Antropogenezning fan dalillari
Download 1.29 Mb.
|
Antropogenezning fan dalillari
Odam evolyutsiyasining dastlabki bosqichida yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish muhim rol o‘ynagan va tashqi muhitga moslashganlari yashab, moslashmaganlari qirilib ketgan. Odamning keyingi tarixiy rivojlanish bosqichlarida ong, nutq paydo bo‘lishi bilan fan, texnika, madaniyat axborotlarni o‘zlashtira borish, ularning tabiiy tanlanish nazoratidan chiqishga, jamiyatga bog‘liq holda rivojlanishiga olib kelgan. Inson bir vaqtning o‘zida ham biologik, ham ijtimoiy omillar ta’sirida rivojlangan. Lekin insonning rivojlanishida biologik, yo ijtimoiy omillarga bir tomonlama ortiqcha baho berishi muhim ilmiy xatoliklarni keltirib chiqaradi.
Olovdan foydalanish ajdodlarimizga sovuqdan va yirtqich hayvonlardan himoyalanishga va sovuq o‘lkalarga tarqalishiga imkon yaratgan. Natijada ajdodlarimiz tabiatda o‘sgan oziq bo‘ladigan o‘simliklarni yig‘ish, ov qilish, baliq ovlash bilan chegaralanibgina qolmay, balki ibtidoiy dehqonchilik hamda chorvachilik bilan ham shug‘ullana boshlagan. Bosh miyaning, tafakkurning rivojlanishi mehnat va nutqning takomillashuviga olib kelgan.
Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling