatlash masalasi bu davlatlarning diqqat marqazida turar edi.
Turli davlatlarda bo‘lajak jangchilarni tayyorlash maxsus madaniyat sistemalari yaratila boshlanadi. Bu sistemalar asosini jismoniy madaniyat tashkil etar edi. Sparta va Afrinida vujudga kelgan madaniyat sistemalari eng harakterli sistemalardan edi. Bu davlatlarning o‘ziga xos ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayoti o‘ziga xos madaniyat sistemasining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Eradan avvalgi I asr oxiri va yangi eraning boshida Rimda imperatorlik vujudga keldi. Bunda harbiy quldorlik hukumronligi o’rnatildi. Zodagonlar yengil kiyimda iliq suvlarda cho’milish, uqalash (massaj) qabul qilish, yengil gimnastika bilan mashg’ul bo’lganlar. Yoshlar aravalarda yurish, qilichbozlik bilan shug’ullanib, «Yuventlar» (yoshlar) tashkilotini tuzishadi.
Yirik tomosha o’yinlarini sirklar, amfiteatrlarda tashkil qiliuvchilar gladiatorlarning yirtqich hayvonlar: yo’lbars, qoplon va h.k. bilan olishuvini uyushtirganlar.
Eramizdan avvalgi 74-71-yillarda qullar ahvolining nihoyatda yomonlashuvi Spartak rahbarligidagi qo’zg’olonga sabab bo’lgandi. Spartak kuchli, jasur odam bo’lib, u qurollarni ustalik bilan ishlatardi. Shuning uchun ham XX asrning 20-yillaridan boshlab uning xotirasi uchun o’tkaziladigan jahon ishchi va mehnatkashlarining musobaqalari spartakiada deb ataladi, shuningdek «Spartak» sport tashkiloti ham dunyoga mashhur.
Qadimgi Rimda jismoniy mashqlarning jismoniy rivojlanish va jamiyat uchun afzalliklari haqida ko’p fikrlar bildirilgan. Shoir Yuvenal sha’rlarida ilk bor «Sog’ tanda sog’ aql» shiori jarangladi va u jahon xalqlarining shoiriga aylandi.
Qullarni shafqatsiz ezish, qullarning tinimsiz qo’zg’olonlari, harbiy tashkilotlarning susayishi qadimgi davlatlarning yemirilishiga, shu asosda jismoniy tarbiyaning kuchsizlanishiga sabab bo’ldi.
Xulosa qilib aytganda, ibtidoiy jamoa tuzumida vujudga kelgan jismoniy tarbiya urug’chilik va qabilachilikning takomillashuviga yordam berdi. Ov bilan bog’liq va turli xil boshqa marosimlar o’yinlarni tashkil etishga asos soldi. Bunday jarayonlar Sharq, Yevropa mamlakatlarida o’z ifodasini topib, qadimgi Yunoniston, Rim va boshqa davlatlarning paydo bo’lishida o’ziga xos xizmat vazifasini o’tagan.
Quldorlik tuzumi Yunoniston, Rim va boshqa davlatlarda rivoj topib, davlatchilik tizimi yuzaga kelgan. Zodagonlar, oddiy xalq o’zlariga xos o’yinlar, bayramlar uyushtirgan.
Tarixda Olimpiya bayramlarini tashkil qilish, unda chaqqonlik, tezlik, kuchlilik va chidamlilik sifatlarini sinash amalga oshirildi. Qullarni gladiatorlikka tayyorlash ishlari kuchaydi va maxsus maktablar tashkil etildi. Xristian dinining paydo bo’lishi Yunoniston, Rim hamda blshqa davlatlarda Olimpiya bayramlari, sirk tomoshalarida «jang-o’yin»ni ta’qiqladi.
ANTIK GIMNASTIKA
Qadimgi Gresiyaning jismoniy madaniyati sistemasida “gimnastika” degan umumiylangan bilan birlashtirilgan jismoniy mashqlar shaklidagi juda ko‘p vositalardan foydalanilgan. Qadimgi yunon gimnastikasi o‘z mazmuniga ko‘ra uch qismga: polestrina, orxestrika va o‘yinlarga ajratilgan.
Polestrina asosan yugurshi, sakrash, nayza va disk uloqtirish hamda kurashishdan iborat bo‘lgan besh kurash musobaqasi tashkil etar edi. Yugurishning turli turlaridan foydalanilar edi: stadiodrom-birinchi bosqichdagi masofaga yugurish (192m); diaul- ikkinchi bosqichdagi masofaga yugurshi (qariyib 384m); dolixodrom-chidamli bo‘lish uchun o‘zoq masofalarga yugurish; odatda, ikkinchi bosqichda o‘tqaziladigan qurollangan holda (nayza va qalqonlarni qo‘lga olib, shlyom va sovutni kiygan holda) yugurshi; ma’shala ko‘tarib yugurish. Lo‘qianning ko‘rsatishicha, mashqlar “qattiq yerda emas, balki chuqur qumlak joyda” o‘tqazilgan yugurishda g‘oyat chidamli bo‘lishi yunon yuguruvchilari uchun harakterli bo‘lgan. Buning yorqin misoli sho‘qi, eramizdan avvalgi 490 yil Marafon ostonasida eronliklar bilan bo‘lgan qattiq jangda keyin bir jangchi g‘alaba xabarini yetkazganligi uchun jang maydonidan Afinagacha (42kmdan ziyodroq yo‘l bosib) yuugurib kelgan.
Sakrash mashqlaridan o‘zo‘nlikka sakrash ko‘proq qo‘llanilgan. Xandaqlardan va boshqa to‘siqlardan sakrash katta amaliy ahamiyatga ega edi. Musobaqalarda ko‘pincha ko‘lga gontellar ushlab sakrash mashqlari ko‘proq bajarilgan.
Nayza uloqtirish mashqi harbiy ish bilan bevosita aloqador bo‘lgan. Nayzani ma’lum nishonga va masofaga uloqtirganlar.
Disk uloqtirish tosh otishdan kelib chiqqan qadimgi mashq bo‘lib, u harbiy amaliy ahamiyatiga ega bo‘lgan. Toshdan yoki metaldan diskalarning og‘irligi 1.7 kg dan 4.7 kg gacha, dinametri esa 14 sm dan 21 sm gacha bo‘lgan.
Kurash mashqlari ikki xil variantda bo‘lgan. Birinchi variant shundan iboratki, o‘nda qaysi kurashchi o‘z oyoqlarini yerdan o‘zmagan holda raqibini uch marta yerga ko‘tarib ursa, u g‘olib hisoblangan. Kurashning ikkinchi variantida raqibning yelkasini yerga teqizishi maqsadida turli holatlarda kurashilgan.
Bu asosiy mashqlardan tashqari polestrina tarkibiga mushtlashish va pankration ham kiritilgan. Pankrition murakkab mashq bo‘lib, o‘nda kurash va mushlashish elementlari qo‘shilgan. Suzish, qilichbozlik, otda yurish, yoydan otish ham polestrina takibiga kigan.
Orxestrika nafis-harakatlarni rivojlantirish uchun bajariladigan turli mashqlardan iborat bo‘lgan. Bu mashqlardan foydalanilgan. Gresiyada diniy-urf-odatlar va ommaviy takomillar vaqtida katta rol o‘yinab kelgan. Ko‘p sonli raqslar ham orxestrini tarkibiga kirgan.
O‘yinlar ko‘pincha bolalar bilan o‘tqaziladigan mashqlar vaqtida foydalanilgan gimnastika qismini tashkil qilgan. Koptok bilan o‘ynaladigan juda ko‘p o‘yinlar, bir-biri bilan arqon tortishuv o‘yinlari, muvozanat saqlash o‘yinlari, yugurib o‘ynaladigan, o‘yinlar (tutmachoq o‘yini singari va xokazolar) ana shunday o‘yinlar jumlasiga kirgan.
ANTIGIMNASTIKANING RIVOJLANISHI
Musobaqalashishni eng ko‘p tarqalgan turi stadionni uzo‘nligiga teng bo‘lgan, yugurish musobaqasidir. Olimpiya stadioni eng katta bo‘lib, u 192 m 27 sm teng bo‘lgan. Delfa, Istme va Neame stadionlari kattaligiga olimpiyada stadionidan kichik bo‘lgan. Bitta stadionga yugurish g‘olibni ismi keyingi turt yil davomida g‘olib bo‘lib qolgan. 18-Olimpiya o‘yinlaridan (eramizdan avvalgi 708 y) keyin o‘yin musobaqalari dasturiga umum-yunon bayramlariga kurash, pentalon, pankration va ot aravda o‘tqaziladigan musobaqalar kiritildi. Eramizdan avvalgi 632 yildan boshlab 20 yoshdan kichik bo‘lgan o‘smirinlarni (37 olimpiyadadan) musobaqalarda qatnashishiga ruxsat etildi, uni davom etishi 3 ko‘nga ko‘paytirildi, bayramlar bilan birga qo‘shganda 5 ko‘nni tashkil etadi.
Radosli mashhur sportchi Leonidis stadionda (eramizdan avvalgi 164-152y) 2 stadiaga yugurishda va ekinirovkali yugurishda 12 marta g‘alabaga erishdi. U uch karra “doirada ” turt marta g‘oliblikka erishdi. Bu “doirada” olimpiya musobaqalari g‘olibligidan tashqari. Pifia, Istimia va Nemey o‘yinlarida g‘olib chiqanliklari ham kiradi. O‘yinlarda tarixchi Gerodot, yozuvchi Lo‘qian, filolog Sokrot, notiq Demosfen, matematik Pifag‘orlar qatnashdilar. 84-Olimpiya o‘yinlaridan boshlab (eramizdan avvalgi 444 y). Sa’nat qonkurslari olimpiya musobaqalari dasturini bir qismi bo‘lib qoladi. Umumyunon olimpiya o‘yinlari bilan bir qator Gresiyaning ko‘pgina shaharlarida kichikroq ko‘lamdagi o‘yinlar ham o‘tqazilar edi. Lekin bu o‘yinlar ham quldorlik davlatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynar edi. Bu o‘yinlarning hammasi u yoki bu polis ichidagi quldorlarning jipslashuviga erishishga qaratilgan bo‘lib, ayni bir vaqtda ularning harbiy qudratini ham namoyish qilar edi. Maxalliy o‘yinlar qatorida istmiyliyliklar, pakafiyliklar, pifeyliklar, nemeyliklar va boshqalarning o‘yinlari ajralib turar edi.
Gresiyada umumyunon va maxaliy o‘yinlarni o‘tqazish uchun juda ko‘p sonli stadionlar bor edi. Qazilmalar vaqtida Olimpiyada, Delfada, Pareyada, Maletda va bir qancha boshqa joylarda stadionlarning qoldig‘i topilgan.
Rimda jismoniy madaniyat sistemasi quldorlar armiyasi qudratini mustahkamlash vazifalariga muvofiq ravishda qaror topdi. Rim Respublika davrida qaror topgan siyosiy to‘zimida, ijtimoiy xokimyat harbiy xukumatini o‘tishiga majbur bo‘lgan fuqoralar qo‘lida bo‘lgan bir shariotda har bir erkin va teng huquqli rimlik o‘zini askarlik faoliyatiga tayyorlash kerak edi. Bu vazifalarining xal etilishi uchun maxsus madaniyat muassasalari tashkil etilgan. Qadimgi Gresiyadan farqli ravishda Rimda madaniyat ishi uyda beriladigan madaniyatviy harakterga ega edi. Rimlik yigitlar armiya safiga kirgo‘ncha oilada, o‘z tengdoshlari orasida bular edi. Ko‘p sonli eski xalq o‘yinlari va mashqlari ularni jismoniy jihatidan madaniyatlash vositalari edi. Katta yoshdagi bolalar asosan yugurish, irg‘itish, kurash, qilichbozlikdan mashq qilar edilar. Patritsiylar oilasidan chiqqan bolalar otda yurishini mashq qilishga ko‘p vaqt ajratar edilar.
Rimlik yigitlar oilada dastlabki jismoniy tayyorgarchiliqni yetarli darajada olganliklarida keyin 16-17 yoshlarda armiya safiga kirar edilar. Armiya safida ular o‘zoq yillar davomida qa’tiy paxodlagerlar sharoitida uyushtirilgan va maxsus maqsadga yo‘nnaltirilgan harbiy va jismoniy maktabni o‘tar edilar.
Vaqt o‘tishi bilan, Gresiya bilan ancha mustahkam aloqalar o‘rantishshi sari Rimga yunon ta’sirlari kirib kelaboshladi. Bu ta’sirlar ma’lum darajada jismoniy madaniyatga ham aloqador edi. Eramizdan avvalgi II asrdan boshlab Rimdagi bir qator siyosiy va jamoat arboblari yunon atletika musobaqalarning rimliklar sharoitiga ko‘chirishga harakat qilib ko‘rdilar. Lekin ularning bu harakatlari muvoffaqiyatga erishmadi. Eramizdan avvalgi 80 – yillarda, Gresiyaning Rim tamonidan bosib olinishi bilanoq konsul Sulli yunon olimpiya o‘yinlarini Rimga ko‘chirishga o‘rinib ko‘rdi. Uning bo‘yrug‘iga muvofiq, 175-olimpiya o‘yinlari Rimda o‘tqazilishi kerak edi. Lekin bu o‘rinish ham rimliklar tomonidan quvvatlanmadi, shuning uchun navbatdagi olimpiya o‘yinlari (eramizdan avvalgi 76-yilda) qaytadan olimpiyada o‘tqazildi.
Yunon musobaqalarini Rim sharoitiga o‘tqazish uchun bo‘lgan va bo‘nga o‘xshash boshqa o‘rnishlarining muvoffaqiyatsizlikka uchrashiga sabab sho‘qi, ko‘pgina rimliklar o‘rtasida yunon gimnastikasiga nisbatan yomon mo‘nosabat ildiz otgan edi. Ular yunon gimnastikasining amaliy foydasini ko‘rmadilar. Gresiyada qaror topgan atletika musobaqalariga esa yoshlarni yo‘ldan ozdirish havfi bor deb qarar edilar.
Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, birinchi Olimpiya oʻyinlari eramizdan avvalgi 776-yilda oʻtkazilgan. Oʻyinlar antik olimpiya xudolariga bagʻishlangan boʻlib, oʻyin musobaqalari qadimgi Olimpiya maydonlarida oʻtkazilgan. Asrlar oʻtib eramizning 394-yili Olimpiya oʻyinlari imperator Feodosiya buyrugʻi bilan toʻxtatilgan. Antik Olimpiya oʻyinlari Pelopones gʻarbiy qismida joylashgan qadimgi Olimpiyada oʻtkazilib kelingan. Grek mifalogiyasiga koʻra, Olimpik oʻyinlar asosi Pelopsa orollarida vujudga kelgan. Qadimgi Olimpiya oʻzining goʻzal tabiati, maftunkorligi bilan, shuningdek, oʻzining muhtasham ibodatxonalari va sport maydonlari bilan ajralib turadi. Eramizdan avvalgi 10-asrlarda Olimpiyada madaniy marosimlarni hamda boshqa diniy va siyosiy tadbirlarni oʻtkazishga xizmat qilgan joy hisoblangan. Olimpiyaning markazi qismida hashamatli Zevsa, uning togʻrisida esa Geri ibodatxonasi qad koʻtargan. Olimpiya oʻyinlari Zevsga sigʻinish, diniy marosimlar bilan chambarchars bogʻliq edi. Soʻzsiz oʻyinlar yuqori saviyada oʻtkazilib, grek shaharlari oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni yaxshilashga yoʻnaltirilgan edi. Qadimgi miflarda aytilishicha, Olimpiya oʻyinlarining tugʻilishi yarimxudo Gerakl nomi bilan bogʻliq.
12 asrdan buyon qadimgi Olimpiya oʻzining qadimiy oʻyinlar oʻtkaziladigan maydoni va otchoparlarida muxlislar qalbidan joy olgan chaqqon hamda baquvvat sportchilarni namoyon qildi. Sportchilarning nomlari ularning Olimpiya gʻalabalari tarix varoqlarida muxrladi. Qadimgi Olimpiada oʻyinlarida barcha ozod erkaklar — Gretsiyada yashovchilar qatnashish huquqiga ega boʻlgan. Megardan general Orsip, choʻpon Polimnist, Rodos orolidan qirol oilasi aʼzosi Diagor, Makedoniya qiroli Aleksandr I, faylasuf Demokrit — bularning barchasi qadimgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari boʻlishgan.
Qadimgi Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimini pedagogik model sifatida ko'rib chiqamiz, bunda ma'lum tashkiliy va nazariy elementlarni qarzga olish mumkin. Qadimgi yunon madaniyati antik davrning eng ilg'or tsivilizatsiyalaridan biri bo'lgan va hamma uchun poydevor qo'ygan zamonaviy fanlar, san'at, siyosat va din. Zamonaviy pedagogika, shuningdek, sport, qadimgi Yunonistonning prototiplaridan katta qarzdor.

Yunon falsafasi nazarda tutilgan inson tanasi ong va ruh ma'badi sifatida va shuning uchun jismoniy tarbiya jismoniy va ruhiy salomatlikka, intellektual va ma'naviy sohaning rivojlanishiga hissa qo'shishi kerak edi.


Qadimgi Yunoniston erkaklari gimnaziyalarga yig'ilishgan. jismoniy tarbiya markazlari o'sha paytda, nafaqat sport uchun, balki san'at, adabiyot va falsafani muhokama qilish uchun ham. Ular jismoniy mashqlarni intellektual vazifalar bilan birlashtirib, aql va jismoniy kuch o'rtasidagi muvozanatni topishga intilishdi. Ko'plab yunon faylasuflari - Aflotun, Arastu va shoir Gomer - tana va ongni mustahkamlash usuli sifatida jismoniy tarbiyaning ahamiyatini himoya qilishgan.
Bu qarashlarga asoslanib, qadimgi yunonlar jismoniy tarbiya tizimini umumiy pedagogika, aqliy va ma'naviy tarbiya tizimidan ajratmagan.
Qadimgi Yunonistonda jismoniy madaniyat fuqarolik, diniy, tarbiyaviy, ijtimoiy va axloqiy tamoyillardan ajralib turmagan.
Jismoniy tarbiya tizimi yaqin edi diniy e'tiqod bilan bog'liq qadimgi yunonlar. O'tkazilgan sport musobaqalari ishtirokchilariga sog'lik va kuch bag'ishlashi kerak bo'lgan qadimgi yunon panteon xudolariga bag'ishlandi.

Download 50.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling