O‘rganish. Ob’ektning sistematik holati


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1351809
  1   2   3
Bog'liq
11-Laboratoriya umurtqali. (1)



11-mavzu: (11)Quyon misolida sutemizuvchilarning tashqi tuzilishi, teri qoplamini 
o‘rganish. 
 
Ob’ektning sistematik holati 
Tip. Xordalilar — Chordata 
Kenja tip. Umurtqalilar — Vertebrata yoki Bosh skeletlilar - Craniata 
Katta sinf. To‘rt oyoqlilar - Tetrapoda 
Sinf. Sutemizuvchilar — Mammalia 
Turkum. Tovushqonsimonlar — Lagomorpha 
Vakil. Tolay tovushqoni — Lepus tolai Pall. 
Kerakli materiallar va jihozlar: tirik quyon, endigina o‘ldirilgan quyon yoki oq kalamush, 
turli ekologik guruhlarga kiruvchi sutemizuvchilar vakillarining tulumlari, qo‘l lupasi, 
mikroskop, buyum oynachalari, preparoval ninalar, pinset, qaychi, sut emizuvchilar tashqi 
ko‘rinishi va terisining tuzili- shi aks ettirilgan jadvallar. 
Mashg ‘ulotning maqsadi: quyon yoki kalamush misoli- da sutemizuvchilar sinfi 
vakillarining tashqi tuzilishi va teri qoplamini o‘rganish. 
Ishning mazmuni: sutemizuvchilar umurtqali hayvonlar ichida eng yuksak darajada 
rivojlangan bo‘lib, xilma-xil sha- roitlarda yashashga moslashgan. Ularning boshqa umurtqali 
hayvonlarga nisbatan asosiy progressiv belgilari quyidagilardir: 
1. 
Markaziy nerv sistemasi, ayniqsa oldingi miya katta yarim sharlarining kulrang moddasi 
— oliy nerv faoliyatining markazi yuksak darajada takomillashgan. Markaziy nerv siste- 
masining murakkab tuzilganligi bu hayvonlarga o'zgarib tura- digan yashash muhiti ta’sirida 
yangi ko‘nikmalami oson va tez hosil qilish, ya’ni o‘zgaruvchan sharoitga tez moslashuv im- 
konini beradi. 
2. 
Tirik tug‘adi va bolalarini sut bilan boqadi. 
3. Termoregulyatsiyaning juda takomillashganligi tana tem- peraturasining doimiyligini 
ta’minlaydi. 
Yuqorida ko'rsatilgan progressiv belgilaridan tashqari, sut- emizuvchilarda yana o'ziga xos 
tuzilish belgilari bor, ya’ni sutemizuvchilaming tanasi yung bilan qoplangan va ulaming terisi 
turli bezlarga juda boy. Yuragi to‘rt kamerali bo‘lib, chap aorta yoyi saqlangan. Tishlari 
differensiallangan bo‘lib, kurak, qoziq, kichik oziq va katta oziq tishlarga bo‘lingan. Eshitish 
organi uch bo'limdan iborat bo‘lib, o‘rta qulog‘ida uchta eshitish suyakchalari (uzangi, sandon 
va bolg‘acha) bor. 
Sutemizuvchilarda ana shunday tuzilishdagi progressiv belgilari asosida ular turli sharoitlarda 
yashashga yaxshi moslash- gan. Geografik nuqtai nazardan sutemizuvchilar Antarktida- ning 
markaziy qismidan tashqari dunyoning barcha qit’alarida tarqalgan. Ular hamma muhitda, ya’ni 
suvda, yer ostida, yer ustida va daraxtlarda yashaydi. Ayrim turlari uchishga ham moslashgan 
(99-100-rasmlar). 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling