Antivirus dasturi Antivirus software


Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 sentyabrdagi 707-son qarori


Download 240.43 Kb.
bet19/29
Sana18.06.2023
Hajmi240.43 Kb.
#1598297
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
GULNOZA OPA

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 sentyabrdagi 707-son qarori
3-ilovasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining "Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2004 yil 24 noyabrdagi 555-son qarorida:
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud Internet tarmogʻi Reestrini yuritish;
Qonunchilikka muvofiq, ishchi organ sifatida axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida kompleks ekspertiza oʻtkazilishini tashkil etish";
b) 2-banddagi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Belgilab qoʻyilsinki, Markaz yuridik shaxs hisoblanadi va oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, axborot xizmatlari bozori subyektlari bilan belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi Reyestrini yuritadi, shuningdek, Axborot va kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasining ishchi organi funksiyalarini bajaradi";
v) 2-ilovada:
6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi Reyestrini yuritish;
Qonunchilikka muvofiq, ishchi organ sifatida axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida kompleks ekspertiza oʻtkazilishini tashkil etish";
7-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar qoʻshilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlangan axborot tarqatuvchi Internet tarmogʻi resurslarini Reyestrga kiritish va undan chiqarishni amalga oshirish;
ommaviy kommunikatsiya vositalarida tarqatiladigan axborot materiallarining axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga, milliy-madaniy qadriyatlar, anʼanalar va merosni saqlab qolishga yoʻnaltirilgan respublika qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan kompleks ekspertizaga materiallarni tayyorlash va uni oʻtkazishni tashkil etish";
toʻrtinchi-oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi-oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2. Vazirlar Mahkamasining "Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2011 yil 5 avgustdagi 228-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 8-son, 70-modda):
a) 1-ilovadan oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
5-bandda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
"ekspert xulosalarini oʻrganadi hamda xalqaro Internet tarmogʻi axborot resurslarining identifikatsiya maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi Reyestriga kiritish yuzasidan qaror qabul qiladi";
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
"materiallarni koʻrib chiqish hamda xalqaro Internet tarmogʻi axborot resurslarining identifikatsiya maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi Reyestriga kiritish yuzasidan qaror qabul qilish";
9-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"materiallarni ekspertizadan oʻtkazish va zarur hollarda ekspertiza xulosalarini sudda himoya qilish uchun ekspert (ekspertlar) belgilash";
11-bandda:
uchinchi xatboshiga "Komissiya tomonidan belgilangan tartibda, shu jumladan elektron koʻrinishda majlis natijalarini roʻyxatga olish va oʻtkazish" soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
12-bandda:
uchinchi xatboshiga "shu jumladan, Komissiya tomonidan belgilangan tartibda elektron hujjat aylanishi tartibida" soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
"zarur materiallarni oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlaydi hamda materiallar Ishchi organga tushgan sanadan boshlab 15 kun muddatda ekspertiza oʻtkazadi";
13-bandning sakkizinchi xatboshiga "shu jumladan, Komissiya tomonidan belgilangan tartibda elektron hujjat aylanishi yoʻli bilan" soʻzlari qoʻshilsin;
14-16-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"14. Komissiya raisi jismoniy va yuridik shaxslarning har bir aniq murojaati yuzasidan materiallar olingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida Komissiya ishchi organi taklifi bilan jalb etilgan ekspertlardan ekspertni (ekspertlarni) tasdiqlaydi.
15. Ekspertiza materiallar olingan sanadan boshlab 15 kun mobaynida oʻtkaziladi.
16. Ekspert (ekspertlar) taqdim etilgan materiallarni besh kun muddatda oʻrganib chiqadi va ekspert xulosasi beradi";
18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"18. Zarurat boʻlganda Komissiya bajarilgan ishlar yuzasidan Ishchi organning amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqadi.
19. Komissiya qarori majlisda ishtirok etgan barcha Komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan bayonnoma asosida, shu jumladan Komissiya tomonidan belgilangan tartibda elektron hujjat almashinuvi vositasida rasmiylashtiriladi";
20-banddagi "Komissiya" soʻzi "ekspert (ekspertlar)" soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi "materiallar ekspertizaga tushishiga" soʻzlari "zaruratga" soʻzi bilan almashtirilsin;
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"30. Komissiya faoliyatini taʼminlash boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etish hamda ekspertizalar oʻtkazish Komissiyaning ishchi organi tomonidan, shu jumladan Komissiya tomonidan belgilangan tartibda elektron hujjat almashinuvi yoʻli bilan amalga oshiriladi".

Download 240.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling