O‘rganish. Ob’ektning sistematik holati
Quyonning tashqi tuzilishini o'rganish
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
11-Laboratoriya umurtqali. (1)
Quyonning tashqi tuzilishini o'rganish
1. Quyonni oldimizga qo‘yib, gavdasining tashqi tuzilishi bilan tanishamiz. Uni bo‘ynining ustidagi terisidan ushlab, gavda qismlarini qarab chiqamiz. Gavdasi bosh, bo‘yin, tana, dum va ikki juft oyoqlarga bo'linishini ko‘zdan kechiramiz. 2. Quyonning harakat qilishini, qaysi oyoqlari qisqa va qaysi oyoqlari uzun ekanligini qarab chiqamiz. 3. Bir burda non yoki sabzini quyon og‘ziga yaqin keltirib, unga bermasdan, ovqatni asta — sekin yuqoriga ko'tarib quyonni o‘tirishga majbur qilamiz. Bunday holatda quyon nima qiladi, qanday o‘tiradi va oyoqlarining qaysi qismlariga ta- yanishini aniqlaymiz. 4. Quyon bumining uchi va lablaridan tashqari, gavdasining hamma joyi yung bilan qoplanganligi, yungini puflasak to‘garak girdob hosil bo‘lishini, shu girdobga qarab quyondaikki xil yung, ya’ni uzun va qayishqoq yunglar, ularning orasida esa ingichka, kalta va mayin yunglar borligini ko'zdan kechiramiz. 5. Quyon boshining tuzilishi bilan yaxshiroq tanishamiz. Boshining oldingi qismida ustki va ostki lablar bilan o‘ralgan og‘iz teshigi borligi, ustki labida sezgi, tuyg‘u vazifasini ba- jaruvchi uzun qillari - vibrissalari borligini qarab chiqamiz. Quyonga sabzi yoki yosh novdani uzatib, uni qanday kemirishini kuzatamiz. Quyon ustki labining ikkiga bo'linganligi, bunday lab ildizmeva, novda, o‘t va boshqa o‘simliklami kemirganda unga halal bermasligini ko'zdan kechiramiz. Lab ostidagi oldingi kurak tishlarini topamiz. Quyon kemirganda yuqorigi kurak tishlarining pastki kurak tishlariga nisbatan qanday holda bo'lishini va jag‘lar yumil- ganda bulardan qaysilari tashqi tomonda va qaysilari ichki tomonda yotishini kuzatamiz. 99-rasm. Sutemizuvchilaming tabiiy nltihltga moslashuv tiplari: Yer ustida yashovchi sutemizuvchi- lar vakillari: 1-bo‘ri, 2- gepard, 3-jayron, 4-asl bug‘u, 5-sakrovchi-qo‘shoyoq. Yer ostida yashovchi sutemizuvchilar vakillari:6-krot, 7-gigant ko'rsichqon. Ustki labini ko'tarib, ustki kurak tishlari orqasida joylashgan bittadan kichik qo‘shimcha kurak tishlari borligini topamiz. Boshining ikki yonidagi ko'zlarida harakatchan yuqorigi va pastki qovoqlari, ularining chetlarida esa kipriklari borligini, ko‘zining oldingi ichki burchagida reduksiyaga uchragan kichki- na burma shaklidagi uchinchi qovoqni, ya’ni pirpiratuvchi parda qoldig‘i borligini ko‘zdan kechiramiz. Boshining yon tomonida, ko‘zidan yuqoriroqda kuchli taraqqiy etgan quloq supralari dikkayib turganini ko'ramiz. Tumshug‘ining oldingi qismida joylashgan ikkita burun teshik- larini topamiz. Quyon bo‘ynining qisqaligi, tanasining katta hajmda ekanligi, tanasi kichik dum bilan tugashini, dumi ostida anal teshigi va siydik - tanosil teshigi borligini ko‘ramiz. Urg‘ochi quyonning sut bezlari va 5 juft so‘rg‘ichlari tanasining qorin tomonida joylashganligini ko‘zdan kechiramiz. Quyon oyoqlarini ko‘zdan kechirib, keyingi oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan ancha uzunligi, oldingi oyoqlarida beshtadan, keyingi oyoqlarida esa to‘rttadan barmoqlari borligini, barmoqlarining uchlarida timoqlarini ko‘raniiz. Quyida quyonning tashqi tuzilishi to‘g‘risida to‘laqonli ma’lumotlar keltiriladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling