Qizil suvo’ttoifalar bo’limi – (rhodophyta)
Download 1.45 Mb.
|
1 2
Bog'liqQIZIL SUVO’TTOIFALAR BO’LIMI –
QIZIL SUVO’TTOIFALAR BO’LIMI – (RHODOPHYTA)Reja:
Umumiy tasnifi Qizil suvo’ttoifalarini xromotofor tarkibida xlorofill "a" va "v" h amda karatinoidlardan (V-korotin, zeaksantin, anteraksantin, kriptoksantin, lyutein, neoksantin) pigmentlar bo’ladi. Yuqorida nomlari keltirilgan pigmentlardan tashqari xromotafor tarkibida suvda eriydigan qizil rang beruvchi - fikoeritrin va ko’k rang beruvchi-fikosian hamda allofikosianin pigmentlar ham bo’ladi. Bu pigmentlarni turli nisbatlarda qo’shilishidan qizil suvo’tlarning rangi qizil, pushti va och binafsha rangda bo’ladi. Xloroplast po’sti ikkita membranadan iborat bo’lib, unda tilakoidlar yakka-yakka joylashgan. Tilakoid ustidan fikobisomlar o’rnashgan. Genofora tarqoq bo’lib, joylashgan. Ko’pchilik qizil suvo’ttoifalari vakillarida xromotofora plastinka yoki tariqsimon shaklda bo’lib, pirenoidi bo’lmaydi. Tuban vakillarida xromotofora yulduzsimon va pirenoidga ega fotosintez mah suloti polisaxaridlardan "bagryan kraxmali" hosil bo’ladi. Yod ta’sirida qo’ng’ir – qizil tusga kiradi. Hosil bo’lgan zapas modda pirenoid va xromotofora atrofida yig’ilmasdan, sitoplazmada to’planadi. Qizil suvo’ttoifalarining xarakterli belgilaridan biri shuki, ularda aktiv harakat qiladigan xivchinli stadiyalari bo’lmaydi, bo’ndan tashqari jinsiy ko’payish murakkab tuzilgan organlar orqali bo’ladi. Qizil suvo’ttoifalari, qo’ng’ir suvo’ttoifalar singari faqat dengizlarda o’sadi. Qizil suvo’ttoifalarni tallomi to’zilishi jih atdan juda ham oddiy: bir hujayrali kokkoid (porfiridium), rizoidlari yordamida substratga birikkan va shoxlangan ipsimon (geterotrixal) vakillari ham uchraydi. Bundan tashqari tallomi, asosan, ipsimon bir, ikki yoki ko’p qator hujayralardan tuzilgan yoki shoxlangan bo’lib, ipsimon tallomning uchidagi hujayralarning bo’linishi hisobiga o’sadi. Tallomi plastinkasimon (porfira) parenximatik hujayralarini ko’ndalangiga va eniga bo’linishi hisobidan o’sadi. Qizil suvo’ttoifalarining hujayra po’sti pektin moddasi aralashgan sellyulozadan iborat. Pektin moddasi ko’pincha hujayraning bukishiga, tallomni doimo shiliqlanishiga olib keladi. Ba’zan hujayra devorida ohak to’planadi. Yetuk murakkab (floridiyasimonlar) ajdodi vakillarining hujayrasi bo’lingan vaqtda, hujayra devorida poralar uchramaydi. Hujayra protoplasti, protoplazma, bitta yoki bir necha yadro va jo’da ko’p miqdorda donchasimon yoki lentasimon xromotoforalarga ega. Bangiyasimonlar ajdodining vakillarida yulduzsimon xromotofora bo’lib, bitta markaziy perinoidga ajralgan. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling