Antropologik o'lchovlarini aniqlash Amaliy mashgulot 1
Download 117.29 Kb.
|
1-2 mavzuMicrosoft Office Word (2) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Differensial o‘lchash usulida
- Kompleksli o‘lchash usuli
Bilvosita o‘lchashda izlangan miqdor u bilan ma’lum bog‘lanishda bo‘lgan boshqa bir miqdorni o‘lchash yo‘li bilan topiladi. Masalan, katta valning D diametrini topish uchun uni ruletka bilan aylantirib, o‘rab olib , ruletkaning valni bir marta o‘ralgan qismini uzunligi topiladi. Geometriyadan esa aylananing I uzunligi pD ga teng ekani ma’lum;
Kontaktli o‘lchash usuli bilan o‘lchashda o‘lchanadigan buyum va o‘lchash asbobining sirti bir biriga tegadi (masalan, val o‘lchamini shtangelsirkul bilan o‘lchanganda shunday bo‘ladi Kontaksiz o‘lchash usuli bilan o‘lchaganda o‘lchanayotgan buyum va o‘lchash asbobining sirti bir-biriga tegmaydi (masalan, optik yoki pnevmatik o‘lchash asboblari yordamida o‘lchaganda shunday bo‘ladi). Detallarning yaroqli yoki yaroqsiz ekanini aniqlash maqsadida ishlab chiqarishda ba’zan detallarni nazorat qilish degan tushunchadan foydalanadilar. Nazorat qilish deganda o‘lchamning haqiyqiy qiymati emas, balki detalning o‘lchami yo‘l qo‘yilgan eng katta va eng kichik o‘lchamlaridan, ya’ni joizlik chegaralaridan og‘masligini qayd qilish tushuniladi. Differensial o‘lchash usulida detalning xar bir elementi alohida boshqasiga bog‘liqsiz o‘lchanadi yoki nazorat qilinadi . Masalan,tashqi yoki ichki diametrlarni aniqlash, shlitsali birikmada shlitsaning enini aniqlash. Detalning yaroqliligi haqidagi xulosa hamma o‘lchashlardan keyin qilinadi. Kompleksli o‘lchash usuli yoki nazoratini amalga oshirish uchun maxsus asboblar yoki kalibrlar qo‘llanilib detalning yaroqliligi haqida darhol xulosa qilinadi. Bunda birdaniga hamma yoki bir nechta parametrlar o‘lchanadi yoki nazorat qilinadi. Masalan, shlitsali tiqin yoki halqa bilan nazorat qilishda. NAZORAT SAVOLLARI1. O’lchash vositasi nima va unga nimalar kiradi? 2. O’lchash birligi etaloni nima? 3. Shkala bo’limining qiymati, intervali nima? O’lchash chegaralari, o’lchash usuli. 4. SI tizimi nima va qanday maqsadlarda tashkil etildi? 5. Detallarni kontaktli va kontaktsiz o’lchash. 6. Detallarni nazorat qilish nima degani? 7. Uzunlikning yassi parallel uch o’lchovlari nima? 8. UYaPUO’ konstruktiv shakli va ularning nominal o’lchamlari. Sanoat va qanday o’lchovlar to’plamlari chiqariladi?
Download 117.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling