Aniqlash. Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlash. Elektr jihozlarni sinash usullari
Izolyatsiyadagi nuqsonlarning asosiy turlari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
M A-2 (1)
2. Izolyatsiyadagi nuqsonlarning asosiy turlari.
Izolyatsiyani profilaktikasi deyilganda ekspluatatsiya jarayonida izolyatsiyaning ishonchli ishlashini ta’minlaydigan tadbirlar sistemasiga aytiladi. Bu tadbirlar avvola izolyatsiyaning ishlashi uchun normal sharoitni yaratish (oʻta qizishni bartaraf etish, xamda namlanish, xullanish va changlanishdan ximoya qilish, shikastlanishdan muxofoza qilish kerak). Lekin izolyatsiyaning normal ishlash sharoitida xam dielektrikning eskirishi xisobiga xar xil defektlarning paydo boʻlishidan izolyatsiya- sining elektr mustaxkamligini asta sekin yoʻqota boshlaydi. Bu defektlar asta sekin rivojlanib borib teshilish kuchlanishini shunchalik pasaytiradiki natijada izolyatsiya oʻta kuchlanishga emas balki ishchi kuchlanishga xam chidamaydi. SHuning uchun dielektriklarning elektr mustaxkamligi vaqti vaqti bilan davriy ravishda joriy ta’mirlash paytida tiklanib turadi. Koʻpincha izolyatsiyadagi defektni xar doim xam ilgʻab boʻlmaydi, shuning uchun ularni topish ma’lum maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida olib boriladi va unga izolyatsiyaning profilaktikasi deyiladi. Izolyatsiyani toʻgʻri ekspluatatsiya qilish uchun uni davriy ravishda nafaqat joriy ta’mirlash vaqtida balki ishlash davrida olib boriladi. Elektr sistema izolyatsiyalarini ekspluatatsiya qilishda profilaktik sinash quyidagi elementlarda bajariladi: 1.Aylanuvchi elektr mashinalari izolyatsiyasini xususiy razryadlanishga sinash; 2.Osuluvchan, oʻtuvchan va tayanch izolyatorlarini profilaktik sinash; 3 Transformatorlar izolyatsiyasini proflaktik sinash; 4. Qovushqoq moy singdirilgan kabellarni profilaktik sinash. Xar turdagi izolyatsiyaga ma’lum bir turdagi defektlar xos, ularning fizikaviy xosasini va ularning paydo boʻlish sabalarini oʻrganish izolyatsiyani profilaktik qilishning masalariga kiradi. Bu bir tomondan izolyatsiyani toʻgʻri ishlatishni tashkil qilishga imkon bersa, ikkinchi tomondan profilaktik sinashning usullarini ishlab chiqishga imkon beradi. Izolyatsiyada kuzatiladigan defektlarning turli tumanligiga qaramay ularni ikki gruxga boʻlish mumkin: a) maxaliy defekt; b) tarqalgan defektlar. Maxaliy defektlar dielektrikning ma’lum bir qismida paydo boʻladi. Misol chini izolyator qolpogʻining tagida mexanik yuk ta’sirida paydo boʻladigan yoriqlar. CHunki bu yoriqlar izolyatorning mexanik mustaxkamligini pasaytirib qolmasdan uning teshilish kuchlanishini xam pasaytiradi. Tarqalgan defektlar esa dielektrikning butun xajmini egalaydi yoki uning anchagini qismini egalaydi. Misol koʻp qatlamni izolyatsiyaning (elektr mashinalar izolyatsiyasining) tashqi namlikni yutish xisobiga xoʻllanishi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling