Aniqlash. Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlash. Elektr jihozlarni sinash usullari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
M A-2 (1)
E
pr = U pr / t (V/m) U pr – teshuvchi kuchlanish (V) t - dielektrikni kalinligi (m) Bir xil jinsli elektr maydonlarda U pr teshish kuchlanishi E pr elektr maydon kuchlanganligiga toʻg‘ri proportsional bog‘langan. Tajribada chekalari aylana shaklga keltirilgan elektrod disklar orasidagi maydon ma’lum bir shartlar bajarilganda bir xil jinsli elektr maydonga toʻg‘ri keladi. Misol uchun elektrodlar yuqori elektr mustaxkalikka ega boʻlgan transformator moyiga yoki boshqa suyuqlika tushiriladi. Yuzasi tekis boʻlgan qattiq izolyatsion materialni moyda sinash chizmasi: a).chizma moyga tushirilgan elektrodlar va izolyatsion materiallar; b). elektrodlar va izolyatsion materiallarni diametrlari; v).elektr mustaxkamlik E pr izolyatsion material qalinligiga bog‘liq oʻzgarish grafigi 1-elektrodlar, 2-izolyatsion material, t-izolyatsion material qalinligi, d- elektrodlarni diametri, D- izolyatsion materialni diametri. Bir xil jinsli boʻlmagan elektr maydonlarda U pr teshish kuchlanishi, bir xil jinsli elektr maydonlardagi teshish kuchlanishidan kichkina boʻladi. Sferik yuzaga ega boʻgan elektrodlar orasidagi maydon bir xil jinsli boʻlmagan maydondonga toʻg’ri keladi. Bir xil jinsli boʻlmagan maydondonlardagi elektr mustaxkamlikni xisoblashda koeffitsient α>1 qoʻllaniladi va E pr = U pr / t * α Koeffitsient α qiymati eletrodlarni formasiga, razmeriga va ular orasidagi masofaga qarab oʻzgaradi. Teshib oʻtuvchi kuchlanishni qiymati izolyatsiyaga qoʻyilayotgan kuchlanishni ortirilish shartiga bog’lik. Kuchlanishni oʻzgartirish bir tekis yoki pog‘onali boʻlishi mumkin. Birinchi xolatda kuchlanish 0 qiymtdan asta sekinlik bilan 10-20 sekund oraligida izolyatsiya teshilguniga qadarli ortirib boriladi. Kuchlanish tezligini ortirib borish sinalayotgan material standartida beriladi. Ikkinchi xolatda xar bir pog‘onada sinov kuchlanishi 1 minut davomida ushlab turiladi. Birinchi pog‘onadagi kuchlanish asta sekinlik bilan 0,5U isp qiymatgacha ortiriladi, keyingi pog‘nalardagi kuchlanish qiymati birinchi pog‘nani 0,1 teng qiymatini tashkil qilish kerak ya’ni 2chi pog‘onada 0,55U isp , 3chi pog‘ognada 0,6U isp va x.k. Bir pog‘onadan ikkinchisiga oʻtish vaqti 10 sekundan oshmasligi kerak. Agar izolyatsiyada teshilish bir pog‘onadan ikkinchisiga oʻtishda roʻy bersa unda sinalayotgan namuna uchun teshib oʻtuvchi kuchlanish deb oldingi kichik pog‘onadagisi qabul qilinadi. Kuchlanishni oʻzgartirshni boshqa usuli xam bor boʻlib unda birinchi pog‘onadagi kuchlanishni ma’lum qiymati koʻzda tutilgan boʻladi: 0,5; 1; 2; 5; 10; 20; 50 yoki 100 kV. Ushbu qiymatlardan asta sekinlik bilan koʻtarishdagi teshib oʻtuvchi kuchlanishni taxminan 0,4 ga teng boʻlganini tanlab olinadi. Kuchlanishni ortirib borish usuli (asta sekinlik bilan yoki pog‘onalab) materialni standartida yoki texnik shartida koʻrsatiladi. Izolyatsion materialni teshib oʻtuvchi kuchlanishini aniqlash sinovlari oʻzgaruvchan tok sanoat chastotasida, yuqori chastotada, impulsli va oʻzgarmas tok usullarida oʻtkaziladi. Sinovlar qaysi usulda oʻtkazilishidan qatiy nazar xatolik 4% dan oshmasligi kerak. Misol uchun RVS va RVMG rusumli ventil razryadniklarda qanday qilib teshib oʻtuvchi kuchlanishni aniqlshni oʻrganib chiqamiz. SHunt qarshilikli (rusumi RVS, RVMG) ventil razryadniklarni teshib oʻtish kuchlanishiga sinovini 0,5 sekunddan kam vaqt ichida razryadnikni teshib oʻtish kuchlanishigacha koʻtara oladigan maxsus apparatlar boʻlsagina oʻtkaziladi, bu bilan razryadnikni ishdan chiqishini oldi olinadi. Bunday apparat sifatida kuchlanishni tartibga soluvchi RNO-250-10 dan foydalanish mumkin. Ventilli razryadnikni teshib oʻtish kuchlanishini oʻlchash sxemasi quyidagicha: -kuchlanishni tartibga soluvchi transformator 2-cheklovchi qarshilik (1 Om) 3-sinov transformatori 4-tok relesi 5-sinalayotgan razryadnik 6-kuchlanishni boʻluvchi 50 Gts li sanoat chatotasi bilan razryadniklarni teshib oʻtish kuchlanis 50 Gs li sanoat chastotasi bilan razryadniklarni teshib otish kuchlanishni aniqlash sinovlari yuqori kuchlanish tomoniga ulangan EO-7, LO-70 ostsillograflar yordamida oʻtkaziladi. Elektr izolyatsiyaga berilayotgan kuchlanish elektroizolyatsion materialni yaroqsiz xolga keltiruvchi kuchlanish kattaligidan ancha kichik boʻlishi kerak. Elektroizolyatsion materialni yaroqsiz xolga kelishi teshib oʻtuvchi elektr razryad natijasida roʻy bersa bu xodisa elektr teshilish deyiladi, teshilishga sabab boʻlgan kuchlanishni kichik qiymati esa U pr teshib oʻtuvchi kuchlanish deyiladi. Razryanikni rusmi Nominal kuchlanishi kV Eng katta yoʻl qoʻyila- digan kuchlanishi kV 50 Gts da teshib oʻtish kuchlanishi kV 1,5 dan 20 mksek oralikdagi impuls toʻlqin teshib oʻtish kuchlanishi kV min max RV-1 RVP-3 RVP-6 RVP-10 1 3 6 10 1,2 3,8 7,6 12,7 1,8 9 16 26 2,8 11 19 30,5 - 21 35 50 RVVM-3 RVVM-6 RVVM-10 3 6 10 3,8 7,6 12,7 7,5 15 25 9,5 18 30 11 21 35 RVM-3 RVM-6 RVM-10 3 6 10 3,8 7,6 12,7 7,5 15 25 9,5 18 30 8 15,5 25,5 RVO-35 35 40,5 78 98 150 RVS-15 RVS-20 RVS-33 RVS-35 15 20 - 35 19 25 33,3 40,5 38 49 70 78 48 60,5 80 98 70 85 - 125 Kuchlanishni boʻluvchi qurilmaning oxirgi elementidan olingan kuchlanish kattaligi razryadnikni teshuvchi kuchlanish kattligiga proportsional boʻladi. Razryadniklar xar yili joriy koʻrikdan oʻtkziladi. Koʻrik davrida razryadnik yuviladi, artib tozalanadi va izolyatsiya qarshiligi oʻlchanadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling