Antimikrob moddalarni olinishi


Download 0.79 Mb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1006431
  1   2   3   4
Bog'liq
Antimikrob moddalarni olinishi

Antimikrob moddalarni olinishi.

  • Hozirgi kungacha 3000 dan ziyodroq antibiotiklarning mavjudligi aniqlangan, lekin ulardan faqat 150 xili amaliy jihatdan foydalanilab kelinmoqda. Biz quyida mikroorganizmlarning metabolizm mahsulotlaridan qishloq xo`jalik hayvonlari yem-oziqasi tarkibiga qo`shimcha sifatida qo`shib beriladigan va o`simliklarni muhofaza qilish vositasi sifatida foydalaniladigan xillarini ishlab chiqarish texnologiyasiga to`xtalib o`tishni ma`qul deb topdik.

Ulardan qishloq xo`jaligida samarali foydalanish chorva mollari va parrandalarni kasalliklari va o`limini kamaytirish, ular tomonidan iste`mol qilinadigan yem-oziqani o`rtacha 5-10 % ga kamaytirish imkonini beradi. Cho`chqachilikda antibiotiklardan foydalanish bir yilda har 1000 bosh cho`chqadan qo`shimcha ravishda 100-120 s go`sht, 1000 bosh tovuqdan 15 ming donagacha tuxum yetishtirish imkonini beradi.

  • Ulardan qishloq xo`jaligida samarali foydalanish chorva mollari va parrandalarni kasalliklari va o`limini kamaytirish, ular tomonidan iste`mol qilinadigan yem-oziqani o`rtacha 5-10 % ga kamaytirish imkonini beradi. Cho`chqachilikda antibiotiklardan foydalanish bir yilda har 1000 bosh cho`chqadan qo`shimcha ravishda 100-120 s go`sht, 1000 bosh tovuqdan 15 ming donagacha tuxum yetishtirish imkonini beradi.

Hozirgi kungacha ma`lum bo`lgan antibiotiklar kimyoviy tuzilishiga qarab quyidagi guruhlarga tasniflanadi:

  • 1) asiklik birikmalar (yog` kislotalari va terpenlardan tashqari);
  • 2) alisiklik birikmalar (jumladan tetrasiklinlar);
  • 3) aromatik birikmalar;
  • 4) xinonlar;
  • 5) tarkibida kislorod bo`lgan geterosiklik birikmalar;
  • 6) tarkibida azot tutuvchi geterosiklik birikmalar;
  • 7) peptidlar.

Tetrasiklinni ajratib olish texnologiyasi

  • Tetrosiklinlar tibbiyot amaliyotida ham, yem-oziqa preparatlari ishlab chiqarishda ham keng qo`llanilmoqda. Ular orasida qishloq xo`jaligi uchun sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan qator preparatlar 7-xlortetrasiklin (1) va 8- oksitetrasiklin negizida ishlab chiqariladi. Tetrasiklinli antibiotiklar quyidagi struktura formulaga ega:
  • Bu amfoter birikma bo`lib, kislota va asoslar bilan tuz hosil qilish qobiliyatiga ega, pH ning 4,5 dan 7,5 gacha oralig`idagi suvli eritmalarida yomon eriydi, pH 2,0 dan past va 8,0 dan ziyod bo`lgan eritmalarda yaxshi eriydi. Oksidlovchilar ta`siriga, jumladan havo kislorodiga nisbatan ham chidamsiz. Sanoat miqyosida xlortetrasiklinni ishlab chiqarishda Actinomyces aurufasiens zamburug`idan, oksitetrasiklinni ishlab chiqarishda Actinomices rimosus zamburug`idan foydalaniladi.
  • Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan xlortetrasiklinning yem-oziqa preparatini biovit-20, biovit-40 va biovit-80 tarzida ishlab chiqarmoqda, ularning tarkibida o`zaro mos holda har bir 1 kg preparat hisobiga 20, 40, 80 g antibiotik va har 1 g preparat hisobiga o`zaro mos holda 3, 5, 8 mkg vitamin B12 bo`ladi. Bundan tashqari preparatlar tarkibida mikroelementlar, oqsil, yog`lar va mineral tuzlar ham bo`ladi. Hayvonlarning bir tonna yem-oziqa ratsioni tarkibiga 15-20 g biovit antibiotigini qo`shish hayvon massasini 30 % ga oshirish, yem-oziqa sarfini esa 5-10 % ga kamaytirish imkonini beradi.
  • Oksitetrasiklin chorvachilik uchun terravit E (eruvchi) va terravit EO (yem- oziqa) shakllarida ishlab chiqariladi. Sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan terravit-5, terravit-10 va terravit-50 lar och-jigar rangli, achchiq ta`mli va mog`or hidli moddalar bo`lib, tarkibida har 1 kg preparat hisobida o`zaro mos holda 5, 10, 50 g toza antibiotik bor. Terravit E-20 mayda jigar rang kukun, 20 birlik/mg faollikka ega; terravit E- 40 och-jigar rang kukun, tarkibida 40 birlik/mg antibiotik bor, terrarit EO- 40 o`rta kattalikdagi jigar rang kukun, tarkibida 40 birlik/mg antibiotik bor. Antibiotikdan tashqari preparat tarkibiga vitamin B12 ham kiradi, lekin uning miqdoriy ko`rsatkichi me`yorlanmaydi.
  • Hayvon oziqa ratsionining 1 t siga bor-yo`g`i 15-20 g antibiotik qo`shib berish, uning og`irligini 10-20 % ga oshiradi, bir yo`la shuncha miqdorda yem-oziqani tejalashiga sababchi bo`ladi. Terravit - 5, - 10, - 50 lar va terravit EO-40 biovit kabi konsentrlangan yem-oziqa bilan birgalikda foydalaniladi. Buzoqlarga va cho`chqa bolalariga yoshligidan boshlab terravit E suvli eritma tarzida yoki sutda eritib beriladi.
  • Oksitetrasiklinning biosintezini amalga oshirganda o`stirish materiali sifatida xizmat qiluvchi mikrobning sporalari 4-6 0C da 3 oygacha saqlanadigan xilini tanlab olish kerak bo`ladi. Zavod sharoitida uni harorat 26-28 0C bo`lganda uch karra generatsiyalanadi. Produsentni o`stirishda oldin 750 ml li kolbada 200 ml li hajmli oziqa muhitida ikki marotaba aralashtirgich apparatning 160-180 ayl./min tezligida doimo chayqatib turib ko`paytiriladi, keyin esa o`stirish apparatiga ko`chirilib unda ko`paytiriladi. Kolbalarda hosil bo`lgan misellial massa o`stirish apparatiga 1m3 aeratsiyalanadigan suyuq faza (1 minutda 1 hajm muhit suyuqligiga 1 hajm havo yuborish hisobidagi) ga 700 ml miqdordagi hajmli idishlarga kiritiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling