Antonimiya va antisemiya munosabati, ularning ta'lim bosqichlarida o'rganilishi mundarija: Kirish i-bob. Antonim so'zlar vositasida qadriyat va bahoning ifodalanishi
Antonimlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari
Download 492.31 Kb.
|
ANTONIMIYA VA ANTISEMIYA MUNOSABATI, ULARNING TA\'LIM BOSQICHLARIDA O\'RGANILISHI
2.2. Antonimlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari
Leksik antonimiya. O’zaro qarama-qarshi, zid ma’no bildiradigan so’zlar biri ikkinchisiga nisbatan antonim deyiladi. So’zlarning bunday munosabatda bo’lish hodisasi antonimiya deb yuritiladi. Katta-kichik, ko’p-oz, uzoq-yaqin, yuqori-past, qattiq-yumshoq, yoz-qish, to’r-poyga, tun-kun, yo’qotmoq-topmoq, yonmoq-o’chmoq, ochmoq-yopmoq, bog’lamoq-echmoq so’zlari antonimlar jumlasiga kiradi. Antonimik munosabatda bo’lgan ikki so’z antonimik juft deb ataladi. Antonimik juftlikni hosil qilgan so’zlar, odatda, bir so’z turkumiga mansub bo’ladi: og’ir (sifat) – engil (sifat), shimol (ot) – janub (ot), tez (ravish) – sekin (ravish), kelmoq (fe’l) – ketmoq (fe’l) kabi. Antonimlar o’ziga xos xususiyatlari bilan omonim va sinonimlardan farqlanadi. SHakliy (fonetik tuzilish) jihatdan har xillik; ma’no jihatdan har xillik; ma’nodagi o’zaro zidlik antonimlarning muhim belgisi sanaladi. Keyingi belgi, ya’ni zidlik tushunchasi antonimlarni belgilashda asosiy mezon bo’lib hisoblanadi. Tilda mavjud bo’lgan so’zlarning barchasi o’z antonimiga ega bo’lavermaydi. CHunki ko’p narsa, hodisalar o’zining ziddiga ega emas. Qarama-qarshilik ma’nosi ko’proq narsa-hodisalarning belgisida kuzatiladi. Qalin-yupqa, erta-kech, yaxshi-yomon, qattiq-yumshoq, oq-qora, shirin-achchiq, uzoq-yaqin kabilar belgi ma’nosini ifodalovchi antonimlar hisoblanadi. Ikki so’zning antonimligini belgilashda ularning semema strukturasini aniqlash juda muhimdir. Masalan, qalin va yupqa so’zlarining ma’no (semema) strukturasi quyidagicha: yupqa – yon ko’lami me’yoridan kam; qalin – yon ko’lami me’yoridan ortiq. Bu so’zlar ma’nolari strukturasida yon, ko’lam semalari bir xil bo’lib, umumiy semani; kam, ortik semalari esa farqlovchi sema bo’lib, o’zaro zidlik ma’nosini bildirmoqda. Keng – tor, erta – kech, oriq – semiz, katta – kichik antonimlarining ma’no strukturasi tubandagicha: keng – en o’lchami nisbatan katta; tor – en o’lchami nisbatan kam; erta – belgilangan vaqtdan bir oz oldin; kech – belgilangan paytdan bir oz keyin; oriq – tanasidagi go’sht-yog’i nisbatan oz, eti qochgan; semiz – tanasidagi go’sht-yog’i nisbatan ko’p, et bitgan; katta – hajm yoki shakl o’lchami me’yoridan ortiq; kichik – hajm yoki shakl o’lchami me’yoridan kam. Bu so’zlar sememalari tarkibida zid semalar mavjud bo’lib, ular shu so’zlarning antonim ekanligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Antonimlar asosan sifat, ravish, ot va fe’l turkumiga xos so’zlardan hosil bo’ladi. SHunga ko’ra ular sifat antonimlar, ravish antonimlar, ot antonimlar, fe’l antonimlarga bo’linadi. 1. Sifat antonimlar. Sifat turkumida antonimlar ko’p. Sifat antonimlar ma’no jihatdan bir necha turga bo’linadi: 1) kishilarning xarakter – xususiyatini ifodalovchi sifat antonimlar: saxiy-xasis, botir-qo’rqoq, muloyim-qo’pol, dono-nodon kabilar; 2) kishilarning psixologik holatini, iqtisodiy ahvolini ifodalovchi sifat antonimlar: hursand-xafa, dilxush-dilxun; badavlat-qashshoq, boy-kambag’al; 3) kishilarning o’zaro munosabatini, fiziologik holatini ifodalovchi sifat antonimlar: ahil-noahil, kuchli-kuchsiz, sog’lom-kasalmand; 4) kishilarda tabiiy ravishda yuz beradigan belgilarni bildiruvchi sifat antonimlar: yosh-qari, navqiron-mo’ysafid, novcha-pakana, semiz-oriq; 5) narsalarning hajmini, shaklini, ko’lamini ifodalovchi sifat antonimlar: katta-kichik, to’g’ri-egri, baland-past, keng-tor, chuqur-sayoz, uzun-qisqa; 6) maza-ta’m bildiruvchi sifat antonimlar: achchiq-shirin, mazali-bemaza, xushxo’r-badxo’r kabilar. 2. Ravish antonimlar. Ravish turkumiga xos antonimlar: 1) holat, tarz (tez-sekin, zo’rg’a-bemalol, birga-alohida, majburan-ixtiyoriy); 2) payt (avval-keyin, erta-kech, bugun-erta); 3) miqdor (ko’p-oz, ortiq-kam); 4) maqsad (atayin-bilmasdan, jo’rttaga-beixtiyor); 5) o’rin (nari-beri) ma’nolarini ifoda qiladi. 3. Ot antonimlar. Bunday antonimlar ma’no jihatidan kishilarning psixologik holatini (quvonch-alam, rohat-azob, shodlik-qayg’u), tomonlarga oid tushunchalarni (sharq-g’arb, janub-shimol, kunbotar-kunchiqar, er-osmon, to’r-poyga, old-orqa), yil fasllari va sutkaning qarama-qarshi tomonlarini (yoz-qish, bahor-kuz, kecha-kunduz, kun-tun, tong-shom), kundalik hayotga, urf-odatga oid tushunchalarni (muhabbat-nafrat, vasl-hijron, hayot-o’lim, to’y-aza) ifodalab keladi. 3. Fe’l antonimlar. Antonimiyada fe’l antonimlar ham kattagina o’rin egallaydi. Fe’l antonimlar asosan quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1) qarama-qarshi tomonga bo’lgan yo’nalishni ifoda qiladi: kelmoq-ketmoq, bormoq-qaytmoq, kirmoq-chiqmoq, ochmoq-yopmoq; 2) kishilarning o’zaro aloqasini bildiradi: olmoq-bermoq, olmoq-sotmoq; 3) kishilarning ruhiy holatini ifodalaydi: kulmoq-yig’lamoq, sevinmoq-qayg’urmoq, rohatlanmoq-azoblanmoq; 4) kishilarning fiziologik holatini bildiradi: semirmoq-ozmoq, yosharmoq-keksaymoq; 5) kishilarning o’zaro munosabatini ifodalaydi: urishmoq-yarashmoq, ajrashmoq-yarashmoq, eslamoq-unutmoq, salomlashmoq-xayrlashmoq; 6) narsa hajmi va holatidagi o’zgarishni bildiradi: kengaymoq-toraymoq, kattalashmoq-kichiklashmoq, og’irlashmoq-engillashmoq, isimoq-sovimoq, tezlamoq-sekinlashmoq kabilar. Tilimizda sifat va ravish antonimlar ko’p uchraydi. Bu antonimlarning ko’pchiligi belgi bildiruvchi so’zlardan ekanligini ko’rsatadi. Binobarin tilimizdagi 1700 dan ortiq antonim juftlikning 1000 dan ortig’i sifat va ravishdan iboratdir. Antonimiyada polisemiya hodisasini o’rganish ham juda muhimdir. Darhaqiqat, birdan ortiq so’zning o’zaro antonimik munosabati zidlikka asoslanar ekan, ko’p ma’noli so’z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so’zlarga antonim bo’lib kelishi mumkin. Masalan, butun so’zi bir ma’nosida yirtiq so’ziga, boshqa ma’nosida siniq so’ziga antonim bo’la oladi. Misollar: Kambag’al xalq o’lib-tirilib mehnat qiladi-ku, qorni to’ymaydi, egni butun bo’lmaydi (Oybek). Hammaning ko’zi Rahimovning tirsagi chiqib to’rgan yirtiq engiga tushdi (H.Nazir). Murabbiya haligi qo’li singan qo’g’irchoqni olib, o’rniga butun qo’g’irchoqni yotqizib qo’yayotgan ekan (Oydin). Mehmonxona eshigi oldidagi supada siniq choynak-piyola, keng ayvonda esa o’q tekkan ikki ot kavshanib yotardi (SH.Toshmatov). Antonimlar quyidagicha yuzaga keladi: 1. Tilning lug’at tarkibida qarama-qarshi ma’noli so’z azaldan mavjud bo’ladi: katta va kichik, keng va tor, kun va tun, kecha va kunduz, yaxshi va yomon, bor va yo’q kabilar. 2. So’z yasalishi natijasida antonimlar hosil qilinadi. Bunda ikki holat kuzatiladi: 1) ma’lum bir tub so’zga –li va –siz, ba- va be-, bar- va –dor,-no- affikslarini qo’shish orqali yasaladi: kuchli-kuchsiz, jonli-jonsiz, bama’ni-bema’ni, baquvvat-bequvvat, batartib-betartib, barqaror-beqaror, vafodor-bevafo, mazali-bemaza, haq-nohaq kabilar; 2) o’zaro antonim bo’lgan so’zlarga so’z yasovchi qo’shimchalarni qo’shib so’z yasash orqali yangi antonimik juftlar hosil qilinadi: rostgo’y-yolg’onchi, do’stona-dushmanlarcha, og’irlashmoq-engillashmoq, kengaymoq-toraymoq, tezlashmoq-sekinlashmoq, xursandchilik-xafachilik, eskilik-yangilik, ostki-ustki, oqlamoq-qoralamoq kabilar. 3. Boshqa tillardan so’z o’zlashtirish natijasida antonimlar yuzaga keladi: do’st (tojikcha) – dushman (tojikcha), quvonch (o’zbekcha) – g’am (arabcha), band (tojikcha) – bo’sh (o’zbekcha), mudofaa (arabcha) – hujum (arabcha), import (ruscha) – eksport (ruscha), badxo’r (tojikcha) – xushxo’r (tojikcha), assimilyasiya (ruscha) – dissimilyasiya (ruscha), analiz (ruscha) – sintez (ruscha), maksimum (ruscha) – minimum (ruscha), manfiy (arabcha) – musbat (arabcha) va boshqalar. Antonimlarning tilda ahamiyati katta. Antonimlardan badiiy nutqda keng foydalaniladi. Mumtoz adabiyotimizda antonim so’zlarni qo’llash asosida tazod she’riy san’ati yaratilgan va undan juda keng foydalanilgan. Masalan, Lutfiyning: Rahm qilg’il bandag’a, ey shoh, ul tengri uchun Kim etar bizni gado, ul sizni sulton aylagan baytida banda-shoh, gado-sulton so’zlari o’zaro zid ma’nolarni ifodalab, tazod san’ati asosida qo’llangan. Paronimiya. Talaffuzi, fonetik tuzilishi jihatidan o’zaro yaqin, lekin mustaqil ma’noli va asosan bir so’z turkumiga oid so’zlar paronimlar deyiladi. So’zlarning bunday munosabatda bo’lish hodisasi paronimiya deb yuritiladi. YOriq va yorug’, qurt va qurut, abzal va afzal, yoqilg’i va yonilg’i, amr va amir, otaliq va otalik, ganch va ganj so’zlari paronimlar sanaladi. Paronimlar omonimlar, sinonimlar, antonimlar singari til birligidir. Lekin paronimlar bu kabi til hodisalaridan o’ziga xos differensial belgilari bilan ajralib turadi. SHuningdek, paronimiya variantlilik hodisasiga yaqin. SHu bois ko’p hollarda paronimiya variantlilik bilan qorishtiriladi. Gado – gadoy, demak – demoq kabi juftliklar paronimlar emas, balki bir so’zning ikki xil variantlaridir. Paronim so’zlarning har biri o’zicha mustaqil, teng huquqli leksema sanaladi hamda bir-biriga aloqador, bog’liq bo’lmagan semantik strukturaga ega bo’ladi. Masalan: yoriq - darz ketgan, yorilgan, yorug’ – ravshan, nurli; abzal -yugan, egar, jabduq kabi ot asboblari majmui; afzal - nisbatan yaxshi, durust; asir - asirlikka tushgan odam, tutqun, asr - yuz yillik davr; qurt-mayda jonivor, qurut-suzmadan quritib tayyorlangan mahsulot kabilar. Paronimlarda fonemalar soni o’zaro teng yoki teng bo’lmasligi mumkin. Ganj-ganch, burj-burch, pakt-fakt, abzal-afzal, yonilg’i-yoqilg’i so’zlarida fonemalar miqdori teng holatda. Bular 4 tadan, 5 tadan, 6 tadan tovushdan tarkib topgan. Amr-amir, azm-azim, asr-asir, asl-asil, diplomat-diplomant, etov-ettov paronimlarida fonemalar miqdori teng emas. Keyingi so’zlarda tovushlar bittaga ko’p. Paronimlar o’z qatlamga oid so’zlardan, shuningdek o’zlashgan leksikaga mansub leksemalardan yuzaga kelishi mumkin. YOqilg’i-yonilg’i, suyilmoq-suyulmoq, tuyilmoq-tuyulmoq, quyilmoq-quyulmoq, etov-ettov paronimlari o’z leksika asosida vujudga kelgan. Diplomat (davlatlar bilan aloqa qilib turuvchi hukumat vakili) – diplomant (diplom olish uchun berilgan topshiriqlarni bajarayotgan talaba); pakt (siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan xalqaro shartnoma, bitim) – fakt (dalil, asos); kampaniya (xo’jalik yoki ijtimoiy-siyosiy jihatdan muhim masalani amalga oshirish maqsadida ma’lum muddat ichida safarbarlik bilan o’tkaziladigan ish) – kompaniya (biror narsa bilan uyushgan shaxslar guruhi; sherikchilik, ulfatchilik) paronimlari ruscha o’zlashmalar negizida paydo bo’lgan. SHuningdek, alpoz (vaziyat, ahvol, holat) – alfoz (so’z, ibora), ganj (xazina) – ganch (qurilish materiali), arpa (g’alla o’simligi) – arfa (musiqa asbobi) kabi paronimik qatorlarning komponenti o’zlashgan leksikaga oid so’zlardan tarkib topgandir. Ba’zi paronimlar o’z leksikaga mansub so’zlar bilan o’zlashgan leksemalar asosida yaratilgan. CHunonchi, o’z leksikaga oid aro ko’makchisi bilan fors-tojikcha oro so’zi, o’z leksikaga mansub burch so’zi bilan arab tilidan o’zlashtirilgan burj so’zi o’zaro paronimik qatorni hosil qilgan. Paronimlarning ayrimlari so’z yasalishi natijasida vujudga kelgan. CHunonchi, yonilg’i-yoqilg’i, etov-ettov, yolqin-yorqin paronimlari turli so’z o’zaklaridan bir xil affiks bilan so’z yasash tufayli yuzaga kelgan. –lik, -liq qo’shimchalari bilan yasalgan otalik (ota munosabatiga xos holat) va otaliq (himoyaga olgan, homiy); borlik (mavjudlik, boylik) va borliq (butun olam, mavjudot); bo’shlik (yuvoshlik) va bo’shliq (fazo, havoli joy); oqlik (belgi oti) va oqliq (sutni ivitish uchun unga solinadigan ozgina qatiq) so’zlari ham bir-birlari bilan paronimik qatorni hosil etadi. CHunki bularda ikkinchi so’zdagi –liq qo’shimchasi talaffuzda ko’pincha –lik shaklida aytiladi. Masalan, otaliq tashkilot deb emas, otalik tashkilot tarzida aytish hollari uchraydi. Paronimlar o’z tabiatiga ko’ra ohangdosh, o’xshash shaklli bo’lgani va ularning ba’zilari ma’lum darajada mazmun jihatdan aloqador bo’lgani uchun ular ko’pincha qorishtirilishi mumkin. CHunonchi, nutqda ba’zi holllarda abonent-abonoment, tabiat-tabiiyot, o’tkazmoq-o’tqazmoq, bo’shlik-bo’shliq, quyilmoq-quyulmoq, tuyilmoq-tuyulmoq paronimlari o’zaro bir-biri bilan adashtiriladi. Paronimlarni yanglish ishlatish matbuotda, badiiy asarlarda ham uchraydi. Gap shundaki, paronimlarni almashtirib qo’llash mumkin emas. Bu adabiy til me’yorlariga, nutq madaniyatiga putur etkazadi. XULOSA Aksiologik juftliklar xalqimizning madaniyati, ma’naviyati, dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi bilan bog‘liq. Zero, yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat, adolat va haqsizlik, hayot va o‘lim, rost va yolg‘on, sog‘lik va kasallik, do‘stlik va dushmanlik, mehnatkashlik va dangasalik, boylik va kambag‘allik, quvonch va tashvish kabi qadriyatlar tizimi bir necha asrlardan beri xalqimiz hayotining ajralmas qismiga aylangan. Mazkur aksiologik juftliklar maqollar, matallar, naqllar, frazeologik iboralar, rivoyatlar, afsona, dostonlardan, ya’ni xalq og‘zaki ijodidan hamda yuksak badiiy ijod namunalaridan mustahkam o‘rin egallagan. Abstrakt so‘zlar, xususan, abstrakt otlar o‘rtasidagi ma’noviy ziddiyatlar talqini xalqimizning madaniyati, ma’naviyati, dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi bilan bog‘liq. Zero, yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat, adolat va haqsizlik, hayot va o‘lim, rost va yolg‘on, sog‘lik va kasallik, do‘stlik va dushmanlik, mehnatkashlik va dangasalik, boylik va kambag‘allik, quvonch va tashvish kabi qadriyatlar tizimi bir necha asrlardan beri xalqimiz hayotining ajralmas qismiga aylangan. Mazkur aksiologik juftliklar maqollar, matallar, naqllar, frazeologik iboralar, rivoyatlar, afsona, dostonlardan, ya’ni xalq og‘zaki ijodidan hamda yuksak badiiy ijod namunalaridan mustahkam o‘rin egallagan. 57 Abstrakt so‘zlar, xususan, abstrakt otlar o‘rtasidagi ma’noviy ziddiyatlar talqini xalqimizning madaniyati, ma’naviyati, dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi bilan bog‘liq. Zero, yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat, adolat va haqsizlik, hayot va o‘lim, rost va yolg‘on, sog‘lik va kasallik, do‘stlik va dushmanlik, mehnatkashlik va dangasalik, boylik va kambag‘allik, quvonch va tashvish kabi qadriyatlar tizimi bir necha asrlardan beri xalqimiz hayotining ajralmas qismiga aylangan. Mazkur aksiologik juftliklar maqollar, matallar, naqllar, frazeologik iboralar, rivoyatlar, afsona, dostonlardan, ya’ni xalq og‘zaki ijodidan hamda yuksak badiiy ijod namunalaridan mustahkam o‘rin egallagan. Aksiologik juftliklarda so‘z va frazemalarning antisemik munosabatlari yanada yorqinroq ko‘rinadi. O‘zbek xalqi har bir aksiologik juflikka antisemik munosabatda bo‘lgan frazemalarni yasagan. Zero, qadriyatga aylangan tushunchalar xalqning bir necha ming yillik tafakkurining mahsulidir. Tajribadan kelib chiqib, biz frazemalarning muayyan so‘z turkumiga dahldor ekanligini belgilash sun’iy ekanligini ta’kidlamoqchimiz. Zero, turkumlik nafaqat semantik, balki morfologik va sintaktik omillarga ham asoslanadi. Tajriba natijalariga ko‘ra, antonim so‘zlar bir qancha so‘z turkumlarida uchrashi kuzatildi. Bu kabi bitta frazemaning turli so‘z turkumlaridagi so‘zlar bilan ma’no ziddiyatini antonimik munosabat deya olmaymiz. Zero, antonimiya bir so‘z turkumi doirasida kuzatiladi. Demak, mazkur tajriba – sinov ishlari bizga frazema va leksemalar o‘rtasidagi semantik zddiyatni antonimiya sifatida emas, antisemiya sifatida o‘rganish lozimligini yana bir bor isbotlaydi. Download 492.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling