Anvarov javoxir “Temir” mustaqil ish
Download 210.21 Kb.
|
Anvarov JavoxirMustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elementlar davriy sistemasida joylashgan orni
- Tabiatda tarqalishi
- Olinishi
- 3Fe3O4+8Al=9Fe+Al2O3
- Kimyoviy xossalari
- Fe + S — FeS
- 3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2
Anvarov javoxir “Temir” MUSTAQIL ISHReja:
Elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rniTemir Davriy sistemaning sakkizinchi guruhi yonaki guruhchasida joylashgan. Tartib nomeri 26. Kimyoviy belgisi Fe. Nisbiy atom massasi 55,847 ga teng. d-metallar oilasiga kiradi.Atom tuzilishiTemir atomining elektron konfiguratsiyasiKimyoviy reaksiyalarda temir atomi 4s-tashqi elektron qobig'idan ikkita elektron ajratib, +2 zaryadli ionga aylanadi. Fe+2 ioni 3d-qavatdan yana bitta elektronni ajratib, +3 zaryadli ionga aylanishi mumkin. Temir +2 va +3 oksidlanish darajasiga tegishli birikmalar qatorini hosil qiladiTabiatda tarqalishiAlyuminiydan keyin temir yer yuzasida eng ko'p tarqalgan metalldir. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda temir yer yadrosini tashkil qiladi, bu holda temir yer sharida eng ko'p tarqalgan metall bo'lib, qoladi. Yer qobig'ida temirning massa ulushi 4,2 % ni tashkil qiladi. Temir tabiatda birikmalar holida uchraydi. Osmon jismlari-meteoritlarda esa erkin holda uchraydi. Temirning asosiy minerallari: magnetit-magnit temirtosh Fe3O4, gematit-qizil temirtosh Fe2O3, limonit-qo'ng'ir temirtosh 2Fe2O33H2O, siderit-temir shpati FeCO3, pirit-temir kolchedani FeS2 .OlinishiTemir quyidagi usullar bilan olinishi mumkin.1. Temirni uning oksidlaridan vodorod, uglerod yoki is gazi ta'sir ettirib olinadi.FeO + H2 = Fe + H2O; Fe2O3 + 3CO = 2Fe + 3CO2.2. Temir oksidlaridan alyuminotermiya usuli bilan;3Fe3O4+8Al=9Fe+Al2O3Fizik xossalariToza temir-kumushsimon oq rangli, havoda tezda xiralashuvchi, yetarlicha yumshoq va bolg'alanuvchan, kuchli magnit xossalariga ega metall bo'lib, issiqlik va elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Suyuqlanish harorati 1534,83°C, zichligi 7874 kg/m3; izotop soni 16 (49^63);Kimyoviy xossalariHavoda qizdirilganda temir oksidlari aralashmasini-temir kuyindisini hosil qiladi:3Fe + 2O2 -> Fe3O4 yoki FeO-Fe2O3Temir qizdirilganda xlor, oltingugurt, uglerod, azot bilan reaksiyaga kirishadi:2Fe + N2 — 2FeN temir (Il)-nitridFe + S — FeS temir (Il)-sulfid3Fe + C - Fe3C temir karbid2Fe + 3Cl2 - 2FeCl3 temir (III)-xloridCho'g'langan temir suv bug'i bilan ta'sirlashadi, natijada temir kuyindisi va vodorod hosil bo'ladi, lekin bu reaksiya qaytar reaksiya hisoblanadi:3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2Nam havo va suvda temir korroziyaga uchraydi, yemiriladi, zanglaydi.IshlatilishiTemir boshqa metallar orasida inson uchun eng katta ahamiyatga ega metalldir. Zamonaviy texnikaning barcha sohalari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bog'liq. Amaliyotda toza temirdan kamroq, lekin uning qotishmalari bo'lib hisoblanadigan - po'lat va cho'yandan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ularning ahamiyati shu darajada kattaki, ular alohida - qora metallar deb, boshqa metallardan ajratilgan. Po'lat va cho'yan bilan esa keyingi mavzuda tanishamiz.Download 210.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling