Antonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani bo‘lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli so‘zlar antonim deyiladi


Download 58 Kb.
bet2/2
Sana11.07.2023
Hajmi58 Kb.
#1659654
1   2
Bog'liq
Antonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama

Antonimlarga misollar
Yaxshi bilan yursang,
Etarsan murodga.
Yomon bilan yursang,
Qolarsan uyatga.
Hasad qilma, havas qil.
Til – dil kaliti.
Tig‘ jarohati bitar,
Til jarohati bitmas.
Aybsiz do‘st izlagan do‘stsiz qolar.
Do‘st yig‘latar, dushman kuldirar.
Yaxshi odam yurt tuzar,
Yomon odam yurt buzar.
Do‘stini yomonlagandan qoch.
Do‘st ming bo‘lsa ham oz,
Dushman bir bo‘lsa ham ko‘p.
5


PARONIMLAR
Paronimlar (para... va yun. Onyma — nom, ism) — talaffuzi, eshitilishi va morfem tarkibi oʻxshash, leksik maʼnolari boshqa-boshqa yoki qisman yaqin boʻlgan soʻzlar. Tilda ana shunday soʻzlarning mavjud boʻlish hodisasi paronim i ya deyiladi. Paronimiya muammosi nutkda PARONIMLARni ataylab yaqinlashtirish yoki ularning maʼnosini bilmay, farqlamay adashtirib qoʻllash (nutqiy xato) natijasida kelib chiqadi. PARONIMLARning qoʻllanishi bilan borlik, bunday masalalar tegishli ravishda nutq madaniyati va uslubshunoslik tomonidan oʻrganiladi. "PARONIMLAR" terminini dastlab Aristotel yasama soʻz maʼnosida taklif etgan.
Rus tilshunosligida koʻpincha PARONIMLAR deganda bir soʻz turkumiga mansub, bir xil oʻzakli soʻzlar tushuniladi [mas, adresat — adresant (oluvchi — yuboruvchi), predstavitsya — prestavitsya (oʻzini tanitmoq — oʻlmoq)]. Uzbek tilshunosligida esa nafaqat bir xil oʻzakli soʻzlar, balki eshitilishi bir-biriga oʻxshash har xil oʻzakli soʻzlar ham PARONIMLAR deb tushuniladi (mas, sharaf — sharob, afzal — abzal, tarif— taʼrif, enlik — ellik, sogʻliq — sovliq).
PARONIMLARni qoʻllashda farqlamaslik, ularni adashtirish til hodisasi emas, balki muayyan til vakillarining shu til lugʻaviy meʼyorlarini yetarli darajada egallamaganligining natijasidir. PARONIMLARni xato qoʻllash, odatda, kam tanish boʻlgan soʻzlarda uchraydi. Notanish soʻzlarning katta qismini terminlar tashkil etadi. Zero, fan va texnikaning tez surʼatlar bilan oʻsishi natijasida muayyan tilga (mas, uzbek tiliga) kirgan yangi soʻzlar shu tilda mavjud boʻlgan soʻzlar bilan talaffuz jihatdan yaqin kelib qoladi, oqibatda yangiyangi paro-nimik qatorlar paydo boʻladi. Mas, tanbur — tambur, shitob — shtab, taʼrif — tarif, teri — tire va boshqa Nutkda noaniklikka yoʻl qoʻymaslik uchun tildagi PARONIMLARni farqlay bilish, maʼnolarini toʻgʻri anglay olish zarur. Shunda "sharaf" oʻrniga "sharob", "kompaniya" oʻrniga "kampaniya", "tovlanmoq" oʻrniga "toblanmoq", "enlik" oʻrniga "ellik" tarzida qoʻllashlarga oʻrin qolmaydi.
Badiiy adabiyotda, publitsistikada, ommaviy soʻzlashuvda matnning , nutqning ifodaviyligi va taʼsirchanligini oshirish maqsadida PARONIMLARdan keng foydalaniladi. PARONIMLARni ataylab adashtirib qoʻllash kulgili holatni keltirib chiqaradi; bunday qoʻllanishlar soʻz oʻyi-nida, askiyada, shuningdek, personajlarning nutqiy xususiyatlarini ochib berishda zarur boʻladi.
ADABIYOTLAR

  1. Sh. Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I.Rasulov, X.Doniyorov Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1-qism .T., «O‘qituvchi» 1980.

  2. U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., «O‘qituvchi» 1992.

  3. O‘zbek tili leksikologiyasi. T., «Fan» 1981.

  4. H.Ne’matov, R.Rasulov O‘zbek tili sistem leksikologiyasi. T., «O‘qituvchi»

  5. H.Jamolxonov Hozirgi O‘zbek adabiy tili. T., «Talqin» 2005.

6




Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling