Antropogenezning fan dalillari
Odam shakllana boshlashi jarayonida uning qo‘li dastlab yaxshi rivojlanmagan bo‘lib, faqat oddiy harakatlarni bajargan, xolos
Download 1.29 Mb.
|
Antropogenezning fan dalillari
Odam shakllana boshlashi jarayonida uning qo‘li dastlab yaxshi rivojlanmagan bo‘lib, faqat oddiy harakatlarni bajargan, xolos.
Maymunning odamga aylanish jarayonida jamoa bo‘lib yashash ham muhim ahamiyat kasb etgan. Har qanday qurolga ega bo‘lgan ayrim individ yirtqich hayvonlar hujumiga bardosh bera olmas edi. Shu sababli eng qadimgi va qadimgi odamlar jamoa bo‘lib yashay boshlaganlar. Shu yo‘sinda ular yirtqich hayvonlardan himoyalanganlar, ov qilganlar, yosh bolalarni tarbiyalaganlar. Jamoaning kattalari yosh a’zolarini qurol yasash, ov qilish usullari, olovni saqlash, yemishli o‘simlik va hayvonlarni qidirib topishga o‘rgatganlar.
Qadimgi odamlarda ibtidoiy-ijtimoiy munosabatlar, chunonchi yaralangan va kasal odamlarga g‘amxo‘rlik qilish, o‘lganlarni ko‘mish paydo bo‘lgan. Ular 50–100 kishi bo‘lib yashaganlar. Jamoa bo‘lib yashash katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Yashash uchun kurashda dovyurak, yaxshi ov qiladigan, oziq bilan o‘zini ta’minlay olgan, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilgan, bolalar va keksalar o‘limi kamroq bo‘lishini ta’minlagan, yashash sharoitining noqulayliklarini bartaraf eta olgan jamoalar saqlanib, boshqa jamoalar qirila boshlagan.
Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling