Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Aholi takror barpo bo‘lishining brutto koeffisenti


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Aholi takror barpo bo‘lishining brutto koeffisenti. Har bir ayolning 
reproduktiv, ya’ni farzand ko‘rish davrida (15-49 yosh) o‘rganilayotgan davrdagi 
tug‘ilish darajasi saqlangan holda, nechta qiz farzand ko‘rishi mumkinligini 
aniqlab beradi. Ushbu koeffisent quyidagi formula orqali ifodalanadi.
1
 
R = 
 
R – aholi takror barpo bo‘lishining brutto koeffisienti ifodasi 
– tug‘ilganlarning umumiy sonida qiz bolalar salmog‘i (0,488)
ayollar yosh guruhlar bo‘yicha tug‘ilish koeffisienti yig‘indisi.
Aholi takror barpo bo‘lishining brutto koeffisentida o‘lim hisobga 
olinmaydi.
1
Ўртача а оли сонини аниқлаш рганила тган йил ва кейинги йил а олиси қ шилиб, иккига б линади.
P
2007 = 
2
Демографик жара нларни 1000 а олига нисбатан аниқлаганда олинган натижа нига қуйидаги белги – 
“‰”қ йилади ки “промилле” с зи зилади. “Промилле” – мингдан бири деган маънони англатади.
1
Немс статистик демографи Р.Кучинский томонидан қ лланилган


33 
Aholi takror barpo bo‘lishining netto koeffisenti. Bu koffisent, aholi 
takror barpo bo‘lishining sof koeffisenti bo‘lib, u avlodlar almashinuv darajasini 
aniq ifodalaydi, chunki bu ko‘rsatkichda tug‘ilgan qiz bolalarni onasini yoshiga 
yetgunga qadar yashab borganlari hisobga olinadi. Boshqacha qilib aytganda aholi 
takror barpo bo‘lishining netto koeffisentida o‘lim ehtimoli hisobga olinadi va 
netto koeffisenti formulasi quyidagicha ifodalanadi. 
R
o
 = RL

R
o
– netto koeffisienti ifodasi
R – brutto koeffisient
L
x
– ona yoshigacha yashagan qizlar
Agar R
o
>1 aholi soni muntazam ko‘payib boradi, R
o
<1 bo‘lsa esa aksincha 
kamayadi.
Jamiyat taraqiiyoti davomida aholi takror baro bo‘lish turlari muntazam
o‘zgarib kelgan. Hozirgi davrga (XXI asr boshi) kelib mutaxassislar tomonidan 
aholi takror barpo bo‘lishini asosan 2 turi mavjudligi ta’kidlanmoqda.
1 tur-aholi takror barpo bo‘lishining qisqargan turi. Bu turdagi avlodlar 
almashinuvi jarayonida aholi soni ko‘paymaydi, chunki tug‘ilganlarga nisbatan 
o‘lganlar soni yuqori bo‘ladi.
2 tur- aholi takror barpo bo‘lishining kengaygan turi, bunda aksincha
tug‘ilganlar soni o‘lganlar sonidan yuqori bo‘ladi va natijada keyingi avlod 
vakillarining soni oldingi avlod vakillari sonidan ko‘p bo‘ladi. Bunday holda aholi 
muntazam ko‘payib boraveradi.
Tug‘ilish, o‘lim va aholi tabiiy o‘sishi past bo‘lgan huddlarda aholi takror 
barpo bo‘lishining 1 turi kuzatiladi. Hozirgi davrga kelib aholi takror barpo 
bo‘lishining 1 turi Yevropa, Shimoliy Amerika davlatlarida kuzatilmoqda. Aholi 
takror barpo bo‘lishining 1 turida har bir oiladagi farzandlarning o‘rtacha soni 2,5 
tadan kamdir. Ilmiy manbalarda har bir oila o‘rtacha 2 tadan farzand ko‘rsa o‘z 
ota-onalari o‘rnini to‘ldiradilar. Agar oilada 3 tadan farzand bo‘lsa uchinchi bola 
turli sabablar (baxtsiz hodisalar, kasalliklar) bilan hayotdan ko‘z yumgan bolalar 
va farzandsiz oilalarni “qoplaydi”, ya’ni o‘rnini bosadi. Shuning uchun ham aholi
sonini bir me’yorda saqlanishi uchun oiladagi farzandlar soni o‘rtacha 2,5 bolani
(demak oilalarning yarmi 2 bolali yarmi esa 3 bolali) tashkil etishi lozimdir. Agar 
oilada farzandlar soni 2,5 dan kamayib borsa, aholi soni kamayadi va demografik 
inqiroz sodir bo‘ladi. Oiladagi farzandlar soni tug‘ilishning yig‘indi koffisenti
(har bir 15-49 yoshdagi ayolga to‘g‘ri kelgan bolalar soni) yordamida aniqroq
ifodalanadi. 2009 yilda tug‘ilishning yig‘indi koeffisenti dunyo bo‘yicha 2,6 ni, 
Afrika qita’sida 4,6, Amerikada 2,2, Osiyoda 2,3, Yevropada 1,5 va Avstraliya va 
Okeaniyada 2,5 ni tashkil etgan.
Yuqorida qayd etilganidek Yevropa davlatlarida oiladagi farzandlar soni
demografik mezondan (2,5 ta bola) ancha past bo‘lib, ular “demografik inqiroz” 
holatidadurlar. Yevropa bo‘yicha 2009 yilda tug‘ilishning umumiy koeffisenti 
(1000 aholiga nisbatan tug‘ilganlar soni) ham 11 promilleni, o‘limning umumiy 
koeffisenti (1000 aholigi nisbatan o‘lganlar soni) ham 11 promilleni tashkil etib, 
aholining tabiiy o‘sishi 0,0 ga teng bo‘lgan. Qator davlatlarda esa o‘lganlar soni 


34 
tug‘ilganlardan yuqori bo‘lib, aholi sonini kamayishi, ya’ni aholining qisqargan 
takror barpo bo‘lishi kuzatilmoqda. Bunday davlatlarga Shimoliy Yevropadagi 
Latviya, Litva, G‘arbiy Yevropadagi Germaniya, Sharqiy Yevropadagi 
Belarussiya, Bolgariya, Vengriya, Moldaviya, Ruminiya, Rossiya, Ukraina, 
Janubiy Yevropadagi Xorvatiya, Serbiya kabi davlatlar kiradi. Bugungi kunda 
demografik krizisning eng yuqori holati Rossiya davlatida kuzatilmoqda. 2009 yil 
Rossiya tug‘ilish 12; o‘lim 15; aholining tabiy o‘sishi -0,3 promilleni tashkil 
etgan. 
Demografik inqirozga yuz tutgan, aholi takror barpo bo‘lishining 1 turi 
kuzatilayotgan davlatlarda demografik siyosat “depopulyasiya” ya’ni aholi sonini 
kamayib ketish jarayonini to‘xtatishga qaratilmog‘i lozimdir. Bunday siyosatning 
asosiy maqsadi oilada ikkinchi, uchinchi farzandlarni ko‘rish, davlat, jamiyat 
tashkilotlari tomonidan ham iqtisodiy, ham ma’naviy qo‘llab quvvatlashga 
qaratiladi. Aholi takror barpo bo‘lishining 2 turi, aholining tug‘ilishi, tabiiy 
o‘sishi juda yuqori, o‘limning esa nisbatan kam bo‘lgan holatlarida kuzatiladi. 
Bunday holat Afrika qit’asidagi deyarli barcha davlatlarda, Avstraliya va 
Okeaniyada, Osiyodagi ba’zi davlatlarda kuzatilmoqda. Aholi takror barpo bo‘lishi 
2 turi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar G‘arbiy Afrikadagi Niger davlatida 
(tug‘ilishning yig‘indi koeffisenti-7,4; tug‘ilish-53; o‘lim-14 va tabiiy o‘sish 39 
promille) Sharqiy Afrikadagi deyarli barcha davlatlarda (tug‘ilish 30-47 promille; 
o‘lim 3-18 promille, tabiiy o‘sish 10-34 promille) kuzatiladi.
Aholi takror barpo bo‘lishining 2 turi kuzatilayotgan qator davlatlarda
aholining haddan oshib ko‘payib borishi, ya’ni “demografik portlash” jarayonini 
oldini olish muammosi mavjuddir. Ushbu muammoni bartaraf etishda tug‘ilishni 
nazorat etish uslubidan foydalaniladi. Davlat siyosati oilani demografik nuqtai 
nazaridan rejalashtirishga qaratiladi. Bunday siyosat Xitoy, Xindiston va qator 
rivojlanayotgan davlatlarda olib borilmoqda.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling