Antropologik o'lchovlarini aniqlash Amaliy mashgulot 1
Download 117.29 Kb.
|
1-2 mavzuMicrosoft Office Word (2) (1)
ANTROPOLOGIYA— (antropo… va …logiya) — odamning kelib chiqishi va evolyusiyasi,odamzod irqlarining paydo bo‘lishi, odamning tana tuzilishidagi normal farq-tafovut, o‘zgaruvchanlik haqidagi fan. A. ijtimoiy fanlarga juda yaqin turadigan biologiya sohasidir.
Antropologiyaga doir fikrlar bundan bir necha ming yil ilgari paydo bo‘lganiga qaramay, u fan sifatida faqat 19-a. ning 2-yarmidan shakllana boshladi. Antropologiyaning muhim sohasi — odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga ta’sir qiladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik omillarni o‘rganadigan bo‘limi — «Odam biologiyasi» degan umumiy nom b-n 20-a. o‘rtalaridan boshlab rivojlandi. Odamning paydo bo‘lishida faqat tabiat olamining qonuniyatlarigina emas, balki ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynagan. Odam paydo bo‘lgandan hoz. holatigacha uning butun hayoti ijtimoiy jamiyatning rivojlanish qonuniyati b-n chambarchas bog‘langan. Antropologiyaning fan bo‘lib rivojlanishida tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlar ijobiy rol o‘ynadi. Zamonaviy fan nuqtai nazaridan aytganda, Antropologiya quyidagi uchta katta bo‘limdan iborat: odam morfologiyasi; antropogenez; irqshunoslik (etnik Antropologiya) – Morfologiya odamning jismoniy tuzilishidagi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab o‘zgarishini tushuntirib beradi. Irqshunoslik odamzod irklarining kelib chiqish davri va sabablarini, ularning Yer yuziga tarqalishini izohlab, etnogenez muammolarini yechishga ham o‘z hissasini qo‘shadi. Antropologiya o‘zining turlicha tekshirish usullariga (antropometriya, osteometriya, kraniometriya) va ko‘p xil asboblariga ega. Antropologiya biol. fanining faqat nazariy sohasi bo‘libgina qolmay, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan sohasi hamdir. Uning dalillaridan ko‘p sohalarda, jumladan tibbiyotning har xil sohalarida (mas, odamning jismoniy o‘sishini o‘rganishda), shuningdek sud ekspertizasida foydalaniladi.Turkiston o‘zining geografik o‘rniga ko‘ra uzoq o‘tmishda murakkab irqiy va etnik jarayonlarni boshidan kechirgan, shuningdek qo‘shni xalqlarning ham tarixiy taqdirlarini belgilab berishda katta rol o‘ynagan. Bu o‘lka, xususan O‘zbekiston xalqlarini antropologik jihatdan o‘rganish 20-y. larda rivojlandi. Bu ishda O‘rta Osiyo davlat un-ti antropologiya kafedrasi asoschisi va doimiy rahbari L. V. Oshaninning xizmati katta bo‘ldi. Uning rahbarligida Turkiston bo‘ylab 29 antropologik ekspeditsiyalar uyushtirildi. L. V. Oshanin va uning shogirdlari (V. Ya. Zezenkova, Q. N. Najimov)ning sa’y-xarakatlari natijasida Turkiston antropologik jihatidan 3 viloyatga ajratildi. Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yashovchi o‘zbeklar va tojiklar yer yuzidagi mavjud uch irqning (yevropeoid, negroid va mongoloid) biri — yevropeoid irqining «O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi»ga mansub deb topildi. Moskvalik antropolog A. I. Yarxo bu irqni «Pomir-Farg‘ona tipi» deb atadi. Farg‘ona vodiysidagi Selungur va Surxondaryodagi Teshiktosh g‘orlaridan topilgan qad. ajdodlarimiz qoldiqlari tufayli O‘zbekiston Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda, hoz. zamon odamlarining paydo bo‘lishi jarayoni yuz bergan hududlar tarkibiga kiritildi va bu xulosa fanda uzil-kesil isbotlangan. O‘zbek xalqiga xos «O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi»ning shakllanish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda yaqingacha yagona fikr yo‘q edi. Bir guruh olimlar bu irqiy tip bundan 6 — 8 ming yil ilgari shakllandi desa, boshqa bir guruh mutaxassislar bu voqea bundan 3 ming yil ilgari sodir bo‘ldi deyishdi. Uchinchi guruh olimlari esa uni 16-a. da shakllandi deb hisoblar edilar. O‘zbek antropologlari (T. Xo‘jayov)ning uzoq yillik izlanishlari natijasida, juda boy antropologik materiallar asosida bu tip bundan 2200 — 2300 yil ilgari shakllana boshlaganligini isbotladilar (q. O‘zbeklar).Rus kimyogar olimi D.I. Mendeleev «Fan o‘lchash boshlangandan beri rivojlanmoqda, ya’ni o‘lchashsiz fan boshlanmaydi» degan edi. Hozirgi davrda o‘lchashsiz iqtisodiy va ijtimoiy hayotni tasavvur etib bo‘lmaydi.Chizmaga,ishlab chiqarish, nazorat qilish, defektrlash yoki maxsulotga xizmat qilish texnologik xaritalaridagi eskizlarga qo‘yilgan o‘lcham talab etilgan aniqlik bilan o‘lchanishi kerak. O‘lchash o‘rnatilgan tartib va qoida, hamda asosli ravishda tanlangan vositasi yordamida bajariladi. Download 117.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling