Antropozoonoz infeksiyalar. Reja


Download 26.2 Kb.
bet6/7
Sana08.05.2023
Hajmi26.2 Kb.
#1446620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ANTROPOZOONOZ INFEKSIYALAR.

Oldini olish. 1.It, mushuk, kalamush, sichqon va boshqa hayvonlarning tishiashidan saqlanish chorasini ko'rish. Buni ayniqsa, bolalarga tushuntirish.
2.Yuqorida aytilgan hayvonlar tishlasa, tindalasa albatta Sanitariva- epidemiologiya markazining rabiolog shifokoriga murojaat qilish zarur. Uning ko'rsatmasi bo`yicha qorin sohasi terisiga vaksina yuboriladi (10 tadan 40 tagacha). Agar tishlagan hayvonni tutib, qamab quyib kuzatilganda, unda 10 kun davomida kasallanish belgilari ro'y bermasa - emlash to`xtatiladi.Agar hayvon kasallansa, yoki u qochib ketsa - emlash 40 tagacha davom ettiriladi. O'tkir va o'tkir qaytalovchi brutsellyozda bemorga quyidagi antibiotiklar buyuriladi: tetratsiklin guruhi, rifampitsin, levometsitin va baktrim (biseptol) ikkalasi birgalikda. Yuqoridagi antibiotiklar navbat bilan 10-12 kundan, o'rtada 7-10 kun tanaffus qilib, 2-3 kurs qabul qilinadi.
Bo'g'imlar va muskullarning yallig`lanishiga qarshi butadion, indometatsin, voltarin.
Fizioterapevtik muolajalar (diatermiya, sollyuks, UVCH, parafin kabilar).
Oldini olish. l.Chorva mollarini veterenariya nazoratidan o'rkazib turish. Kasallangan mollarni davolash.
2.Go'sht-sut mahsulotlarini sanitariya nazoratidan o'tkazib, yaxshi pishirib iste'mol qilish.
3.Chorva mollarida brutsellyoz tarqalgan hududlarning chorvadorlarini bu kasalga qarshi emlash.
Quturish (gidrofobiya). Bosh miya nerv to'qimasining zararlanishi bilan kechadigan va bemorning o`limi bilan tugaydigan o'ta xafli zoonoz infeksion kasallikdir.
Sababi. Kasallikni nervatrop RNK saqlovchi viruslar qo`zg`atadi. Virus kasallangan hayvon tishlashi natijasida sog' odamga yuqadi.Hayvon tishlagan joy miyaga qancha yaqin bo'lsa, kasallanish xavfi shuncha ko'p bo`ladi. Tibbiy kuzatuvlarning aniqlashiga ko`ra odamning yuz sohasi tishlanganlarning uchtadan ikkitasi, oyoq sohasi tishlanganlarning to'rtadan bittasi kasallangan.
Belgilari. Kasallik to'rt davrda kechadi:
1. Kasallikning yashirin davri - 1 oydan 3 oygacha, ayrim hollarda 10 kungacha qisqarishi yoki 1 yilgacha va undan ko'proq uzayishi mumkin.
2. Kasallikning boshlanish davri - 1-3 kun bo`lib, quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: tishlangan joyning yarasi bitib ketishiga qaramasdan, shu joyning terisi qaytadan yallig'lanadi, qichiydi, og'riydi, og'riq nerv tolasi bo'ylab tananing yuqori qismiga tarqaladi. Bemorning boshi og'riydi, bo`shashadi, ichi ketadi, og'zi quriydi, tana harorati ko'tariladi. Uyqusizlik, qo'rqinchli tushlar ko'rish, sababsiz qo'rqish, kayfiyatini tushishi, g'amginlik kuzatiladi.
3.Kasallikning avj olish davri - bemorda qo'zg'olish, notinchlik yuzaga keladi. Suv icholmaydi, hatto suvni ko'rganida halqum va hiqildoq muskullari tirishib, nafasi qisib qoladi. Bemorning tana harorati ko'tariladi, nafas va yurak- tomir ishi buziladi.Bu davr 2-5 kungacha davom etishi mumkin.
4. Terminal (paralich) davri - bemor tinchlanadi, qo'rqish yo'qoladi, suvni ko'rganda nafasi qisilmaydi. U ovqat va suv iste`mol qila boshlaydi, go`yo tuzalayotganga o'xshab ko'rinadi. Ammo, to`satdan yurak urishi kuchsizlanadi, arterial qon bosimi pasayadi, qo'l-oyoqlarda shol holati yuzaga keladi.Tana harorati 42° gacha ko'tariladi.Nafas va yurak markazining zararlanishi natijasida bemor hayotdan ko'z yumadi.
Tibbiy yordam.1.Bemor yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanadi.Xonada shovqin, o'ta yorug'lik bo`lmasligi kerak.Tibbiy yordam asosan bemorning ahvolini oz bo'lsada yengillashtirishga yo`naltiriladi, nafas olishni osonlashtirish, yurak-tomir quvvatini oshirish, tana haroratini pasaytirish, intoksikatsiyani kamaytirish kabilar.
Oldini olish. 1.It, mushuk, kalamush, sichqon va boshqa hayvonlarning tishiashidan saqlanish chorasini ko'rish. Buni ayniqsa, bolalarga tushuntirish.
2.Yuqorida aytilgan hayvonlar tishlasa, tindalasa albatta Sanitariva- epidemiologiya markazining rabiolog shifokoriga murojaat qilish zarur. Uning ko'rsatmasi bo`yicha qorin sohasi terisiga vaksina yuboriladi (10 tadan 40 tagacha). Agar tishlagan hayvonni tutib, qamab quyib kuzatilganda, unda 10 kun davomida kasallanish belgilari ro'y bermasa - emlash to`xtatiladi.Agar hayvon kasallansa, yoki u qochib ketsa - emlash 40 tagacha davom ettiriladi.

Asosiy adabiyotlar:




  1. Download 26.2 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling