Antivirus dasturi Antivirus software
III. MAʼRUZA MATN VA OʻQUV MATERIALLAR
Download 240.43 Kb.
|
GULNOZA OPA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad: Axborot xavfsizligiga oid meʼyoriy hujjatlar bilan tanishish . Tinglovchilarga topshiriq mazmuni
- Topshiriq boʻyicha nazariy maʼlumotlar (vaqti 5 -minut)
III. MAʼRUZA MATN VA OʻQUV MATERIALLAR
1-mavzu: Maktabgacha taʼlim tizimida axborot xavfsizligi. (2nazariy soat) Reja: Axborot xavfsizligi. Axborot xavfsizligiga oid meʼyoriy hujjatlar bilan tanishish Axborot sohasidagi tahdidlar va ularga qarshi kurashish. Axborot xavfsizligi siyosati. Ishdan maqsad: Axborot xavfsizligiga oid meʼyoriy hujjatlar bilan tanishish. Tinglovchilarga topshiriq mazmuni - Oʻzbekiston Respublikasining axborot xafvsizligi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni birinchi ustunga yozib chiqish va bilishni istayotgan maʼlumotlarni ikkinchi ustunga yozib chiqish Topshiriq boʻyicha nazariy maʼlumotlar (vaqti 5 -minut) Hurmatli tinglovchilar bilamizki «Texnologiya» atamasi grekcha techne soʻzidan olingan boʻlib mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu maʼlum bir jarayonga nisbatan qoʻllanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga yoʻnaltirilgan xatti harakatlar majmui tushunilgan. Ushbu jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi. Axborot texnologiyalari toʻgʻrisida gap ketganda, qayta ishlashning materiali sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu obyekt, jarayon yoki hodisa toʻgʻrisidagi sifat jihatidan yangi maʼlumot boʻladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon boʻladi. Axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha ancha oldin va turli mamlakatlarda izlanishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunga kelib axborot xavfsizligi kontseptsiyasi asosiga umum qabul qilingan nuqtai nazaridan bir toʻxtamga kelishdi. Uning asl mohiyati axborot xavfsizligini taʼminlashga yondashish majmuaviy (kompleksli), yaʼni quyidagi sathlarda xavfsizlikni taʼminlashning turli choralarini oʻz ichiga olishi shart: - Qonuniy — qonunlar, normativ aktlar, standartlar; - Maʼmuriy — tashkilot boshqarmasi qabul qilgan, umumiy xarakterdagi harakatlar; -Muolajaviy (protseduraviy) — personal tomonidan amalga oshiriladigan xavfsizlik choralari; -Dasturiy-texnik (muayyan texnik choralari). Axborot xavfsizligini taʼminlashda 2 ta aspekt mavjud: Formal — himoyalangan axborot kommunikatsion tizimlari mos kelishi shart boʻlgan mezonlarni aniqlash. Amaliy — axborot kommunikatsion tizimlarida qoʻllaniladigan xavfsizlik choralarini muayyan majmuini aniqlash. Tashkilotning hajmi va uning axborot kommunikatsion tizimining spetsifikatsiyasidan qatʼiy nazar axborot xavfsizligi rejimini taʼminlash boʻyicha vazifalar har qanday koʻrinishda ham quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga olishi kerak: - Axborot xavfsizligi siyosatini aniqlash; - Axborot xavfsizligini boshqarish tizimini chegaralarini aniqlash va uni yaratish maqsadlarini aniqlashtirish; - Qaltis vaziyatlarni boshqarish; - Qaltis vaziyatlarni boshqarish; - Axborot xavfsizligini taʼminlash qarshi choralarni tanlash; - Axborot xavfsizligini boshqarish tizimini audit qilish. Axborot xavfsizligini asl mohiyati bu tashkilot va biznes-jarayonlarning kontekstida quyidagilarni maddalaydigan axborot obyektlarini himoyalashidir: Konfidensiallik — axborotdan faqat foydalanish uchun avtorizatsiyadan oʻtganlar foydalanishi mumkin; Yaxlitlik — axborotni toʻgʻriligi va toʻliqligi va qayta ishlash metodlarini kafolatlanganligi; Foydalanuvchalik — axborot va assotsiatsiyalangan obyektlar avtorizatsiyalagan foydalanuvchilar talablari boʻyicha foydalanishi mumkin. Login – shaxsning, oʻzini axborot kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qoʻllaniladigan belgilar ketma-ketligi boʻlib, axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish huquqiga ega boʻlish uchun foydalaniluvchining maxfiy boʻlmagan qayd yozuvi hisoblanadi. Parol – uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi yordamida kiritiladigan harfni, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi maxfiy soʻzdan iborat. Download 240.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling