Antropologiya va etnologiya
Download 113.37 Kb.
|
1 2
Bog'liqbirinchi xafta
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bosqich magistranti Ergasheva Bahridil G`olibjonovnaning fevral oyidan may oyigacha o`tkaziladigan ilmiy amaliyot
- Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti
- Institut direktorlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI “ANTROPOLOGIYA VA ETNOLOGIYA” KAFEDRASI “70230501”-Etnografiya, Etnologiya va Antropologiya mutaxasisligi II bosqich magistranti Ergasheva Bahridil G`olibjonovnaning fevral oyidan may oyigacha o`tkaziladigan ilmiy amaliyot davrining birinchi xafta xisoboti (6.02.23/10.02.23) HISOBOTI TOSHKENT-2023 Ilmiy amaliyotning ilk xaftasi 6.02.23 dan 10.02.23 ga qadar O`R FA Tarix instituti etnografiya va antropologiya ilmiy markazi faoliyati bilan tanishishni maqsad qilib qo`yilgan amaliyot rejamizda va men institut faoliyati bilan bevosita tanishdim. Unga ko`ra quyidagi ma`lumotlarni oldim. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti — oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini oʻrganuvchi, tarix sohasidagi ilmiy tadqiqotlarlarni muvofiqlashtiruvchi, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlovchi tadqiqot muassasasi. 1943-yil 4-noyabrda SSSR Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston filiali Til, adabiyot va tarix instituti negizida tashkil topgan. Dastlabki paytda institutda sovet jamiyati tarixi, yangi tarix, qadimgi va oʻrta asrlar tarixi, arxeologiya, etnografiya hamda huquq boʻlimlari boʻlgan. Oʻzbekiston tarixini chuqur oʻrganish borasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ishlari koʻlamining kengayganligi hamda yetarli ilmiy kadrlar tayyorlanganligi tufayli mustaqil ilmiy tadqiqotlar institutlari — Falsafa va huquq instituti (1958, Toshkent), Arxeologiya instituti (1970, Samarqand) ajralib chiqqan. Sovet davrida hukmron mafkura taʼsirining katta boʻlishiga qaramasdan institut xodimlari tomonidan Oʻzbekistonning eng qadimgi, oʻrta asrlar, mustamlaka davri boʻyicha yirik ilmiy tadqiqotlar ishlari amalga oshirilgan. Tarix institutining rivojida Yahyo Gʻulomov, Ibrohim Moʻminov, Mixail Andreyev, Olga Suxareva, Karim Shoniyozov, P. Aminova, Melixon Oxunova, Boris Lunin, Hamid Ziyoyev, R. Rajapova, Dilorom Alimova va boshqa olimlarning xizmatlari katta boʻldi. 1998-yil 27-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi qarori asosida institut tashkiliy tuzilmasi va tarix fanining vazifalarini strategik jihatdan oʻzgartirdi. Ushbu qarorga koʻra, tarixchilar tomonidan milliy mustaqillik nuqtayi nazaridan oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Institutning tadqiqot ishlari shu konsepsiya asosida amalga oshirilmoqda. Tarix instituti Oʻzbekiston hududlarida ilk davlatchilik asoslarini yuzaga keltirgan tarixiy shartsharoitlar va davlatning kelib chiqish masalasini atroflicha taxlil etish va aniqlash; oʻzbek xalqi etnogenezi muammolari boʻyicha arxeologik va barcha turdagi yozma manbalar tadqiqotlari natijalarini jamlash, har tomonlama ilmiyqiyosiy tahlil qilish va muvofiqlashtirish, eng qadimdan hozirga qadar davlatchilik tarixiy bosqichlarida hududimizda yashagan xalqlarning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, madaniy va maʼnaviy qayoti masalalarini oʻrganish, xolisona tadqiqotlar natijalari asosida ilmiy, ilmiy ommabop asarlar, darsliklar yaratish ustida ish olib boradi. Tarix instituti qoshida Respublika tarix tadqiqotlarini muvofiqlashtiruvchi kengash; tarixiy adabiyotlar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalarini muhokama va chop etish boʻyicha Respublika ekspert komissiyasi ish olib boradi. Tarix institutida doktorantura, aspirantura va tadqiqotchilik tizimi mavjud boʻlib, undan chet ellik tadqiqotchilar ham (jumladan, AQSH, Koreya, Fransiya, Turkiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan) foydalanadilar. Tarix instituti qoshida tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash mavjud. Tarix instituti negizida barcha tarixchilarni birlashtiruvchi Yahyo Gʻulomov nomidagi „Oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixi“ respublika ilmiy seminari muntazam faoliyat koʻrsatadi. Mustaqillik yillarida institut tomonidan „Oʻzbekiston tarixi“ maxsus tarixiy ilmiy jurnal, davriy nashrlar, „Oʻzbekiston tarixining yangi sahifalari“ tadqiqot risolalari va Oʻzbekiston tarixining turli davrlariga bagʻishlangan bir qator yirik monografiyalar nashr etildi. Mustaqillik yillarida institut mamlakatda tarixiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va malakali ilmiy kadrlar maktabini shakllantirish markaziga aylandi. Tarix instituti huzurida Oʻzbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti, Jahon Iqtisodiyoti Va Diplomatiya Universiteti, Samarqand Davlat Universiteti va Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti ishtirokida „Oʻzbekiston tarixi“ qoʻshma kafedrasi tashkil qilingan hamda tarix faniga ixtisoslashtirilgan Toshkentdagi 9, 216 va Buxorodagi 6 oʻrta maktablar bilan hamkorlik olib boradi. Tarix institutida xalqaro aloqalar keng yoʻlga qoʻyilgan, xususan Markaziy Osiyo tarixini oʻrganish uchun Yevropa, AQSh, Turkiya va MDHning yirik ilmiy tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Toshkentda oʻtkazilgan bir qator xalqaro anjumanlarning („Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash“, 1999, Germaniya bilan hamkorlikda; „Markaziy Osiyo tarix koʻzgusida: oʻtmishdan kelajakka“, 2002, Koreya bilan hamkorlikda; „Markaziy Osiyo sivilizatsiyalashgan taraqqiyot yoʻlida“, 2003, Koreya bilan hamkorlikda; „Sharq tarixida yoshlar harakati“, 2003, Gollandiya bilan hamkorlikda) tashkilotchisi boʻldi. YUNESCO tomonidan nashr etilgan „Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi“ koʻp jildlik asarning mualliflari tarkibida institut ilmiy xodimlari — D. Alimova, R. Mukminova, R. Rajapova, E. Karimov, A.Muhammadjonovlar qatnashdilar. Tarix institutining Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi, moddiy madaniyat tarixi, etnografiyasi, tarixiy etnografiya va etnik tarix, tarixshunoslik va ilmiy bibliografik axborot, mustamlaka davri tarixi, mustaqillik davri tarixi boʻlimlarida 20 ta fan doktori, 25 ta fan nomzodi faoliyat koʻrsatadi Institut direktorlari Zarif Radjabov (1943-1945) Vasiliy Shishkin (1945-1947) Vladimir Nepomnin (1947-1949) Rashid Nabiyev (1949-1952) Habib Tursunov (1952-1955) Ibrohim Mo‘minov (1955-1956) Yahyo G‘ulomov (1956-1959) Abdusamat Boboxojayev (1959-1964) Melixon Oxunova (1965-1986) Raʼno Rajapova (1986-1991) Axmadali Asqarov (1991-1995) Axad Muhammadjonov (1996-1998) Mirsodiq Is’hoqov (1998-2000) Dilorom Alimova (2000-2010) Ravshan Abdullayev (2011-2019) Azamat Ziyo (2019-yildan hozirga qadar)
Download 113.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling