Antonimlar (Qarshi ma’nodoshlik) elib buxdu uz


Download 162.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana19.02.2023
Hajmi162.83 Kb.
#1213872
TuriReferat
1   2
Bog'liq
Antonimlar (Qarshi ma’nodoshlik)

2. Antonimlarning turlari
Lingvistik adabiyotlarda antonimlarning turlari haqida har xil qarashlar bor. Ularga
asoslangan holda birinchi galda antonimlarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish
lozim.
1. Lug’aviy antonimiya: og’ir-engil, keng-tor, o‘g’il-qiz va shu kabilar
2. Grammatik antonimiya: uyli-uysiz, boobro‘-obro‘siz, serjahl-yuvosh kabi.
Lug’aviy antonimiyada o‘zak holatida til birliklarining qarama-qarshi ma’nolarni
ifodalashi hisobga olinadi. Grammatik antonimiya esa morfemalar bilan yasash asosida
ro‘y beradi.
Lug’aviy antonimiyani uchga bo‘lib o‘rganish mumkii.
a) leksik antonimiya; kech-erta, oq-qora, ingichka-yo‘g’on;
b) frazeologik antonimiya: yerga ursa, ko‘kka sakraydi — qo‘y og’zidan cho‘p olmagan, oq
ko‘ngil - ichi qora kabi;
v) leksik — frazeologik antonimlar: xursand — ichini it tatalaydi, xafa— og’zi qulog’ida.
Ba’zi bir adabiyotlarda antonimlarni to‘la va yarim (chala, to‘liqsiz) kabi turlarga ajratish
bor. O‘qigan-o‘qimagan, yur-yurma, ko‘ylakli-ko‘ylaksiz ko‘rinishidagi leksik birliklarni
bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Ular oddiy inkorni ifodalayapti. Biror narsaga
shaxsning ega yoki ega emasligini bildirmoqda. Bunga asoslanib ularni antonimlar deyish
o‘rinli sanalmaydi.
Antonimlar leksik ma’no anglatadigan sememalar orasida bo‘ladi.
Leksik ma’no tarkibiga kiruvchi semalar ideografik semalar hisoblanadi. Bosh (to‘g’ri)
ma’noli semalar antonimiyani hosil qiladi; quyuq-suyuq, oq-qora, tor—keng.
Hosila (ko‘chma) ma’noli semalar ham antonimiyani yuzaga keltirish mumkin; to‘g’ri
(odam) -egri (odam).


17.02.2023, 00:41
Antonimlar (Qarshi ma’nodoshlik)
https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/12863-antonimlar-qarshi-ma-nodoshlik
4/5

3.Paronimiya hodisasi haqida
 
So‘zlar orfoepik va orfografik jihatlardan bir-biriga yaqinlashib, shakliy jihatdan o‘xshab
qolishi mumkin.
Aytilishi va yozilishiga ko‘ra bir-biriga yaqinlashib qolgan so‘zlarga paronimlar deyiladi:
oxur-axir-oxir, yoriq-yoruq, borlik-borliq kabi. O‘zbek tilidagi paronimlar deyarli yasama
suzlarda uchraydi. Paronimiya hodisasining paydo bo‘lishida nutqiy jarayonlar, xususan
intonatsiya, urg’u, bo‘g’in muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekcha so‘zlar monosillabik (bir urg’uli)
bo‘lganligi uchun tub leksemalarda paronimiya hodisasi kuzatilmaydi, kam uchraydi.
Paronimiya hodisasini tashkil qilish uchun, albatta, ikkita komponent bo‘lishi shart. Bu
komponentlarniig har biri o‘zicha mustaqil, bir-biriga buysunmagan, o‘ziga xos semantik
strukturaga ega bo‘ladi. quyidagi misollarga e’tibor bering: kaft-kift, oraz-araz,tog’- dog’
kabi.
Paronimlarni aytilishi jihatidan bir xil, lekin yozilishiga va ma’nosiga ko‘ra har xil bo‘lgan
omofonlar bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Masalan: yod-yot, bob-bop, mard-mart
kabi.
Paronimlarni o‘z qatlamda ham o‘zlashma qatlamda ham uchratish mumkin: qarz-qapc,
kiyik-qiyiq, ombor-ombyp kabi so‘zlar o‘zbekcha so‘zlar sanaladi.
Adam-odam, banda-bandi, mash’al-mahtal kabi so‘zlar arab va fors-tojik tillaridan o‘zbek
tiliga o‘zlashgan so‘zlar sanaladi.
Paronimiya hodisasi badiiy adabiyotda so‘z o‘yinlari, qochirimlar yasashda keng
ishlatiladi. Masalan: kurort so‘zining ko‘r ot, uzum so‘zining o‘zim, jinoyat so‘zining jin
oyat tarzida qo‘llanilishi bunga misol bo‘la oladi. Bu hodisaga paronomaziya deyiladi.
Umuman olganda, tilda paronimlarning ham o‘z o‘rni bor, lekin ularni nutq hodisasi
sifatida izohlash joiz.
Savol va topshiriqlar.
1. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra bo‘linishi deganda nimani tushunasiz?
2. Antonimlarning hosil bo‘lishi haqida gapirib bering.
3. Leksik antonimiya nima?
4. Grammatik antonimlar qanday hosil bo‘ladi?


17.02.2023, 00:41
Antonimlar (Qarshi ma’nodoshlik)
https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/12863-antonimlar-qarshi-ma-nodoshlik
5/5
5. Frazeologik antonimlarga misollar keltiring.
6. Ot antonimlarga misollar toping.
7. Sifat antonimlarga misollar keltiring va ularni izohlang.
8. Zid ma’nolilik tushunchasiga tavsif bering.
9. Semantik komponent va sema atamalarini izohlang.
10. Paronimiya hodisasi haqida gapirib bering.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1992. 120 - 126- betlar.
2. SH.SHoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. O‘qituvchi.
1980.118-120- betlar.
3. O‘zbek tili leksikologiyasi. Toshkent. O‘qituvchi. 1981. 251-258- betlar.
4. SH.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.SHukurov. O‘zbek tili antonimlarining izohli lug’ati.
Toshkent. O‘qituvchi. 1984.

Download 162.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling