Аҳоли географияси doc


va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/24
Sana15.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1487115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Аҳоли географияси

va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Aholi geografiyasi” – asosiy mutaxassislik fani hisoblanib, 4 semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish
o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, ximiya), umumkasbiy (umumiy er bilimi,
topografiya va kartografiya asoslari, jahon geografiyasi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari, hududiy majmualarning
nazariy asoslari, O‘zbekiston geografiyasi) fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.Fanning
ishlab chiqarishdagi o‘rni
Aholi haqidagi nazariy bilimlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida muhim amaliy ahamiyatga ega. Jumladan,
davlat boshqaruv organlari (mehnat, statistika, iqtisodiyot, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimlari), oliy o‘quv yurtlari,
ilmiy-tadqiqot muassasalarida ushbu soha mutaxassislariga talab katta. Aholi geografiyasi bo‘yicha olingan
ko‘nikmalardan o‘rta umumta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘z o‘lkalarida aholi va mehnat resurslari haqidagi bilimlarni
o‘quvchilarga etkazishda foydalaniladi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Aholi geografiyasi” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullardan
foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Ma’ruza va amaliy
mashg‘ulotlar chog‘ida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
“Aholi geografiyasi” fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan:
-
aholi geografiyasi nazariyasi bo‘limiga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari
yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalaridan;
-
aholining soni va tarkibini, migratsiyasini o‘rganish mashg‘ulotlarida aqliy xujum, guruhli fikrlash va
boshqa pedagogik texnologiyalardan.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling