Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoning yirik megalopolislari
suburbanizasiya-deb ataladi (suburbanizasiya lotinchadan subur-shahar atrofi).
Shahar markazidagi ekologik vaziyat, o‘ziga xos murakkab turmush tarzi, narx- navoning balandligi, jinoyatchilikning o‘sishi, soliqning yuqoriligi kabi noxush holatlardan charchagan, zerikkan odamlarning shahardan tashqariga ko‘chib o‘tishi va shahar markaziga ishga kelib-ketishi suburbanizasiya jarayoning rivojlanishida yetakchi omillar hisoblanadi. Eng avvalo bunda aholining moddiy jihatdan o‘ziga to‘q qatlami shahar atrofiga kelib joylasha boshlaydi. Keyinchalik o‘rta qatlam va o‘z navbatida aholi bilan baravariga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari ham kelib o‘rnashadi, rivojlanadi. Vaqt o‘tishi bilan shahar va shaharchalar, o‘zaro hududiy tutashib, qo‘shilib ketadi va uni ayrim joylarda urbanizasiyalashgan hududlar deyishadi (London, Rur havzasi konurbasiyasi va x.k.). Urbanizasiyalashgan hududlar 3-5 ta aglomeratsiyaning birlashishidan tarkib topadi. 3-jadval Dunyoning yirik megalopolislari 133 Megalopolis (mamlakat) yirik aglomeratsiya aglomeratsi yalar soni aholi soni uzunligi Shimoliy-sharqiy, Atlantik Nyu-York 40 45 mln kishi 800 km Ichki, Ko‘l bo‘yi (AQSh, Kanada) Chikago 35 35 mln kishi 900 km Janubiy-G‘arbiy, Tinchokean (AQSh, Meksika) Los-Anjeles 15 20 mln kishi 800 km Tokaydo (Yaponiya) Tokio 20 55 mln kishi 700 km Angliya (Buyuk Britaniya) London 30 30 mln kishi 400 km Reyn(Germaniya, Niderlandiya, Belgiya, Fransiya) Reyn-Rur 30 30 mln kishi 500 km Manba: Persik.E. N. Goroda mira.-M.: Mejdunarodnie otnosheniya; 1999. Shahar aglomeratsiyalarining o‘zaro qo‘shilib ketishidan hosil bo‘lgan shahar aholi punktlapi urbanizasiyalashgan zonalar yoki megalopolislar (ushbu tushunchani ilk bora frantsuz urbanisti Jan Gotman 1950-yillarda AQShning shimoli-sharqiga nisbatan ishlatgan), deb yuritiladi. Hozirda dunyo bo‘yicha, Shimoli-sharqiy Atlantika (AQSh) 40 ta aglomeratsiyani, Ichki, Ko‘l atrofi (AQSh, Kanada) 35 ta, Janubiy-G‘arbiy, Tinchokean (AQSh, Meksika) 15 ta, Tokaydo (Yaponiya) 20 ta, Angliya (Buyuk-Britaniya) 30 ta, Reyn (Germaniya, Niderlandiya, Belgiya, Fransiya) 30 ta aglomeratsiyalarni o‘ziga qamrab olgan yirik megalopolislardir. Kuchsiz urbanizasiyalashgan hududlarda ham megalopolislar tashkil topmoqda. Masalan, Braziliyada San-Paulu-Rio-de-Janeyro- Belu-Orizonti megalopolisi. Rossiyada Moskva va Nijniy Novgorod o‘rtasidagi megalopolislar shular jumlasidandir. G‘arbiy Yevropadagi megalopolislar o‘lchamiga ko‘ra kichik bo‘lib, bulardan London, Birmingem, Liverpul va Manchester aglomeratsiyalaridan hosil bo‘lgan Angliya megalopolisida 35 mln kishi joylashgan. Dunyo olimlarining prognoziga ko‘ra alohida alohida megalopolislar o‘zaro birlashib yagona Oykumenopolislarni tashkil etadi. Oykumenopolis nazariyasini grek urbanisti K.Doksiadis tomonidan ilgari surilgan. Oykumenopolislarda yer sharining eng ko‘p aholisi yashaydi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling