Glossariy. Aholi takror paydo bo’lishini brutto koeffisenti
Download 49.15 Kb.
|
1 2
Bog'liqGLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholini takror paydo bo’lishi netto koeffisenti
- Aylanma mablag’lar
- Aylanma mablag’ning aylanishi
- Asosiy kapitalning iste’moli
- Aholini ijtimoiy himoyalash
GLOSSARIY. Aholi takror paydo bo’lishini brutto koeffisenti – bir ayolning butun umri davomida tuqqan o’rtacha qiz bolalar soni. Uni aniqlash uchun umumiy tug’ilish koeffisentini 0,49 (barcha tug’ilganlar tarkibida qiz bolalar salmog’i) ga ko’paytiriladi. Aholini takror paydo bo’lishi netto koeffisenti – butun umri mobaynida bir ayol tuqqan bolalarining o’rtacha soni, ular onasi tuqqan vaqtidagi yoshigacha yashaganlar. Asosiy fondlar – mamlakat milliy boyligining muhim qismi: Ular ishlab chiqarish jarayonida ko’p marta foydalaniladigan va o’z qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin o’tkaza boradigan aktivlar hisoblanadi. Bunday fondlarga imorat va inshoat, mashina va uskunalar, transport vositalari, bog’lar, uzumzorlar, geologiya-qidiruv ishlariga sarflar, EXM ma’lumotlar bazasi va ularni dasturlar bilan ta’minlash harajatlari, san’at va adabiyotning nodir asrlari va shu kabilar kiradi. Aylanma mablag’lar – xo’jalik yurituvchi subyektlarning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil etuvchi mablag’lar. Aylanma fondlar tarkibiga ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari kiradi. Muomala fondlari tarkibiga tayyor mahsulotlar, pul mablag’lari, hisob-kitobdagi mablag’lar kiradi. Asosiy bo’lmagan siyosiy tashkilotlar. Asosiy siyosiy tashkilotlar. Aylanma mablag’ning aylanishi – takror ishlab chiqarish jarayonida aylanma mablag’ning harakat tezligini ifodalovchi ko’rsatkich. U ikki xil ifodalanadi: a) aylanish koeffisenti (o’rganilayotgan davrda aylanma mablag’larning aylanish soni) b) necha ishchi kunda bir marta aylanishi (aylanma mablag’larning o’rtacha qoldig’ini davr mobaynidagi kunlar soniga ko’paytirilib, sotilgan mahsulot tannarhi hajmiga bo’linadi). Asosiy kapitalning iste’moli – asosiy kapital qiymatining jismoniy va ma’naviy eskirishi natijasida kamayishi. Uning hajmi asosiy kapitalning yoshini va hozirgi tiklashdagi qimmatini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim. Aholi daromadi – ma’lum vaqt ichida uy xo’jaliklari tomonidan olingan pul yoki natural formadagi mablag’lar. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish – davlat tomonidan aholiga barcha hayot kechirish shart-sharoitlarini yaratish uchun maqsadli yunaltirilgan kafolatlar tizimi. Aholini ijtimoiy himoyalash – aholini bozor iqtisodiyotining salbiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlaridan asrash, shu oqibatlarning aholi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga ta’sirini yumshatish. Aholining real daromadlari – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo’lgan daromadga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori, ya’ni, aholining ixtiyorida bo’lgan daromadning xarid quvvati. Bandlik – mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg’ul bo’lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan va qonunga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati. Download 49.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling