Antimonopol qonunchilikning zaruriyati va kelib chiqishi. O‘zbekistonda antimonopol qonunchilik
O‘zbekistonda antimonopol qonunchilik
Download 29.53 Kb.
|
Antimonopol qonunchilikning zaruriyati va kelib chiqishi. O‘zbek
O‘zbekistonda antimonopol qonunchilik
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan. Buyruqli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy sub’ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «Iqtisodiyotni erkinlashtirilishi haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish bilan uzviy bog‘liqdir. Raqobat bo‘lmasa bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi». Raqobat bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir. O‘zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchi-likning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o‘rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o‘z egalari qo‘liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. Shunday qilib, O‘zbekistonda sog‘lom raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu erda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishini taqozo qiladi. Chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlanganidek, iqtisodiyotni erkinlashtirish – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlan-tirish yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etishni anglatadi. O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun (1992 yil, avgust) ga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga etkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi tizimida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tuzildi. Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. Respublikada monopol mavqeiga ega bo‘lgan korxonalarni Davlat Reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlari hisobga olinadi. Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishini ta’minlashga qaratilgan. SHuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan. 2015 yil 9 oy yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda Monopol korxonalar Davlat Reestrida 127 ta korxona va 122 turdagi mahsulot va xizmatlar kiritilgan Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham O‘zbekiston va boshqa o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo‘lgan monopolistlar xatti-harakatiga qarshi o‘rnatilgan. Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi: - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiiste’mol qilinishi (5-modda); - xo‘jalik sub’ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o‘zaro kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda); - davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining raqobatni cheklashga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda); - insofsiz raqobat (8-modda). Jumladan, Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35 foizidan ortiq bo‘lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat Reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 foiz deb belgilangan. Respublikada monopoliyalar ro‘yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim: Agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35 foizidan ortiq bo‘lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat Reestriga kiritiladi. 1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabillikning chegarasini belgilab qo‘yish. 2. O‘z monopol mavqeini suiiste’mol qilgan monopo-listik birlashmalarni bo‘lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366 sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob’ektlarning xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. Respublikada faqat 1994-1996 yillar davomida monopol mavqeidagi aksiyadorlar jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 ob’ekt chiqarilib, mustaqil korxonalarga aylantirilgan bo‘lsa, 2000 yilda xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida 154 ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari tashkil qilingan. 2002 yilda 1912 ta korxona va ob’ekt xususiylashtirilib ularning,65, 5 foizi xususiy mulk ulushiga to‘g‘ri kelgan. 2010 yilda xususiylashtirilgan korxona va ob’ektlar soni 387 tani tashkil qilgan bo‘lib, ulardan olingan mablag‘lar 129862,7 mln so‘mga etgan. 2012 yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 83ta korxona va ob’ektdan hamda 32052,8 mln. so‘mdan iborat bo‘lgan. 2015 yil 9 oy yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda Monopol korxonalar Davlat Reestrida 127 ta monopol korxona ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular 122 turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarmoqda. O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g‘irrom raqobatga, shu jumladan respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi. Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo‘lmagan sektorni qo‘llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish fondi tashkil etildi. Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko‘plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Jumladan YUNIDO yordamida bir nechta biznes inkubatorlar tashkil etildi. Evropa jamiyati Komissiyasi Amaliy aloqalar markazini, Germaniya texnikaviy ko‘maklashuv jamiyati kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash markazini tashkil etdi.Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda barcha monopoliyalar faoliyati ustidan nazorat qiluvchi organ bu – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hisoblanadi. Download 29.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling