Antimikrob moddalarni olinishi


Basitratsin preparatini ajratib olish texnologiyasi


Download 0.79 Mb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1006431
1   2   3   4
Bog'liq
Antimikrob moddalarni olinishi

Basitratsin preparatini ajratib olish texnologiyasi

  • Basitratsinning yem-oziqa preparati batsixilinlar deb nomlanib, Bac. licheniformis produsentini o`stirish natijasida ajratib olinadigan produsentli suyuqlikning quritilgan mahsulotidir, uning tarkibida rux basitratsinlari va har xil biologik faol moddalar bo`ladi. Basitratsinlar polipeptid antibiotiklar bo`lib, ularning 10 xil: A, A1, B, C, D, E, F1, F2, F3 va G induvidual shakllari uchraydi. Tayyor basitratsin asosida olingan preparat tarkibida 37 % basitratsin A bo`ladi, uning umumiy formulasi: C66H108 N17O16 dan iborat.

Basitratsin A quyidagi ketma-ketlikda joylashgan 10 ta aminokislotadan tashkil topgan

  • Basitratsinni gidrolizlaganda yuqorida keltirilgan aminokislotalardan tashqari, bir molekula ammiak ham hosil bo`ladi. Basitratsinning yem-oziqa preparati batsixilin-10, batsixilin-20, batsixilin-30 nomi bilan ishlab chiqariladi va ularning tarkibida o`zaro mos holda har 1 kg preparat hisobiga 10, 20, 30 g antibiotikning ruxli toza tuzi bo`ladi. Tayyor basitratsin mahsuloti kulrang-oqish rangdan och-jigar rangacha, achchiq ta`mli gigroskopik kukun hisoblanadi. Tayyor mahsulot aerob va anaerob bakteriyalarga qarshi juda yuqori, ya`ni 45 dan 75 birlik/mg gacha (1mg kamida 42 birlik/mg) antibiotik tavsifli faollik ta`siriga ega bo`ladi.

O`stirish uchun ko`paytiriladigan materialni chuqur o`stirish yo`li bilan ko`paytirilganda sporalarni 30 0C da tarkibi ( % hisobida): kraxmal-2,0; limon kislota-0,03; magniy sulfat-0,1; Mor tuzi-0,025; marganets sulfat-0,006; kaliy xlorid-0,4; natriy xlorid-0,4; bir almashingan kaliy fosfat-0,45 lardan tashkil topgan oziqa muhitida o`stiriladi.

  • O`stirish uchun ko`paytiriladigan materialni chuqur o`stirish yo`li bilan ko`paytirilganda sporalarni 30 0C da tarkibi ( % hisobida): kraxmal-2,0; limon kislota-0,03; magniy sulfat-0,1; Mor tuzi-0,025; marganets sulfat-0,006; kaliy xlorid-0,4; natriy xlorid-0,4; bir almashingan kaliy fosfat-0,45 lardan tashkil topgan oziqa muhitida o`stiriladi.
  • Sporali o`stirish materialini ko`paytirib o`stirish muddati 120 soat atrofida bo`ladi. Sanoat ishlab chiqarishi uchun produsentni kolbalarda va ko`paytirish apparatlarida o`sha harorat darajasida, tarkibi ( % hisobida): kraxmal-1,8; soya uni- 7,5; kalsiy karboksid-0,02; ammoniy sulfat-0,2 dan tashkil topgan oziqa muhitida o`stiriladi. O`stirib ko`paytirish materialini ajratib olishni har bir bosqichini davomiyligi 16-18 soatni tashkil qiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling