Qizil suvo’ttoifalar bo’limi – (rhodophyta)
Download 1.45 Mb.
|
1 2
Bog'liqQIZIL SUVO’TTOIFALAR BO’LIMI –
Ko’payishi
Jinssiz ko’payishi sporangiyda bittadan yalang’och hujayra-monospora yoki to’rttadan tetrospora hosil qilish vositasida bo’ladi. Monospora tuban, tetrospora esa yuksak tuzilgan bo’lib, diploidli sporofit (tetrosporofit) da hosil bo’ladi. Mono va tetrosporalar yetilgandan so’ng suvga tushadi, substratga yopishib o’sib yangi individga aylanadi. Jinsiy ko’payishi oogoniya. Bu prosess murakkab tuzilgan jinsiy organlar orqali bo’ladi. Qizil suvo’ttoifalarni oogoniyasi k a r p o g o n deb ataladi. Floridasimon qizil suvo’ttoifalarining karpogoni ikki qismdan iborat. U ingichka, chiqziq bo’g’izli qolibga o’xshash bo’lib, osti - qo r i n ch a, bo’yni esa - t r i x o g i n a deyiladi. Qorincha qismida yadro va xromotoforalari bo’lib, trixogina rangsiz protoplazma bilan to’lgan. Anteriydisi bir hujayrali, rangsiz bo’lib, shoxlarining uchida, ko’pincha, karpogon yonida, yoki boshqa to’pda to’da-to’da h olda o’rnashadi va uning ichida bittadan sharsimon, harakatsiz erkak gameta - s p ye r m a s i y h osil bo’ladi. Spermasiy yetilgandan so’ng, suv oqimi bilan harakat etib, karpogonining trixogina bo’yinchasiga yopishadi. Shundan so’ng ularni devori eriydi va spermasiy yadrosi bilan qo’shiladi. Karpogonni bazal qismi to’siq bilan o’ralib, trixoginadan ajraladi, keyin trixogina so’lib qoladi. Zigota rivojlanib karposporalarga aylanadi. Kartogonni rivojlanish usullari qizil suvo’ttoifalari sistematikasida muhim ahamiyatga ega. Ba’zi qizil suvo’ttoifalarining zigotasi (urug’langan karpogon) bo’linib, harakatsiz spora-karpospor, boshqa bir xil turlarida urug’langan karpogondan shoh langan iplar- g o n i m o b l a s t a r yetiladi, ularni h ujayralaridan karposporangi rivojlanadi. Har qaysi karposporangidan bittadan karpospora hosil bo’ladi. Nihoyat, ko’pchilik qizil suvo’ttoifalarning gonimoblastlari to’g’ridan-to’g’ri urug’langan karposporaning qorin qismidan o’smasdan, q u sh i m ch a a u k s i l ya r deb ataladigan h ujayralardan rivojlanadi. Agar auksilyar h ujayralari karpogondan yiroqlashgan bo’lsa, u vaqtda karpogonning qorin qismidan q u sh u v ch i yoki o o b l a s t ye m iplar o’sadi. Bu ipchalar koulyasiya qilingan yadrodan rivojlanadi; shuning uchun ooblastem ipchalar diploid yadroga ega. Ooblastem ipchalari o’sib, auksilyar hujayralarga yaqinlashadi va po’sti eriydi hamda bir-biri bilan qushiladi, lekin o’larni yadrolari (ooblastem hujayrasi diploid, auksilyar esa gaploidli) qo’shilmaydi. Auksilyar hujayra qo’shilgandan so’ng, ooblastem hujayrasining diploidli yadrosining bo’linishi tezlashib, undan diploid gonimoblastlar o’sadi. Ana shu gonimoblastlardan diploidi karposporalar uyumi taraqqiy etadi. Gonimoblastdan karposporalar rivojlanagaligi uchun ularni k a r p o s p o r o f i t deb ataladi. Karposporalar o’sib, undan yangi individ yetiladi. Karposporalar yakka joylashmay, ko’pincha, uyum -s i s t o k a r p h osil qiladi. Qizil suvo’ttoifalarning ko’pchilik turlarida nasllar navbatlanish takomillashgan bo’lib, sporofit naslda tetrospora hosil bo’ladi. Hosil bo’lish oldidan u reduksion bo’linadi. Tetrosporaning o’sishidan spermasiy va karpogonlarning qo’shilishi natijasida hosil bo’ladigan karposporalar diploid xromosomali bo’ladi. . Qizil suvo’ttoifalar bo’limi ikki ajdodga: Florideophyccae va Bangiophceae bo’linadi Florideophyccae Bangiophceae Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling