Аntоnim vа uning turlаri bo`yichа mаshq (2 sоаt)


Download 22.62 Kb.
bet2/5
Sana02.01.2022
Hajmi22.62 Kb.
#194940
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-amaliy mashgulot (2)

Leksik antonomiya leksemalarning bir-biriga zid ma’no anglatishi asosida

guruhlanishidir: oq va qora, qalin va yupqa kabi.

Antonomiya hodisasi, asosan, bir so’z turkumi leksemalari doirasida yuz beradi. Sifatlarda: a) hajm belgisiga ko’ra: katta va kichik, baland va past; b) xarorat belgisiga ko’ra: issiq va sovuq; v) yosh belgisiga ko’ra: yosh va qari; g) xarakter-xususiyat belgisiga ko’ra: saxiy va xasis, botir va qo’rqoq, aqlli va ahmoq; d) shakl belgisiga ko’ra: to’Hri va egri; e) maza-ta’m belgisiga ko’ra: achchiq va shirin kabi.

Payt, holat, miqdor, maqsad ma’noli leksemalar doirasida ham antonomiya hodisasi keng tarqalgan: a) kecha va ertaga, avval va ketin (payt belgisiga ko’ra), b) tez va sekin, arang va bemalol (holat belgisiga ko’ra), v) ko’p va oz, mo’l va kam (miqdor belgisiga ko’ra), g) atayin va beixtiyor, jo’rttaga va bexosdan (maqsad ma’nosiga ko’ra) va b.lar. Bunday leksemalarning sifat va ravish turkumiga mansubligi keyingi yillarda bir qadar munozarali bo’lib qolmoqda.



Otlarda: a) belgi otlarida: boylik va kambaHallik, botirlik va qo’rqoqlik; b) qaramaqarshi tomon nomlarda: sharq va Harb, janub va shimol; v) fasl nomlarida: yoz va qish, kuz va bahor; g) sutkaning qarama-qarshi tomonlarini ifodalovchi nomlarda: kecha va kunduz, tong va shom kabi.

Fe’llarda: a) qarama-qarshi harakat ma’nolarini ifodalovchi fe’llarda: bormoq va kelmoq, kirmoq va chiqmoq; b) sifat yoki ravishdan yasalgan fe’llarda: kegaymoq va toraymoq, ko’paymoq va ozaymoq, sekinlashmoq va tezlashmoq kabi.

Ba’zan fe’lning sifatdosh shakli sifat turkumidagi leksema bilan antnimik munosabatlarga kirishishi mumkin: o’qigan va bilimsiz, o’qimagan va bilimli kabi.

Antonimiya hodisasi sifat turkumida keng tarqalgan, ot va fe’llarda bir oz kamroq uchraydi, olmosh va sonlarda esa bo’lmaydi (ayrim kontekstual holatlar bundan mustasno).


Download 22.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling