Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
M.R. BO‘RIEVA, Z.N. TOJIEVA, S.S. ZOKIROV 
AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA
ASOSLARI
(o‘quv qo‘llanma) 
Toshkent 2011 



Mazkur o‘quv qo‘llanma, aholi geogrfiyasi va demografiya fanlari dasturi 
asosida tayyorlangan bo‘lib, unda aholi geografiyasi va demografiya fanlarining 
predmeti, vazifalari, fan sifatida shakllanish tarixi, aholi soni va takror barpo 
bo‘lishi, tarkibi, asosiy demografik jarayonlar, shahar aholisi va shaharlar 
geografiyasi, qishloq aholisi va qishloqlar geografiyasi, hamda dunyoning 
demografik holati bilan bog‘liq global muammolar yoritib berilgan.
Qo‘llanma universitetlar va pedagogik oliy o‘quv yurtlarining geografiya 
fakultetlari 
talabalari, 
magistrlari, 
ilmiy 
izlanuvchilar 
va 
aholishunos 
mutaxxasislarga mo‘ljallangan.
Ma`sul muharrir: g. f. d., professor Soliev A. S.
Taqrizchilar: g. f. n., dosent Nazarov M. I. 
g. f. n., dosent Abdalova Z. T. 



So‘z boshi
Geograf mutaxassis tayyorlashda “Aholi geografiyasi va demografiya 
asoslari” o‘quv kursi muhim o‘rinni egallaydi. Ayniqsa iqtisodiy va ijtimoiy 
geografiya yo‘nalishida mazkur o‘quv kursi ahamiyatlidir. Ma’lum davlat, yoki 
hududni iqtisodiy nuqtai nazardan talqin etish, unda istiqomat etayotgan aholi soni, 
dinamikasi, yosh-jinsiy oilaviy tarkibi, zichligi, shaharlar, qishloqlar va halq 
xo‘jaligi sohalari bo‘yicha taqsimlanishini o‘rganishdan boshlanadi. Zero aholi 
jamiyat rivojlanishida asosiy ishlab chiqaruvchi kuch va iste’molchidir. 
Ayniqsa insoniyat taraqqiyotining hozirgi davrida ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlar, ekologik muammolar, hatto ulkan tabiiy hodisalarning vujudga 
kelishida inson faoliyati bilan bog‘liq antropogen omillar asosiy omil bo‘lib 
kelmoqda.
Zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy vazifalaridan biri 
aholi ishlab chiqarish faoliyatining hududiy hususiyatlari, ularga ta’sir etuvchi 
ijtimoiy, iqtisodiy va demografik omillar ta’sirini, hamda aholi prognozini 
o‘rganishdir. Ushbu muammo tabiyat, xo‘jalik va aholini o‘rganish borasida olib 
boriladigan mukammal geografik tadqiqotlarning ajralmas, muhim qismidir.
Aholi geografiyasi dunyo va uning alohida hududlarida aholi soni va tarkibi, 
takror barpo bo‘lishi qonuniyatlari, migratsiyasi, joylashuvi, aholi maskanlari va 
ularning shakllanishi, turlari hamda urbanizasiya jarayonlari haqida bilim beradi.
Aholi geografiyasi tadqiqotlarida asosiy e’tibor aholining takror barpo 
bo‘lish jarayoni, mehnat resurslari va ulardan foydalanish, aholi zichligi va 
joylashuvi aholi migratsiyasining intensivligi, yo‘nalishi, tarkibi, aholining 
turmush tarzi, madaniyati mehnat malakalaridagi hududiy farqlarini va 
hususiyatlarini o‘rganishga qaratiladi. 
Demografik tarkib va aholi takror barpo bo‘lishidagi hududiy jihatlarni 
o‘rganishda o‘rganilayotgan hududning demografik holati, ya’ni vaziyatini tadqiq 
etish, muhim ahamiyatga egadir.
Bunday tadqiqotlarda geografiyaning asosiy vazifasi hududning ma’lum 
davridagi aholi soni, tarkibi, tug‘ilish, o‘lim, nikoh, ajrim kabi demografik 
jarayonlarga kompleksi va hududiy sharoitlarining ta’sirini o‘rganish, hamda aholi 
takror barpo bo‘lish jarayonini hududning rivojlanishiga ta’sirini aniqlab berishdan 
iborat.
Aholi geografiyasi hududiy, demografik farqlarini o‘rganar ekan, 
demografik fani bilan uzviy aloqada bo‘ladi.
Aholi takror barpo bo‘lishi qonuniyatlarini o‘rganish va aholi prognozini 
ishlab chiqish geograf mutaxassisdan ma’lum demografik bilimlarni bilishni 
taqozo etadi. Mazkur o‘quv kursida talaba demografik vaziyat va demografik 
tahlil, aholi takror barpo bo‘lishi jarayonidagi asosiy omil – tug‘ilish va uning 
ko‘rsatkichlari, omillari, oqibatlari, hududiy hususiyatlari, aholi o‘limi va uning 
sabablari, hayot davomiyligining hududiy jihatlari dunyo davlatlarining 
demografik muammolari, demografik o‘tish konsepsiyalari, demografik siyosat va 
uni o‘tkazish geografiyasi haqida ta’lim oladi.



Shuningdek, ushbu o‘quv qo‘llanmada aholining jins-yosh va oilaviy, etnik 
irqiy tarkibi, mehnat resurslari va aholi bandligi, shaharlar va shahar aholisi, 
kishloqlar va kishloq aholisi geografiyasi ham yoritilgan. 
Havola etilayotgan “Aholi geografiyasi va demografik asoslari” o‘quv 
qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik davrida jaxon ta’lim tizimi 
standartlari asosida tayyorlangan o‘zbek tilidagi dastlabki qo‘llanmalardan bo‘lib, 
uning asosiy vazifasi o‘quvchiga dunyo aholisi rivojlanishining hozirgi zamon 
hususiyatlari va qonuniyatlarini ochib berish, aholi va aholi maskanlari dinamikasi, 
tarkibi, mehnat resurslari va ulardan foydalanish, aholi prognozini geografik 
hususiyatlarini yoritish va aholini geografik o‘rganish uslublarini ko‘rsatishdan 
iboratdir.
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Milliy universiteti geografiya fakulteti 
o‘qituvchilari: M.R. Bo‘rieva (I, II, III boblar va IV bobning 1§ ), Z. Tojieva (V 
bob), S. Zokirov (IV bobning 2§, 3§, 4§, 5§ lari) lar tomonidan tayyorlangan.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling