Antropozoonoz infeksiyalar. Reja


Download 26.2 Kb.
bet2/7
Sana08.05.2023
Hajmi26.2 Kb.
#1446620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ANTROPOZOONOZ INFEKSIYALAR.

Tulyaremiya. Limfa tugunlari, o'pka, ichak to'qimasining yallig`lanishi, umumiy intoksikatsiyasi bilan kechadigan og'ir yuqumli kasallik.
Sababi. Kasallikni tulyaremiya tayoqchasi deb ataluvchi mikrob qo'zg'atadi. Kemiruvchilar (kalamush, sichqon) infeksiya manbai hisoblanadi. Ularning chiqindisi bilan zararlangan suv manbalari, don mahsulotlari va boshqa oziq-ovqatlar orqali mikroblar odamga yuqadi.Kemiruvchilardan mikroblar chivin va kanalar orqali ham odamga yuqishi mumkin.
Belgilari. Tulyaremiyaning to'rtta turi bo`ladi: bubonli, o'pka, ichak va septik.
Tulyaremiyaning bubonli turi ko'proq uchraydi. Bunda chov, qo`ltiq osti, bo'yin sohasidagi limfa tugunlari yallig`lanadi, kattalashadi. Ba'zida bezning hajmi tuxum kattaligida bo`lishi mumkin.O'z vaqtida davolash choralari ko'rilmasa, yallig`langan limfa tugun yiringlaydi. Bemor yuzining qizarishi, tana haroratining 40 daraja va undan yuqori bo`lishi, umumiy intoksikatsiya kuzatiladi.
Tulyaremiyaning o'pka turida o'pka darvozasi atrofidagi limfa bezlari yallig`lanadi va kattalashadi, ular yiringlashi mumkin.Bemorning tana harorati yuqori, nafasi qiyinlashadi, yo`taladi.
Tulyaremiyaning ichak turida ichaklar atrofidagi charvining limfa bezlari yallig`lanadi, kattalashadi va yiringlaydi. Bemorning qornida og'riq bo`ladi, tana harorati ko'tariladi.
Tulyaremiyaning septik turi bubon, ichak, o'pka turlarini o'z vaqtida davolamaslik natijasida, mikroblar qonga o`tishi va butun tanaga tarqalishi tufayli, barcha to'qima - a'zolarning zararlanishi bilan

kechadi. Bemorning umumiy ahvoli juda og'ir, jigar, taloq kattalashadi, tana harorati 40-42 darajagacha ko'tariladi.


Tibbiy yordam.
1.Tulyaremiya bilan kasallangan bemor tez yordam chaqirilib, zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilishi kerak.

  1. Tez yordam kelgunicha bemorni tana harorati yuqori bo`lsa, uni tushirish (umumiy qabul qilingan tartib bo'yicha);

  2. Yurak-tomir ishini yaxshilash uchun kofein, kamfora, kordiamin (bittasi) - 1-2 ml teri ostiga;

4.Bemorni parvarish qiluvchilar maxsus himoya kiyimlaridan foydalanishlari lozim (ikki qavatli xalat, qo`lqop, og`iz-burunga 4 qavatli marlidan tayyorlangan bo'gich (maska)).

Download 26.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling