Antropogen ekosistemalar. Agroekosistemalar
Download 1.67 Mb.
|
9elchinekalogiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun rahmat!!!
Antropogen ekosistemalar. Agroekosistemalar.Toshkent Farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiya fakulteti 101B guruh talabasi Keldiyorov ElchinbekReja:
Agroekosistemalar. Agroekosistemalar (yunoncha – «agros» – dala) insonning qishloq xo‘jaligi sohasidagi faoliyati natijasida yuzaga keladigan sun’iy ekosistemalardir. Bularga dalalar, bog‘lar, tokzorlar, tomorqalar misol bo‘ladi. Agroekosistemalar agrosenozlar deb ham ataladi. Agrosenoz – bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olishda foydalaniladigan sun’iy biogeotsenozlardir. Ular doimiy ravishda insonlar tomonidan boshqariladi, ular bir yoki bir necha hayvon zotlari va o‘simlik navlarining yuqori hosildorligi bilan ta’riflanadi Urbanoekosistemadan farq qilib, agroekosistemalarning asosiy qismini avtotrof organizmlar – o‘simliklar tashkil etadi. Agroekosistemalar faqatgina quyosh energiyasidan foydalanadigan tabiiy ekosistemalardan farq qiladi. Bu ekosistemalarda o‘g‘itlash va sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Agroekosistemalar kerakli mahsulotlarni yetishtirib beradi, mazkur mahsulotlarni tovarga aylantiradi va iqtisodiyot rivojiga zamin tayyorlaydi. Agroekosistemaning asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi: madaniy o‘simliklar, begona o‘tlar, mikroorganizmlar (masalan, azot to‘plovchi bakteriyalar), yuksak o‘simliklar bilan mikoriza hosil qiladigan zamburug‘lar, tuproqda erkin yashovchi zamburug‘lar, bakteriyalar, suvo‘tlari, tuproqda yashovchi umurtqasiz va umurtqali hayvonlar Agroekosistemalarning hosildorligini oshirish uchun ko‘p miqdorda yoqilg‘i, kimyoviy moddalar, texnikadan foydalanish uchun energiya sarflanadi. Ba’zan sarflanayotgan energiya miqdori yetishtirilayotgan mahsulot miqdoridan ortib ketadi. Bu esa iqtisodiy tanglik holatida agroekosistemalarning rentabelligini tushirib yuboradi. Sun'iy yaratilgan ekosistemalar inson tomonidan doimiy nazoratni talab etadi. Faqat ayrim turdan iborat maxsus ekosistemadan (masalan, g‘o‘zadan) vaqtinchalik iqtisodiy foyda olish mumkin. Ammo juda katta maydonlardagi g‘o‘za monokulturasi tuproq strukturasining buzilishiga, uning sho‘rlanishiga, zararkunandalarning ko‘payishiga va natijada ekosistemaning buzilishiga olib keladi. Almashlab ekishni qo‘llash, ekologik jamoaga qo‘shimcha tarkibiy qismlarni, masalan, biologik kurashda ishtirok etadigan organizmlar – entomofag (hasharotxo‘r), changlantiruvchi asalarilarni qo‘shish, ekologik sistemaning stabillashuviga yordam beradi. Cho‘l, o‘tloq, dasht kabi yaylov sifatida foydalaniladigan tabiiy ekosistemalarning mahsuldorligini oshirish uchun serhosil o‘tlar ekish, o‘g‘itlash va tuproqni sun’iy sug‘orish usullaridan foydalanish mumkin. Agrosenozlarning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish uchun ekinlarga ishlov berishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, yangi o‘simlik navlari va ularning duragaylarini yaratishda genetik injeneriya va biotexnologiya usullaridan foydalanish zarur. E'tiboringiz uchun rahmat!!!Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling