Aniqlash. Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlash. Elektr jihozlarni sinash usullari


Sinovdan oʻtkazish. Transformatorlarning ichki izolyatsiyasining


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana19.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1621179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
M A-2 (1)

6. Sinovdan oʻtkazish. Transformatorlarning ichki izolyatsiyasining 
holatiga baho berish usuli. 
 
Kuch transformatorlarini ekspluatatsiyadagi vazifasiga qarb, ikki yoki uch 
choʻlgʻomli, bir yoki uch fazali, tabiy xavo yoki moy bilan sovitiladigan 
transformatorlar ishlab chiqariladi.
Misol uchun: 
TDTN-16 000 kVA 110/35/10(6) kV 
T-transformator 
D- moyli, moyni xavoni puflab va tabiy aylanishi xisobiga sovutish
T-uch fazali 
N-kuchlanishni yuklama ostida rostlagichli (RPN ni bor) 
Quvvati- 16 000 kVA, kuchlanishlari yuqori choʻlgʻomda- 110 kV, oʻrta 
choʻlgʻomda- 35 kV, paski choʻlgʻomda- 10(6) kV. 
TDN-10 000 kVA 110/10(6) kV 
T-transformator 
D- moyli, moyni xavoni puflab va tabiy aylanishi xisobiga sovutish 
N- kuchlanishni yuklama ostida rostlagichli (RPN ni bor) 
Quvvati- 10 000 kVA, kuchlanishi yuqori choʻlgʻomda- 110 kV, paski 
choʻlgʻomda- 10(6) kV. 
TMN-6 300 kVA 35/10(6) kV 
T- transformator
M- moyli, moyni tabiy aylanishi xisobiga sovutish 


N- kuchlanishni yuklama ostida rostlagichli (RPN ni bor) 
Quvvati- 6 300 kVA, kuchlanishi yuqori choʻlgʻomda- 35 kV, paski 
choʻlgʻomda- 10(6) kV. 
TM-2500 kVA 35/10(6) kV 
T- transformator
M- moyli, moyni tabiy aylanishi xisobiga sovutish 
Bu rusumli transformatorlarda kuchlanish rostagichi yoʻq va «Antsaft» bor 
boʻlib kuchlanishni rostlash transformatorni toʻla oʻchirib ya’ni tarmoqdan uzlib 
qoʻlda bajariladi. 
Quvvati- 2500 kVA, kuchlanishi yuqori choʻlgʻomda- 35 kV, paski 
choʻlgʻomda- 10(6) kV. 
Transformatorlar 6 xil kattalikda (gabarit) ishlab chiqariladi: 
I, II, III- gabaritlar -kuchlanishi 35 kV gacha boʻlgan nominal quvvati
5-100, 135-500, 750-5600 kVA gacha 
IV-gabarit - kuchlanishi 35 kV gacha quvvati 7500 kVA va undan yuqori, 
35 kV dan 121 kV kuchlanishgacha barcha quvvatlar
V-gabarit - kuchlanishi 121 kV dan 330 kV gacha barcha quvvatlar 
VI-gabarit -kuchlanishi 500 kV dan 750 kV gacha barcha quvvatlar 
Transformatorlarni oʻlchov xarakteristiklarini olishdan oldin transformator 
moyini sinovdan oʻtkazish va moy unga qoʻyilgan me’yor talablariga mos kelishi 
kerak. 
Transformator choʻlgʻomlarini izolyatsiya qarshiligi 2 500 V kuchlanishli 
megommetr yordamida moyni yuqori qatlamidagi moy xarorati +10
o
S dan kam 
boʻlmagan xollarda oʻtkaziladi.
Transformator choʻlgʻomlarini sinov oldidan 2-5 minut davomida yerga ulab 
qoʻyiladi. 
Transformator choʻlgʻomlari qarshiliklarini oʻlchash sxemasi barcha 
transformator rusumlari uchun bir xil. 
ikki choʻlg’omli transformator choʻlgʻomini qarshiligini oʻlchash sxemasi 
quyidagicha: 
VN-NN+qobiq+er;
NN-VN+qobiq+er; 
VN-NN; 
uch choʻlgʻomli transformator choʻlgʻomini qarshiligini oʻlchash sxemasi 
quyidagicha: 
VN-SN-NN+qobiq+er;
SN-VN-NN+qobiq+er; 
NN-VN-SN+qobiq+er; 
VN-SN; 
SN-NN; 
VN-NN; 
avtotransformatorlar uchun: 


VN-SN-NN+qobiq+er;
NN-VN-SN+qobiq+er; 
Yuqoridagi koʻrsatilgan sexemalarni chap tomonidagi choʻlgʻomga 
megommetrdan kuchlanish beriladi: VN-yuqori kuchlanish choʻlgʻomi; SN-oʻrta 
kuchlanish choʻlgʻomi; NN-pastki kuchlanish choʻlgʻomi.
Kuch
transformatori choʻlgʻomlarini izolyatsiya qarshiligini oʻlchash bilan 
bir vaqtda, K
abs
absorbitsiya koeffitsienti xam aniqlandi uning qiymati barcha 
xollarda 35 kV va unan past kuchlanishlar uchun 1,2 dan, 110 kV va undan 
yuqori kuchlanishlar uchun 1,5-2 kichik boʻlmasligi kerak. SHu oʻrinda oʻlchov 
natijalari zavoddagi oʻlchov natijalaridan kam tomonga 20% dan ortiq farq 
qilmasligi kerak.
Biz bilamizki absorbitsiya koeffitsienti K
abs
= R60"/R15" qiymatga teng yoki 
katta boʻlishi kerak va yuqori koʻrsatkichi chegaralanmagan. 
Absorbsiya koeffitsientining oʻlchangan qiymatlari zavod qiymatlaridan 
yuqori boʻlishi mumkin va 
К
абс
ning yuqori chegarasi cheklanmagan, chunki 
absorbsiya koeffitsientining kattaroq qiymati transformator izolyatsiyasining 
yaxshi holatini bildiradi. Kuch transformatorining izolyatsiya qarshiligini 
oʻlchashda toʻg'rilash moslamasi boʻlgan megohmmetrdan foydalanish tavsiya 
etiladi, bu esa barqarorroq sinov kuchlanishini va shuning uchun izolyatsiya 
qarshiligi qiymatlarini aniqroq oʻlchashni taʼminlaydi. Quvvati 1000 kVA va 
undan yuqori boʻlgan va kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan kuch 
transformatorlarida izolyatsiyaning qarshiligini moyni toʻldirish tugaganidan 
keyin, 12 soat oʻtib oʻlchash kerak. Transformatorni qizdirganda, izolyatsiya 
qarshiligi doimiy toʻk bilan isitish oʻchirgandan 1 soat oʻtgach va induksiyon 
isitishni oʻchirgandan 30 minut oʻtgandan keyin oʻlchanadi. Zavodning sinov 
haroratidan farq qiladigan transformator haroratida izolyatsiyalash qarshiligini 
oʻlchashda oʻlchash natijasi konvertatsiya koeffitsientlari yordamida zavod sinov 
hisobotida koʻrsatilgan haroratga keltiriladi. Agar kuchlanish qoʻllanilgandan 60 
soniyadan (R60) keyin oʻlchangan va zavod haroratiga tushirilgan kuchlanishi 
110-150 kV boʻlgan transformatorlarning choʻlgʻomlarining izolyatsiya qarshiligi 
qiymati pasport qiymatlarining 70% dan kam boʻlmasa va 220-500 kV 
kuchlanishli transformatorlar uchun 85% dan kam boʻlmasa, transformator 
choʻlgʻomlarining izolyatsion holati talablarga javob beradi. 
Transformatorni qayta 
koʻrib chiqayotganda, magnit oʻtkazgich va korpusga nisbatan choʻlgʻomning oldi 
qismi, magnit oʻzagini qatirilgan boʻltlarning izolyatsion qarshiligi 2 500 V 
megommetr bilan oʻlchanadi.
Izolyatsiya qarshiligi meʼyorlanmaydi, lekin 
tajribaga koʻra odatda 1000 
МоМ
dan kam boʻlmasligi kerak. 
Izolyatsiyada dielektrik yoʻqotish tangensi 
tg 
б
va 
choʻlgʻom sigʻimi, 
qoidaga koʻra teskari sxema boʻyicha MD-16 yoki R-595 tipidagi koʻprik 
yordamida 
10 кВ 
kuchlanishda oʻlchanadi. (Sinov kuchlanishi tekshirilayotgan 
choʻlgʻomning sinov kuchlanishining 60% dan oshmasligi kerak.) Kuch 
transformatorining izolyatsiyasida dielektrik yoʻqotishlarni oʻlchash sxemalari va 
shartlari izolyatsiya qarshiligini oʻlchash bilan bir xil. Oʻlchangan qiymatlarni 
zavod qiymatlari bilan solishtirganda, oʻlchovlar oʻtkazilgan haroratlar hisobga 


olinadi. Tuzatish koeffitsientining har xil haroratga bogʻliqligi 2-12-jadvalda 
keltirilgan. Oʻrnatish vaqtida oʻlchanadigan zavod haroratiga tushirilgan 220— 
500 kV kuchlanishli transformatorlar uchun tg 
б
qiymati 1% dan yuqori boʻlsa 
zavod maʼlumotlaridan 20% dan oshmasligi va tg 
б
qiymati 1% dan past boʻlsa 
30% dan oshmasligi kerak.
110-150 kV kuchlanishli transformatorlar uchun tg 
б
ning oʻlchanadigan qiymati, zavod haroratiga tushirilganda, tg 
б
ning zavod 
qiymatining 130% dan oshmasligi kerak. Dielektrik yoʻqotishlarni oʻlchashda 
С
х
kuch 
transformatori 
choʻlgʻomlarining 
sigʻimi 
qiymati 
oʻlchanadi. 
Choʻlgʻomlarining sigʻimining oʻlchangan qiymatlari zavod qiymatlaridan ± 10% 
dan ortiq farq qilmasligi kerak. 
Cx=С
N
R
4
(100 + R
3
)/
 
n(R
3
 + 

Bu yerda 
C

– namunaviy kondensator sigʻimi, 
пФ; R

-koʻprik yelkasining 
doimiy qarshiligi
; МД-16 uchun 10 000/
= 3 184 оМ; R

- koʻprik toʻliq 
muvozanatlashganida boshqariladigan qarshilik
оМ; 
-
bir xil reoxord, 
оМ; п
-
shunt qarshiligi, 
оМ , 1min davomida. 
Transformatorlarni ekspluatatsiya qilish davridagi tajribalardan kelib 
chiqqan xolda koʻprok izolyatsiya qarshiligi 10 MOm dan kam boʻlmasligi 
kerak. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling