Antropogen ekosistemalar. Agroekosistemalar


Download 1.67 Mb.
Sana07.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1340032
Bog'liq
9elchinekalogiya (1)

Antropogen ekosistemalar. Agroekosistemalar.

Toshkent Farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiya fakulteti 101B guruh talabasi Keldiyorov Elchinbek

Reja:

  • Agroekosistema haqida
  • Uni tashkil etish
  • Unda uchrovchi hayvon va o'simliklar

Agroekosistemalar. Agroekosistemalar (yunoncha – «agros» – dala)
insonning qishloq xo‘jaligi sohasidagi faoliyati natijasida yuzaga keladigan
sun’iy ekosistemalardir. Bularga dalalar, bog‘lar, tokzorlar, tomorqalar misol
bo‘ladi. Agroekosistemalar agrosenozlar deb ham ataladi. Agrosenoz – bu
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olishda foydalaniladigan sun’iy biogeotsenozlardir. Ular doimiy ravishda insonlar tomonidan boshqariladi, ular bir yoki
bir necha hayvon zotlari va o‘simlik navlarining yuqori hosildorligi bilan
ta’riflanadi
Urbanoekosistemadan farq qilib, agroekosistemalarning asosiy qismini
avtotrof organizmlar – o‘simliklar tashkil etadi. Agroekosistemalar
faqatgina quyosh energiyasidan foydalanadigan tabiiy ekosistemalardan
farq qiladi. Bu ekosistemalarda o‘g‘itlash va sug‘orish ishlari amalga
oshiriladi. Agroekosistemalar kerakli mahsulotlarni yetishtirib beradi, mazkur
mahsulotlarni tovarga aylantiradi va iqtisodiyot rivojiga zamin tayyorlaydi.
Agroekosistemaning asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi: madaniy
o‘simliklar, begona o‘tlar, mikroorganizmlar (masalan, azot to‘plovchi
bakteriyalar), yuksak o‘simliklar bilan mikoriza hosil qiladigan zamburug‘lar,
tuproqda erkin yashovchi zamburug‘lar, bakteriyalar, suvo‘tlari, tuproqda
yashovchi umurtqasiz va umurtqali hayvonlar
Agroekosistemalarning hosildorligini oshirish uchun ko‘p miqdorda
yoqilg‘i, kimyoviy moddalar, texnikadan foydalanish uchun energiya
sarf­lanadi. Ba’zan sarflanayotgan energiya miqdori yetishtirilayotgan
mahsulot miqdoridan ortib ketadi. Bu esa iqtisodiy tanglik holatida
agroekosistemalarning rentabelligini tushirib yuboradi.
Sun'iy yaratilgan ekosistemalar inson tomonidan doimiy nazoratni talab etadi. Faqat ayrim
turdan iborat maxsus ekosistemadan (masalan, g‘o‘zadan) vaqtinchalik
iqtisodiy foyda olish mumkin. Ammo juda katta maydonlardagi g‘o‘za
monokulturasi tuproq strukturasining buzilishiga, uning sho‘rlanishiga,
zararkunandalarning ko‘payishiga va natijada ekosistemaning buzilishiga olib keladi. Almashlab ekishni qo‘llash, ekologik jamoaga qo‘shimcha
tarkibiy qismlarni, masalan, biologik kurashda ishtirok etadigan organizmlar –
entomofag (hasharotxo‘r), changlantiruvchi asalarilarni qo‘shish, ekologik
sistemaning stabillashuviga yordam beradi.
Cho‘l, o‘tloq, dasht kabi yaylov sifatida foydalaniladigan tabiiy
ekosistemalarning mahsuldorligini oshirish uchun serhosil o‘tlar ekish,
o‘g‘itlash va tuproqni sun’iy sug‘orish usullaridan foydalanish mumkin.
Agrosenozlarning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish uchun ekinlarga
ishlov berishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, yangi
o‘simlik navlari va ularning duragaylarini yaratishda genetik injeneriya va
biotexnologiya usullaridan foydalanish zarur.

E'tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling