M AʼR U Z A -2
TESHIB OʻTISH KUCHLANISHINI ANIQLASH.
IZOLYATSIYANI SIG’IM, tgδ QIYMATLARINI ANIQLASH.
TRANSFORMATORLAR ELEKTR PARAMETRLARI (S, R, tgδ) NI
ANIQLASH. TRANSFORMATORLARNI ICHKI IZOLYATSIYASINI
HOLATINI ANIQLASH.
ELEKTR JIHOZLARNI SINASH USULLARI.
REJA:
1. Teshib oʻtish kuchlanishini aniqlash. Texnikaviy talablar.
2. Izolyatsiyadagi nuqsonlarning asosiy turlari.
3. Profilaktika sinovlarini hajmi.
4. Izolyatsiyani sig’im tgδ qiymatlarini aniqlash.
5. Yuqori kuchlanish sinovlari.
6.Sinovdan oʻtkazish. Transformatorlarning ichki izolyatsiyasining
holatiga baho berish usuli.
7.Elektr parametrlar (C,R, tgδ) ni aniqlash usullari.
8.Transformator moyining va qattiq izolyatsiyasini namligini aniqlash.
9.Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlaydigan
xozirgi zamon nazorat usullari.
10.Elektr jihozlarini sinash uslullari.
11.Elektr mashinalarini qabul qilish va profilaktika sinovlarining
dasturi.
12.Sinov usullari va normal izolyatsiyaning qarshiligi; oʻta yuqori
chastota aylanishiga va qizib ketishiga chidamliligi. Izolyatsiya
holatini
baholash kriteriyalari.
1. Teshib oʻtish kuchlanishini aniqlash. Texnikaviy talablar.
Elektr izolyatsiyaga berilayotgan kuchlanish elektroizolyatsion
materialni
yaroqsiz xolga keltiruvchi kuchlanish kattaligidan ancha kichik boʻlishi kerak.
Elektroizolyatsion materialni yaroqsiz xolga kelishi teshib oʻtuvchi elektr
razryad teshib oʻtishi natijasida roʻy bersa, elektr teshilishni
yuzaga keltiruvchi
bu xodisa elektr teshilish deyiladi, teshilishga sabab boʻlgan kuchlanishni kichik
qiymati esa U
pr
teshib oʻtuvchi kuchlanish deyiladi.
Bazi xollarda U
pr
teshib oʻtuvchi
kuchlanishdan ancha kichik
kuchlanishlarda izolyatsion materialda yoyilgan uncha chuqur boʻlmagan yuza
elektr razryadlari xosil boʻladi, bunday xodisa yuza teshilishi deyiladi. Yuza
teshilishini xosil qilgan kuchlanish – yuza teshilish kuchlanishi deyiladi.
Elektroizolyatsion materiallarni asosiy xarakteristikalaridan biri bu E
pr
–
elektr chidamliligdir.
E
pr
- elektr chidamlilik bu bir xil jinsli
maydonlarda minimal elektr
kuchlanganlik tasiridagi elektr teshilish tushiniladi.