Antiseptik va gigiyena vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
Download 100.94 Kb. Pdf ko'rish
|
10-kazus
Kazus savoli: Antiseptik va gigiyena vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Biokosmik” xususiy korxonasining bir guruh xodimlari mazkur korxona egasiga ularning huquq va erkinliklariga rioya etilmayotganligi va ularning huquqlari buzilayotganligi masalasida murojaat qildi. Ular ish sharoitlari, xususan, ish haqining kechiktirib toʻlanishi, shuningdek, mulkdorning qarindoshlari boʻlgan xodimlarga maxsus imtiyoz va nafaqalar berilayotganligi yuzasidan prokuraturaga shikoyat bilan murojaat qilishlarini aytishdi. Bundan tashqari, ular kichik biznes sub’yekti sifatida korxonaning muayyan imtiyozlaridan mahrum boʻlishiga erishish uchun antiseptik vositalarini belgilangan talab me’yorlar asosida tayyorlanmayotganligi haqida xabar berishlarini bildirishdi. Bunga javoban korxona rahbari oʻzining xususiy korxonasida oʻzi istaganday ishlashini aytib, norozi boʻlgan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering. Mantiqiy savollar: 1. Bevosita demokratiyaning qanday koʻrinishlari mavjud? Ular bir biridan qanday jihatlari bilan farqalanadi hamda ular oʻrtasida qanday oʻxshashliklar mavjud? 2. Fuqarolarning murojaatlari shakllari qanday? Ularning yuridik kuchi jihatidan oʻzaro nisbatini muhokama qiling. Kazus javobi: Reja: 1 . Hodimning mehnat huqulari va majburiyatlari. 2 . Hususiy korxona rahbarining huquq va majburiyatlari. 3 . Vaziyat bo’yicha huquqiy yechim. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi mehnat huquqi va u bilan bog'liq masalalarni mustahkamlagan. Unga ko’ra, «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o’tash tartibidan yoki qonunda ko’rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi». Konstitutsiyaga ko’ra shaxs adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega deyilgan. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 16-moddasida ham “…xodim havfsiz va gigyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish huquqiga ega” deyilgan. Aynan shu kodeksning 17- moddasida esa” Ish beruvchi korxonani boshqarish va o’z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish; qonunchilikka muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish; mehnat shartnomasida shart qilib ko’rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni hodimdan talab qilish;o’z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalarini tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo’lish huquqiga egadir” deb ko’rsatilgan. O‟zbekiston Respublikasining Xususiy korxonalar to‟g‟risidagi qonunining 18-moddasida “Xususiy korxona (ish beruvchi) va xususiy korxonaning xodimi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi” deyilgan, ya’ni ish beruvchi va xodim o’rtasida mehnat shartnomasi tuziladi va unda hodim va ish beruvchining qanday huquqlarga va majburiyatlarga ega ekani hamda hodimning oylik ish haqi va hokazilar keltirib o‟tiladi. O‟zbekiston Respublikasining Xususiy korxonalar to’g’risidagi qonunining 19-moddasida esa “Xususiy korxona o’z xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va kompensatsiyalar to’lashning shakllari, tizimi hamda miqdorini qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil belgilaydi” deyilgan va ish beruvchi qaysi hodimga qancha haq to‟lashni o’zi mustaqil ravishda belgilaydi va bu ish haqi qonunchilikda belgilangan normadan ya‟ni eng kam oylik ish haqi miqdoridan kam bo‟lmasligi lozim. Qonunda bu haqda ham quyidagicha keltiriladi: “Xususiy korxonada mehnat shartnomasi (kontrakt) bo’yicha ishlayotgan shaxslarning mehnatiga haq to„lash taraflarning kelishuviga ko’ra, biroq qonun hujjatlarida Mehnatga haq to„lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo’yicha belgilanganidan kam bo’lmagan miqdorda belgilanadi” Ushbu qonunning 20-moddasida “Xususiy korxona o’z xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlarini, ijtimoiy himoya choralarini ta’minlashi shart va ularning hayoti yoki sog’ligi’ga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo„ladi.Xususiy korxona o’z xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilanganiga nisbatan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni mustaqil belgilashga haqli” deb keltirilgan,ya’ni korxona egasi ishchilarning mehnat sharoiti haqida o’ylashi va qulay sharoit yaratib berishi shart. Hodimlarning ish haqi ham Shartnomada keltirib o‟tilgan vaqtdan kech to’lanishi mumkin emas. . O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97-moddasiga ko’ra tomonlarning biri mehnat shartnomasini tugatishga haqli. Bunda ish beruvchi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasida keltirilgan ichki tartib qoidalarini buzish bandiga muvofiq mehnat shartnomasini bekor qilgan bo’lishi mumkin. Aynan ichki tartib qoidalar hususiy korxonalar o’zlari belgilaydilar va bu tartib qoidalarda ichida boshqa hodimlarning ish haqi haqidagi ma’lumotlarga aralashmaslik haqida band mavjud bo‟lishi mumkin, aks holda hech qanday sababsiz bu holatda ish beruvchi hodimni ishdan bo’shata olmaydi,yoki hodimning o‟zi ishdan bo‟shash haqida ariza yozishi mumkin. Endi ishlab chiqarish sohasidagi kamchiliklarga to‟xtalsak. Hodimning so‟zlariga ko‟ra antiseptik vositalar talab darajasida va belgilangan me‟yorlar asosida ishlab chiqarilmayapti. Demak hodim bu vaziyat bo‟yicha rahbarni ogohlantirdi, rahbar ham tegishli tartibda ish qanday olib borilayotganini tekshirishi va muammoni tezda hal etishi lozim, ammo ish beruvchi,ya‟ni rahbar buning o‟rniga hodimga ishdan bo‟shashi haqida aytdi. Aynan bu holatda ishchining huquqlariga zarar yetdi va hodim korxonada bo‟layotgan voqealar tartibga solinmasa, tegishli tashkilotlarga, prokraturaga murojaat qilishi lozim va bu nholat bo‟yicha yechim izlanadi va muammo bartaraf etilgan taqdirda qonuniy ravishda hodim o‟z ish joyida qolishi mumkin. Chunki hodim bu holatda hech qanday huquq buzilishiga va o‟z majburiyatlari doirasidan chetga chiqmaganligini va muammo yuzasidan ish beruvchiga ogohlantirib berib,uni xatardan voqif qilganini ta‟kidlash mumkin. Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, agar hodim xususiy korxona ichki tartib qoidalarini buzmagan bo‟lsa,ish haqi kech to‟lanayotgani va ish sharoitlari yaxshi emasligi hamda korxonadagi muammoli vaziyat haqida ish beruvchini ogohlantirgani hodimni ishdan bo‟shatishga asos bo‟la olmaydi. O’zbekiston Respublikasining Xususiy korxonalar to’g’risidagi qonunini va O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ham bunday vaziyatlarda ishchi bo‟shatilishi to’g’risida to’xtalib o‟tilmagan. Bu holatda ishchi vaziyat yuzasidan prokraturaga habar berishi lozim bo‟ladi. Shundan so‟ng ish beruvchiga tegishli choralar ko‟rilishi maqsadga muvofiq bo‟ladi. Mantiqiy savollarga javoblar: 1 . Bevosita demokratiyada davlatni idora etishda xalqning bevosita ishtiroki ta‟minlanadi, ya‟ni davlat ahamiyatiga ega bo„lgan masalalarni hal etishda umumxalq ovoziga qo„yish (referendum) ni amalga oshirish mumkin. Demokratik siyosiy rejimning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: – fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanganligi; – davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi xalq ekanligi; – vakillik hokimiyat organlarining to„laqonli faoliyat ko„rsatishi; – siyosiy qarorlar qabul qilinishi ustidan xalq nazoratining o„rnatilganligi; – hokimiyat vakolatlarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud o„rtasida taqsimlanganligi; – davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga qonunsiz aralasha olmasligi; – huquqni muhofaza etuvchi organlar faoliyatining qonunga to’la asoslanganligi; – jamoat birlashmalari tizimining, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining mavjudligi; – siyosiy partiyalarning muxolifatda bo„lish erkinligi ta‟minlanganligi; – siyosiy plyuralizmning qaror topganligi – turli ijtimoiy guruhlar o„z manfaat (fikr) larini erkin ifodalash imkoniyatiga egaligi; – fuqarolik jamiyatining shakllanganligi Demokratik siyosiy rejim doirasida “liberal” yoki “liberal-demokratik” Rejim turlari farqlanadi. “Liberal” rejimda davlat hokimiyati saylovlar yo’li bilan shakllantiriladi, hokimiyatning taqsimlanishi amal qiladi hamda shaxs bilan davlat o’rtasidagi nisbatda ustuvorlik shaxs tomonida bo’ladi. Liberal rejimning o’ziga xos xususiyati shundaki, inson o„z mulki, huquq va erkinliklariga ega bo’ladi, iqtisodiy jihatdan mustaqil, siyosiy erkin harakat qiladi hamda so’z, fikr almashish va mulk shakllari erkinligi e‟lon qilinadi. “Liberal-demokratik” rejimda barcha odamlarning tengligi va ozodligi e‟tirof etilib, davlatni boshqarishda xalqning keng ishtiroki ta‟minlanadi. Fuqarolar huquq va erkinliklarining iqtisodiy asoslari kafolatlanadi. Shuningdek, jamiyat ishlarini boshqarish va huquqiy normalarni yaratishda xalq yalpi ravishda ishtirok etadi hamda ijro organlari ustidan jamoatchilik nazorati o’rnatiladi. 2 . “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni mavjud bo‟lib, uning 5-moddasida “Murojaatlar og’zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo’lishi mumkin. Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi. Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat‟i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo„ladi” deb keltirilgan va ushbu qonunning 6-moddasida esa “Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to’g’risidagi ma‟lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to’liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to’g’risidagi ma‟lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) ko’rsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan bo„lishi kerak. Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari ko’rsatilishi mumkin. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin “ deya murojaatning talablari keltirib o‟tilgan. Ushbu qonunning 18-moddasida “Murojaatlar davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilinishi va ko’rib chiqilishi shart, ushbu Qonunning 29 va 30-moddalaridanazarda tutilgan hollar bundan mustasno” deb keltirilgan, ya‟ni murojaat hoh electron yoki yozma tarzda bo‟lishidan qat‟iy nazar mazmuni jihatidan birhil va belgilangan qoidalar bo‟yicha yozilgan bo‟lsa yuridik jihatdan teng, ko‟rib chiqilishi shart hisoblanadi. Ammo ba‟zi hollarda murojaatlar ko‟rib chiqilmaydi,bunday holatlarga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O„zbekiston Respublikasi qonunining 29-moddasi misol bo‟la oladi: “anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; mazkur Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar. Murojaatlar ko’rmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi. Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar ko’rmay qoldirilganligi to’g’risida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi” Ba‟zi holarlarda esa murojaatlar ko‟rib chiqilishi tugatilishi mumkin. Ushbu qonunning 30-moddasida “Murojaatlarni ko„rib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi: agar takroriy murojaatlarda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmagan bo’lsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekshiruvlarning to’la-to’kis materiallari mavjud bo’lsa va murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javoblar berilgan bo’lsa; agar murojaat qiluvchi o’z murojaatini belgilangan tartibda chaqirib olgan bo„lsa yoki uni ko„rib chiqishni tugatish to’g’risida iltimos qilgan bo„lsa; yashash joyi, turgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili yoki boshqa rekvizitlari o’zgarganligi to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilmaganligi tufayli chaqirishning imkoni yo’qligi sababli murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko’rib chiqish imkoniyati bo’lmaganda; murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko’rib chiqish imkoniyati mavjud emasligi sababli, davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi murojaat qiluvchi kelmay qolgan taqdirda; agar murojaat qiluvchi jismoniy shaxs vafot etganidan so’ng murojaatni ko’rib chiqish huquqiy vorislikka yo„l qo„ymasa. Murojaatni ko„rib chiqishni tugatish to’g’risidagi qarorni davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi qabul qiladi. Takroriy murojaatni ko’rib chiqish ushbu modda birinchi qismining ikkinchi Xatboshisiga muvofiq tugatilganda, murojaat qiluvchi takroriy murojaatning asossizligi va ushbu masala yuzasidan u bilan yozishmalar tugatilishi to’g’risida yozma ravishda xabardor qilinadi. Yozishmalar olib borish tugatilgan murojaat qiluvchidan takroriy murojaat kelib tushgan taqdirda, bunday murojaatni ko’rib chiqish murojaat qiluvchini bu haqda xabardor qilmasdan tugatiladi. Murojaatni ko’rib chiqish uni chaqirib olish to’g’risidagi ariza bo’yicha tugatilganda murojaat murojaat qiluvchiga davlat organining, tashkilotning yoki ular mansabdor shaxsining xati bilan birga uch kun ichida qaytariladi. Murojaatni chaqirib olish to’g’risidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ko„rilishini istisno etmaydi. Murojaat qiluvchi chaqirilgan jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining Kelmay qolganligi sababli murojaatni ko’rib chiqishni tugatish to’g’risida tegishli tartibda xabardor qilinadi” deyilgan. Bundan tashqari har qanday holatlarda murojaatlar ko’rib chiqiladi va tegishli tartibda murojaatlarga nisbatan chora ko’rilishi shart deb hisoblayman. Foydalanilgan adabiyotlar: 1 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2 O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. 3. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Тoshkent. «Adolat», 2018. 4 “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni. Download 100.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling