Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Aholishunoslik haqida ilmiy bilimlar tizimi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Aholishunoslik haqida ilmiy bilimlar tizimi 
Aholining umumiy nazariyasi.
Aholi iqtisodiyoti Demografiya Aholi geografiyasi 
(demografik fanlar tizimi) Aholi ekologiyasi 
Aholi sosiologiyasi Aholi genetikasi 
Demografiyaga tutash fanlar 
Mehnat Mehnat va Etnografiya Sosial Sosial Gerantologiya
resurslari oila huquqi psixologiya gigiena 
iqtisodi 
Demografiya va etnografiya – aholi geografiyasi bilan chambarchas va har 
tomonlama bog‘liq bo‘lgan fanlar hisoblanadi. Chunki bu fanlar ham bevosita 
aholi geografiyasi singari aholini o‘rganadi. Lekin bular aholini har qaysisi o‘z 
nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tadqiq etadilar. Masalan, demografiya aholi 
soni, takror barpo bo‘lish qonuniyatlari va omillarini o‘rgansa, etnografiya – 
halqlarning turmushi va madaniyati, vujudga kelishi va madaniy tarixiy aloqalarini 
o‘rganadi. Shunday qilib, aholi geografiyasi va demografiya hamkorlikda hal etishi 
mumkun bo‘lgan muammolarni birgalikda o‘rganadi. Halqlarning tarqalishini esa 
etnogeografiya o‘rganadi. Aholi geografiyasini demografiya bilan aloqasi alohida 
ahamiyat kasb etadi. Hududlar aholisini o‘rganishda aholi geografiyasi demografik 
jarayonlarga murojaat etadi. Bunday tadqiqotlarni geogdemografik tadqiqotlaro 
deb, ataladi
1

Antropologiya (grek tilidan – antropos – “inson”) inson organizimining 
evolyusiyasi va undagi jismoniy o‘zgarishlarning kelib chiqish qonuniyatlari, 
shuningdek irqlarning vujudga kelishi va geografik tarqalishini o‘rganib, u aholi 
geografiyasi bilan birgalikda aholi mehnat faoliyati turmush sharoiti va madaniyati 
hududiy xususiyatlarni o‘rganadi.
1
А. Солиев, Л. Қаршибоева. Иқтисодий географиянинг назарий ва амалий масалалари. Тошкент – 1999. 49 – 
бет.


11 
Aholi geografiyasi mehnat resurslari, ularning joylashish xususiyatlarini 
o‘rganishda esa iqtisod fani bilan bog‘lanadi.
Aholi zichligining oshib borishi, uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining 
kengayishi topografiya fanlari bilan aloqada bo‘lishini talab etadi. Ayniqsa, aholi 
punktlapini rekonstruksiyalash, qurilish masalalarida, rayon planirovkasi, 
shaharsozlik ishlarida topografiya fanining ahamiyati beqiyosdir. Chunki, turli 
ob’eklar, relef ko‘rinishlari maxsus belgilar va gorizontlar yordamida topografik 
haritaga tushiriladi. Har bir geografik hududdagi predmetlar topografik haritalarda 
aniq ko‘rsatib berilgan. Va bu haritalardan yuqorida aytilgandek xalq xo‘jaligining 
turli sohalarida foydalaniladi. 
Aholi va aholi punktlapi joylanishi hamda rivojlanishida topografiya
fanining roli davr o‘tgan sari oshib boradi.
Iqlimshunoslik (klimatologiya) fani bilan aholi geografiyasining aloqasi 
to‘g‘ridan to‘g‘ri emas balki, bilvosita desak xato bo‘lmaydi. Masalan, aholi 
geografiyasi fani tibbiyot geografiyasi bilan bevosita aloqada bo‘ladi. Sababi 
tibbiyot geografiyasi iqlimshunoslik bilan hamkorlikda rivojlanadi. Chunonchi, 
insonga tabiat, iqlimning ta’siri bu fan ob’ekti uchun o‘ta muhim. Qolaversa, aholi 
geografiyasida tabiiy geografiyaning o‘rni alohida hisoblanadi. Iqlimshunoslik fani 
tabiiy geografiya bilan birgalikda aholi rivojlanishi va joylashishi iqlimiy omillar 
shamol yo‘nalishi, xavo harorati, quyosh radiasiyasi va hokazolarni hisobga 
olinadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling